• Asosiy adabiyotlar 1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. –Toshkent: “Nodirabegim”, 2021. –598b.
  • 4. Ismatova N. va boshalar. Tarbiya 2-sinf uchun darslik. –Toshkent: “ Gʻafur Gʻulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. -80 bet.
  • 8. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Oʻquv qoʻllanma. - T., 2019. 9. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T.: “Sano-standart”, 2017.
  • 1. Oʻquvchilarda huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish usullari




    Download 45.97 Kb.
    bet1/7
    Sana31.10.2023
    Hajmi45.97 Kb.
    #91627
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-ma\'ruza tarbiya
    konstitutsiya, Rashidov Abror Ro‘zimurod o‘g‘li

    7-MA’RUZA. TARBIYA DARSLARIDA HUQUQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. TARBIYA DARSLARIDA HAYOTIY KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
    Reja:
    1. Oʻquvchilarda huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish usullari.
    2. Tarbiya darslarida oʻquvchilarning huquqiy madaniyatini shakllanitirish metodikasi.
    3. Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishning usul va vositalari.
    4. Tarbiya darslarida oʻquvchilarda shakllantiriladigan hayotiy koʻnikmalar.


    Tayanch tushunchalar: kompetensiya, huquqiy kompetensiya, huquqiy madaniyat, huquqiy ong. uzluksiz ta’lim, universal kompetensiyalar, hayotiy va moslashuvchanlik koʻnikmalarining tarkibiy qismlari, ta’lim turlari.
    Asosiy adabiyotlar
    1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. –Toshkent: “Nodirabegim”, 2021. –598b.
    2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. Oʻquv qoʻllanma. –T.: “Oʻqituvchi” 2019-yil.
    3. Ismatova N. va boshalar. Tarbiya 1-sinf uchun darslik. –Toshkent: “ Gʻafur Gʻulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. -66 bet.
    4. Ismatova N. va boshalar. Tarbiya 2-sinf uchun darslik. –Toshkent: “ Gʻafur Gʻulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. -80 bet.
    5. Roʻziyeva Dilnoz va boshalar. Tarbiya 3-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Sano-Standart”, 2020. -96 bet.
    6. Shermuxamedova S. va boshalar. Tarbiya 4-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2020. -96 bet.
    7. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Oʻquv qoʻllanma. - T., 2019.
    8. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Oʻquv qoʻllanma. - T., 2019.
    9. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T.: “Sano-standart”, 2017.


    Oʻquvchilarda huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish usullari
    Mafkuraviy immunitetga ega boʻlish kompetensiyasi: yaxshi va yomon xatti-harakatlarni farqlay olishi, ularga nisbatan fikrini bayon eta olishi; yon-atrofida boʻlayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildira olishi, ilmlilik insonning yuksak ziynati ekanini anglay boshlash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
    Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻrganish va bilish darajasi, faolligi, dunyoqarashi va fikrlay olish qobiliyatining rivojlanganligiga koʻra shartli ravishda ikki bosqichga ya’ni 1-2-sinf oʻquvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni oʻrganish va ushbu tushunchalar haqidagi bilimlarga ega boʻlish hamda 3-4-sinfda egallagan kompetensiyalarni hayotda qoʻllay olish koʻnikmasini shakllantirish inobatga olinishi lozim.
    Tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida dars jarayonida zamonaviy yondashuvlarga asoslanib, oʻquvchilarda tayanch kompetensiyalar asosida ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni tarkib toptirishga erishib boriladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning tamoyillarini quyidagi tarzda izohlash mumkin:
    Birinchidan, oʻquvchida ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarning mavjudligi uning umri davomidagi muvaffaqiyatli faoliyatini kafolatlaydi.
    Ikkinchidan, oʻquvchi hayotida shaxsiy harakatlarining yetarlicha tanloviga imkon yaratib, shaxsga xos boʻlgan ijtimoiy rollarni bajarish samaradorligini ta’minlaydi.
    Uchinchidan, oʻquvchining Vatanga, oilaga, insonlarga, tabiatga, qadriyatlarga nisbatan e’tiqodini hamda shaxslararo munosabatlarini rivojlantiradi.
    Toʻrtinchidan, ijtimoiy va huquqiy kompetensiya ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, estetik qadriyatlar va oʻz-oʻzini rivojlantirishda muhim oʻrin egallaydi.
    Beshinchidan, oʻquvchilarda ijtimoiy muhit, oilasi, mahallasidagi jamoaviy munosabatlar ham muhim rol oʻynaydi.
    Oltinchidan, ta’lim muassasasidagi ochiq ijtimoiy pedagogik tizim, sogʻlom muhit, oʻqituvchilarning kasbiy darajasi e’tiboga olinadi. Yettinchidan, oʻquvchilarning hayotiy qadriyatlarini aniqlash, ochiqlik, bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibatlilik, axloqiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar, kasb tanlash motivlari, oʻz-oʻzini tarbiyalash, ijtimoiy harakatchanlik va faollik kabi omillar e’tiborga olinadi.
    Tarbiya darsini tashkil etishda quyidagi interfaol oʻqitish shakllaridan foydalansa boʻladi:
    oʻqituvchi – oʻquvchi (juftlikda ishlash);
    oʻqituvchi-oʻquvchilar guruhi (jamoada ishlash);
    oʻquvchi- oʻquvchi (juftlikda ishlash);
    oʻquvchi - oʻquvchilar guruhi (guruh yoki kichik guruhda ishlash) oʻquvchilar-oʻquvchilar guruhi (kichik guruhlarda ishlash)
    Tarbiya darsida yuqorida keltirilgan ta’lim shakllaridan foydalanib, oʻquvchilarda faollik, ijodkorlik, mehnatsevarlik, intiluvchanlik, bilimdonlik, tadqiqotchilik kabi sifatlarni shakllantiradigan hamda sheriklik (subyektsubyektlik) muloqoti tamoyillariga asoslangan “Doʻst tanlayman”, “Ta’qiqlangan meva”, “Oʻzimizni qanday tutamiz”, “Qadriyatlar”, “Qadr-qimmatliklar yarmarkasi” kabi oʻquvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradigan ta’limiy oʻyinlardan foydalanish mumkin.
    1. Zamonaviy ta’limning ahamiyati oʻquvchilarda faol ijtimoiylashuv koʻnikmalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijtimoiy munosabatlar jarayonining faol ishtirokchilari boʻlishlariga erishishda ular tomonidan ijtimoiy va huquqiy koʻnikmalarga ega boʻlish oʻziga xos ahamiyatga ega.
    2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishga ta’sir koʻrsatuvchi omillar va shart-sharoitlar oʻquvchilar tafakkurini motivatsion va refleksiv koʻnikmalarga oʻrgatish vositalari, shakllari, usul va yoʻllarini belgilash asosida qaror topadi. Buning uchun oʻqituvchidan ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy munosabatda hamda akmeologik yondashuvda boʻlish talab etiladi.
    3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishga asoslangan innovatsion metod hamda ijodiy-ta’limiy oʻyinlar mazmunini tayanch va fanga oid kompetensiyalar bilan bogʻliq holda izohlash asosida ishlab chiqilgan, maqsaddan natijaga yoʻnaltirilgan izchillik va uzviylik xarakteriga ega funksional modelni ta’lim amaliyotiga tatbiq qilish oʻquvchilarda ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga amal qilish koʻnikmalarining shakllanishiga samarali ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
    4. Oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligining tashkiliy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ta’lim komponentlarini kuchaytirish asosida oʻquvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish natijasida ularning faol ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
    5. Pedagogikaning kognitiv, madaniy, huquqiy kompetentlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalari darajasini baholash mezonlari oʻquvchilar oʻrtasida oʻzaro sogʻlom raqobat muhitini yuzaga keltiradi.
    6. Oʻquvchilarni ijtimoiy va huquqiy me’yorlar bilan tanishtirishda boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari alohida oʻrin tutadilar. Ularning mashgʻulot va ma’naviyma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirish hamda yuqori saviyada oʻtkazishga nisbatan ijodiy yondashishlari pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish bilan birga, oʻquvchilarda ijtimoiy va huquqiy komptensiyalarga ega boʻlish imkoniyatini oshiradi.
    Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirish samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi tavsiyalar berish mumkin:
    - boshlangʻich sinf tarbiya fanini oʻtishda amaliy tajribalarga alohida e’tibor qaratish, ya’ni imkoniyat darajasida mazkur darslarni sinf xonasida emas, mavzuga mos obyektlarda tashkil etish;
    - Milliy dastur asosida yaratilgan Tarbiya fanlari dasturiga qoʻshimcha ravishda “Mashq daftari” ishlab chiqish;
    - boshlangʻich sinflarda tarbiya fanidan dars beradigan oʻqituvchilar uchun maxsus kurslar tashkil etib, unda xorijiy tajribalarga asoslangan holda treninglar olib borish uchun dasturlar tayyorlash;
    - tarbiya darslari mazmuni asosida sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish orqali oʻquvchilarda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.



    Download 45.97 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 45.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Oʻquvchilarda huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish usullari

    Download 45.97 Kb.