|
Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga EGA va
|
bet | 1/2 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 17,84 Kb. | | #120243 |
Bog'liq Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va
Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va
muhit ularga doimiy ravishda ta’sir etadi. Organizm, populatsiya yoki tur
yashaydigan, ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan, muhitning biotik
va abiotik sharoitlarining majmuasi yashash muhiti deb ataladi. Yashash
muhiti tirik organizm bilan uning butun hayoti davomida o‘zaro munosabatda
bo‘ladigan tabiatning bir qismi hisoblanadi.
Har bir tirik organizmning yashash muhiti tabiatning biotik va abiotik
tarkibiy qismlari – komponentidan tarkib topadi. Ekologiyada tabiatning biotik
va abiotik komponentlari omillar deyiladi. Tabiatning tirik organizmlarga
ta’sir ko‘rsatadigan va ularda moslanish reaksiyalari – adaptatsiyalarning
hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan har qanday tarkibiy qismi yoki komponenti
ekologik omillar deb ataladi.
Shunday qilib, muhit – tirik organizmlarni o‘rab turuvchi va ularga
bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi omillar yig‘indisidir. Organizmlar
muhitdan hayotiy jarayonlar uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni
qabul qiladi hamda muhitga moddalar almashinuvi mahsulotlarini ajratadi.
23Yashash muhiti organizmlarning nafaqat yashashiga, balki geografik jihatdan
tarqalishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tirik organizmlar uchun har bir ekologik
omil turlicha ahamiyatga ega. Ayrim omillar organizmlar yashashi uchun
juda muhim bo‘lsa, ayrim omillar organizmlar uchun kamroq ahamiyatga
ega bo‘lishi mumkin.
Evolutsiya jarayonida barcha tirik organizmlarda yashash muhitiga
nisbatan o‘ziga xos morfologik, fiziologik, etologik va boshqa moslanishlar –
adaptatsiyalar paydo bo‘lgan. Adaptatsiya (lotincha «adaptatio» – moslanish) –
tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni
ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, baliq
tanasining suyri shakli ularning suv muhitida harakatlanishini yengillashtirsa,
suvsiz muhitda o‘suvchi o‘simliklar barglarida (aloy) yoki poyasida (kaktus)
suv to‘plashga moslashgan.
Ekologik omillar uchta guruhga: abiotik, biotik va antropogen omil
larga bo‘linadi. Muhit va tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro
ta’sirlari «organizm – muhit» sistemasidagi asosiy qonuniyatlardan hisoblanadi.
Tirik organizmlar muhitdan o‘zlari uchun kerakli moddalarni oladi va muhitga
turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Natijada muhitning o‘zi ham o‘zgaradi.
«Organizm – muhit» tizimidagi asosiy qonuniyatlar V.I.Vernadskiy tomo
nidan kashf etilgan bo‘lib, organizm va uning yashash muhiti birligi qonuni
deb ataladi. Hayot tirik organizmlar va yashash muhitining bir butunligi
asosida ular o‘rtasidagi moddalar va energiya almashinuvi natijasida rivojlanib
boradi. Bu qonundan kelib chiqadigan evolutsion-ekologik prinsipga binoan,
har bir turning genetik imkoniyatlari o‘zi yashayotgan muhitga muvofiqdir.
Tirik organizmlar ham o‘z navbatida muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu
birinchi navbatda organizmning shu muhitda yashayotgani bilan belgilanadi.
Tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, atrof-muhitga moddalar almashinuvi
qoldiqlarini ajratadi, o‘sadi, rivojlanadi, harakatlanadi. Organizmlarning bu
hayotiy faoliyati tufayli yashash joyining havo tarkibi, tuproq strukturasi,
suvning tozalik darajasi kabi ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Har bir organizmning
muhitga alohida ta’siri sezilarli bo‘lmasa-da, shu muhitda yashovchi barcha
organizmlarning ta’sirlari yig‘indisi juda ulkan. Tirik organizmlarning
muhitga ta’siri ularning muhitni shakllantiruvchi faoliyati hisoblanadi.
24Yer yuzida tirik organizmlar uchun to‘rt xil yashash muhiti mavjud:
suv muhiti, quruqlik-havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizm muhiti
(parazit va simbiontlar uchun). Har bir muhit o‘ziga xos shart-sharoitlarga
ega
. To‘rt xil yashash muhiti: 1 – suv muhiti; 2 – quruqlik-havo muhiti; 3 – tuproq
muhiti; 4 – organizm muhiti.
Tirik organizmlar bir yoki bir nechta muhitda yashashi mumkin. Hayot
dastlab paydo bo‘lgan muhit suv muhiti hisoblanadi. Tarixiy rivojlanish
jarayonida tirik organizmlar quruqlik-havo muhitida yashashga o‘tgan.
Natijada yangi muhit sharoitiga moslashgan o‘simlik va hayvonlar paydo
bo‘lgan. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati natijasida tuproq shakllangan
va ayrim organizmlar tuproqda hayot kechirishga moslashgan. Organizm
muhitini parazit va simbiontlar egallagan.
Har qaysi muhitda o‘ziga xos shart-sharoitlari bilan o‘zaro farq qiladi
gan ma’lum hududlar, ya’ni biotoplar mavjud. Masalan,
|
| |