• O‘lim ko‘rsatkichi
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Tug‘iluvchanlik – 
    organizmlarning ko‘payishi hisobiga populatsiyada 
    vaqt birligida paydo bo‘lgan organizmlar soni. Tug‘iluvchanlik individlar 
    soni o‘zgarishining muhim demografik xususiyatidir. Odatda, tug‘iluvchanlik 
    oshgan sari populatsiyada organizmlar soni ortadi. Ba’zan populatsiyada 
    tug‘iluvchanlik yuqori bo‘lsa-da, organizmlar soni o‘zgarmasdan qoladi 
    yoki kamayib boradi. Bu o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi yoki qandaydir 
    boshqa sabablar, masalan, organizmlarning yangi hududlarni egallashlari 
    bilan bog‘liq. 
    18-rasm. 
    Populatsiyaning yosh tarkibi: A – o‘sib borayotgan populatsiya; B – barqaror 
    populatsiya; C – kamayib borayotgan populatsiya.
    Populatsiyadagi individlar %
    Yoshi 
    P
    ostreproduktiv
    R
    eproduktiv
    P
    redreproduktiv


    85
    O‘lim ko‘rsatkichi – 
    vaqt birligida nobud bo‘lgan organizmlar soni. Bu 
    de mo grafik jarayonlarning xususiyatlaridan biridir. Tug‘iluvchanlikka qara-
    ma-qarshi xususiyat bo‘lgan o‘lim tabiiy populatsiyalardagi organizmlar 
    soniga ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘iluvchanlik normal kechayotgan sharoitda 
    o‘lim ko‘rsatkichi ga qarab populatsiyadagi organizmlar sonining kelajakda 
    o‘zgarishini bashorat qilish mumkin. Agar o‘lim ko‘rsatkichi ortsa, organizm-
    lar soni kamayib boradi. Agar o‘lim ko‘rsatkichi o‘zgarmasa, organizmlar 
    soni doimiyligicha qoladi. Agar o‘lim kamaysa, organizmlar soni ortadi. 
    Populatsiyadagi individlar sonining ortish tezligini tug‘uluvchanlik va o‘lim 
    ko‘r satkichlari o‘rtasidagi nisbat belgilab beradi. Tug‘iluvchanlik va o‘lim 
    ko‘rsatkichlari nisbatiga ko‘ra quyidagi populatsiyalar farqlanadi: barqaror 
    populatsiya, bunda tug‘iluvchanlik va o‘lim ko‘rsatkichlari teng, organizmlar 
    soni bir miqdorda bo‘ladi: kamaymaydi va ko‘paymaydi, areali kengaymaydi 
    va qisqarmaydi. O‘sib borayotgan populatsiya, bunda tug‘iluvchanlik o‘lim 
    ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib, individlar soni ortib boradi. Qisqarib borayotgan 
    populatsiya, bunda o‘lim ko‘rsatkichi tug‘iluvchanlikdan yuqori, individlar soni 
    kamayib boradi. Bu holat individlar soni ortishi bilan yashash sharoitining 
    yomonlashuvi oqibatida yoki insonlar tomonidan jadal ravishda yo‘q qilinganda 
    kuzatiladi. Bunday populatsiya muhofazaga muhtoj hisoblanadi.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish