Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga EGA va




Download 17,84 Kb.
bet2/2
Sana16.12.2023
Hajmi17,84 Kb.
#120243
1   2
Bog'liq
Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va

Suv muhitining suv
yu­zasida, suv qa’rida, suv tubida, suvo‘tlar orasida yashash hududlari mavjud.
Suv muhiti. Yer yuzida eng keng tarqalgan yashash muhiti bo‘lib,
okeanlar, kontinentlarning suv havzalari va yerosti suvlarini o‘z ichiga oladi.
25Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar (yunoncha «hydor» – suv,
«bios» – hayot) deyiladi.
Yashash muhiti sifatida suv bir qancha xususiyatlarga ega. Suv yuqori
zichlik, shaffoflik, katta issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanlik, muzlagan­
da kengayish kabi xususiyatlar bilan bir qatorda, kislorod miqdorining
nisbatan kamligi, yorug‘likni kam o‘tkazishi bilan ham xarakterlanadi. Suv
harakatchan, ya’ni oquvchan muhit. Uning harakatlanishi natijasida suv muhitida
yashaydigan organizmlar kislorod va oziq moddalar bilan ta’min­la­nadi. Suv
havzasining barcha qismi bo‘ylab harorat deyarli bir xil taqsimlanadi.
Katta issiqlik sig‘imiga egaligi va issiqlikni o‘tkazuvchanligi tufayli
quruqlik muhitiga nisbatan suv muhitida harorat kam darajada o‘zgaradi.
Havo harorati 10°C ga ko‘tarilganda, suv harorati faqat 1°C ga ko‘tariladi.
Suv qa’rida harorat nisbatan doimiy, +4°C atrofida bo‘ladi. Suv havzasining
eng yuza qismida sutkalik va mavsumiy harorat o‘zgarishi 0 dan +36°C
gacha bo‘lishi mumkin.
Suvning zichligi katta (havodan 700 marta yuqori) bo‘lgani uchun suv
muhitida yashaydigan organizmlar uchun u tayanch vazifasini bajaradi.
Bir hujayrali hayvonlar, suvo‘tlar, meduzalar, mayda qisqichbaqasimonlar
tanasidagi turli o‘simtalar suv bilan ta’sirlashish yuzasini oshiradi va ularning
suzuvchanligini ta’minlaydi. Baliqlarning suv yuzasiga ko‘tarilishi, suvning
tubiga tushishi, yoki suvning ma’lum qatlamida muallaq turishi suzgich
pufagi bilan bog‘liq. Suvda faol harakatlanuvchi hayvonlar tanasi suyri
shaklda bo‘lgani va maxsus suzgichlarga egaligi tufayli suvning qarshiligini
oson yenga oladilar.
Suv muhitida yorug‘lik havoga nisbatan kam. Quyosh nurining bir qismi
suv yuzasidan qaytariladi, bir qismi esa suvga yutiladi. Chuqurlik ortgan sari
fotosintez jarayoni uchun zarur yorug‘lik miqdorining kamayib borishi suv
o‘simliklarining keng tarqalishini cheklaydi. Yorug‘lik miqdori hayvonlar
hayot faoliyati uchun ahamiyat kasb etmaydi.
Suv muhitida yashovchi organizmlar hayotida suvning tuz miqdori katta
ahamiyatga ega. Suv havzalaridagi suv bir-biridan kimyoviy tarkibi bo‘yicha
farq qiladi. Ular tarkibidagi kislorod miqdori muhim ko‘rsatkichlardan
biridir. Suvdagi kislorodning asosiy manbayi suv o‘simliklarining fotosintez
jarayoni hisoblanadi, kislorodning bir qismi suvga atmosferadan o‘tadi.
26O‘simliklarning suv muhitiga moslanishlari. Sho‘r suvlarda faqat
suvo‘tlar uchraydi. Bu o‘simliklar yorug‘lik tanqisligiga qo‘shimcha
pigmentlar hosil qilish bilan moslashadi. Ular turli chuqurlikda yashashga
moslashgan: suv havzalarining sayoz qismlarida yashil suvo‘tlar, chuqurroq
qatlamlarida qo‘ng‘ir suvo‘tlar, eng chuqur qismida qizil suvo‘tlar uchraydi.
Suv muhitida o‘sadigan yuksak o‘simliklar gidrofitlar (yunoncha «hydor» –
suv, «phyton» – o‘simlik) deyiladi. Suvda o‘sadigan yuksak o‘simliklarda
mexanik to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima va ildiz tizimi kuchsiz rivojlangan,
ildizlarida tukchalar bo‘lmaydi. Ba’zi o‘simliklarda ildiz bo‘lmaydi (elodeya),
yoki ildiz faqat substratga birikish vazifasinigina bajaradi (qo‘g‘a, o‘qbarg).
Suvda kislorod miqdorining tanqisligiga moslashish mexanizmi sifatida
o‘simlik organlarida havo bilan to‘lgan to‘qima – aerenxima rivojlangan.
Barg yaproqlari yupqa, ba’zi o‘simliklar (suv nilufari, suv yong‘og‘i)
barglarining shakli havo va suv muhitida joylashganiga qarab farq qiladi. Suv
o‘simliklarining chang donachalari, mevasi va urug‘lari suv o‘tkazmaydigan
qobiq bilan qoplangan va suv yordamida tarqaladi.
Hayvonlarning suv muhitiga moslanishlari. Suv muhitining hayvonot
dunyosi o‘simliklar dunyosiga nisbatan boy. Suv muhitida yashovchi organizmlar
quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi: plankton, nekton, bentos. Bu guruhlar
morfologik, fiziologik va etologik moslanishlari bilan farq qiladi (5-rasm).
Plankton (yunoncha «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida
yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib
yuruvchi organizmlar hisoblanadi. Ularga sodda hayvonlar, bo‘shliqichlilar,
mayda qisqichbaqasimonlar, baliq tuxumlari va chavoqlari misol bo‘ladi. Bu
organizmlarda suv qa’rida sayyor harakatlanishni maxsus moslamalar: uzun
o‘simtalar, gazli va yog‘li kiritmalar ta’minlaydi.
Nekton (yunoncha «nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan,
suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta
oladigan organizmlardir. Ularga boshoyoqli molluskalar, baliqlar,
kitsimonlar, kurakoyoqlilar misol bo‘ladi. Bu hayvonlarda evolutsiya
jarayonida suvda faol harakatlanish va suv qarshiligini yengish uchun bir
qancha moslanishlar vujudga kelgan. Muskullarning kuchli rivojlanganligi,
tanasining suyri shaklda bo‘lishi, terining tangachalar bilan qoplanganligi va
shilimshiq modda ajratishi, suzgich va kurakoyoqlarning mavjudligi shunday
moslanishlardan hisoblanadi.
275-rasm. Suv muhiti organizmlari.
Bentos (yunoncha «benthos» – chuqurlik) – suv tubida yoki suv tubidagi
qum orasida yashovchi organizmlar. Bentos organizmlarda suzuvchanlikni
ka­may­tiruvchi moslanishlar, masalan, chig‘anoq (molluskalar), xitin qobiq
(qisqichbaqa, krab, omar, langustlar), suv tubiga yopishuvchi moslamalar
(zuluk­lar so‘rg‘ichlari) mavjud. Skat, kambala baliqlarining tanasi yassilash­gan
bo‘lsa, lansetnik va o‘troq dengiz halqali chuvalchanglari qumga ko‘milib oladi.
Download 17,84 Kb.
1   2




Download 17,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga EGA va

Download 17,84 Kb.