|
Ob’yektga mo‘ljallangan programmalashning asosiy prinsiplari. Vorislik
|
bet | 3/29 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 385,15 Kb. | | #241724 |
Bog'liq 1. Ob’yektga mo‘ljallangan programmalash asoslari7.Ob’yektga mo‘ljallangan programmalashning asosiy prinsiplari. Vorislik.
Vorislik mavjud bo‘lgan sinfning ta’rifi asosidayoq yangi sinfni yaratish imkonini byeradi. Yangi sinf boshqasi asosida yaratilgach, uning ta’rifi avtomatik tarzda mavjud sinfning barcha xususiyatlari, xulq-atvori va joriy qilinishiga vorislik qiladi. Avval mavjud bo‘lgan sinf intyerfyeysining barcha myetodlari va xususiyatlari avtomatik tarzda voris intyerfyeysida paydo bo‘ladi. Vorislik voris sinfida biron-bir jihatdan to‘g‘ri kyelmagan xulq-atvorni avvaldan ko‘ra bilish imkonini byeradi. Bunday foydali xususiyat dasturiy ta’minotni talablarning o‘zgarishiga moslashtirish imkonini byeradi. Agar o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyoj tug‘ilsa, bu holda eski sinf funktsiyalariga vorislik qiluvchi yangi sinf yozib qo‘ya qolinadi. Kyeyin o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan funktsiyalarga qaytadan ta’rif byeriladi hamda yangi funktsiyalar qo‘shiladi. Bunday o‘rniga o‘rin qo‘yishning mazmuni shundan iboratki, u dastlabki sinf ta’rifini o‘zgartirmay turib, ob’yekt ishini o‘zgartirish imkonini byeradi. Agar biz ko‘p martalab qo‘llash yoki boshqa biron maqsadlarga ko‘ra vorislikni qo‘llamoqchi bo’lsak, avval har gal myerosxo‘r-sinf bilan vorislikni berayotgan sinfning turlari o‘zaro mos kyeladimi shuni tekshirish kk.
8.Ob’yektga mo‘ljallangan programmalashning asosiy prinsiplari. Polimorfizm. Polimorfizm shunday holatki, bunda qandaydir bitta narsa ko‘p shakllarga ega bo‘ladi. Dasturlash tilida «ko‘p shakllar» dyeyilganda, bitta nom avtomatik myexanizm tomonidan tanlab olingan turli kodlarning nomidan ish ko‘rishi tushuniladi. Shunday qilib, polimorfizm yordamida bitta nom turli xulq-atvorni bildirishi mumkin.Vorislik polimorfizmning ayrim turlaridan foydalanish uchun zarurdir. Aynan o‘rindoshlik imkoniyati mavjud bo‘lgani uchun, polimorfizmdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Polimorfizm yordamida tizimga to‘g‘ri kyelgan paytda qo‘shimcha funktsiyalarni qo‘shish mumkin. Dasturni yozish paytida hatto tahmin qilinmagan funktsionallik bilan yangi sinflarni qo‘shish mumkin, buning ustiga bularning hammasini dastlabki dasturni o‘zgartirmay turib ham amalga oshirish mumkin. Yangi talablarga osongina moslasha oladigan dasturiy vosita dyeganda, mana shular tushuniladi.
Polimorfizmning uchta asosiy turi mavjud:-Qo‘shilish polimorfizmi; -Paramyetrik polimorfizm;-Ortiqcha yuklanish.
|
| |