Biotsenozning gorizontal strukturasi (mozaiklik)




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/179
Sana18.06.2024
Hajmi4,78 Mb.
#264228
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179
Bog'liq
Biologiya 11 sinf

Biotsenozning gorizontal strukturasi (mozaiklik). 
Tabiiy populatsiyalar 
individlari bir tekis, tasodifiy va guruhli tarzda taqsimlanadi (20-rasm). 
Oziq zaxiralari va hudud uchun kurash keskin kechadigan turlarning 
individlari arealda bir tekis taqsimlanadi. Masalan, quyuq o‘rmonda qo‘shni 
daraxtlar bir-biridan taxminan shox-shabbasining hajmiga teng masofada
20-rasm. 
Organizmlarning fazoviy tarqalish xillari: 1) bir tekis; 2) tasodifiy; 3) guruhli.
uzoqlikda o‘sadi. Ekologik shart-sharoitlarga ko‘ra yashash muhiti bir xil 
bo‘lgan arealda individlar tasodifiy taqsimlanadi. 
Guruhli taqsimlanish tabiatda eng ko‘p uchraydi. Organizmlar 
arealning ma’lum hududlarida to‘plangan bo‘lib, bunday hududlar orasida 
foydalanilmagan maydonlar bo‘ladi. O‘simliklarning guruhli taqsimlanishi 
ularning ko‘payish usulining mevasi va urug‘larning tarqalishi bilan 
bog‘liqdir. Masalan, ayrim o‘simliklarning mevalari yirik, og‘ir (o‘rmon 
yong‘og‘i, eman yong‘og‘i) bo‘lib, ular daraxt yoniga tushadi, guruh hosil 
qilgan holda shu yerdan unib chiqadi. Ildizpoyalari yordamida vegetativ 
yo‘l bilan ko‘payishda ham o‘simliklar guruhlari shakllanadi (sudraluvchi 
bug‘doyiq, marvaridgul, sudraluvchi beda). Ko‘pchilik hayvonlar guruh bo‘lib 
koloniyalar, gala, poda, oilalarni tashkil qiladi. Guruhlarda dushmandan 
himoyalanish, oziq topish imkoniyatlarining ko‘payishi tufayli individlarning 
yashovchanligi ortadi. Masalan, o‘simliklar guruh bo‘lib o‘sganda shamolga 
yaxshiroq qarshi tura oladi, suvdan samaraliroq foydalanadi. Chug‘urchuq 
galasi qirg‘iydan, mayda baliqlar galasi yirik yirtqichlardan osonroq qutula 
oladi. Bo‘ri galasi oson ov qilsa, otlar podasi bo‘rilardan himoyalanishi 
oson. Pingvinlar koloniya hosil qilib, qahraton sovuqdan himoyalanadi. 
Sutemizuvchilar va qushlar oilasida ota-onalarning g‘amxo‘rligi sababli 
avlodning yashovchanligi ortadi. 
1
3
2


89

Download 4,78 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biotsenozning gorizontal strukturasi (mozaiklik)

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish