Maydon o‟lchami
- MB jadvali ustuniga kiritiladigan ma‘lumotlarning uzunlik
o‘lchovini aniqlaydi. Belgi (simvol) yoki sonlarning maksimal soni.
Tablitsa ma‘lumotlar bazasining asosiy ob‘ekti bo‘lib, boshqa ob‘ektlar
jadvalsiz ishlay olmaydi. Accessda MB o‘z ichiga bir necha jadvallarni olishi
mumkin. Tablitsa rejimida ma‘lumotlar qator va ustun ko‘rinishda tasvirlanadi.
Jadvalni tuzish, uning maydon nomlari va uning xossalarini aniqlashdan
boshlanadi. YAngi jadval tuzishning bir necha usullari mavjud. Ulardan eng
universal oson usulini ko‘rib chiqamiz. Bu usul quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1.
MB oynasidan Tablitsa ob‘ekti ishga tushiriladi.
2.
Instrumentlar panelidan Sozdat (New) buyrug‘i beriladi. Ekranda yangi
jadval nomli muloqot darchasi chiqadi.
3.
Agar jadval strukturasini o‘zingiz tuzmoqchi bo‘lsangiz muloqot
darchasidan Konstruktor rejimi tanlanib, Ok tugmasi bosiladi. Jadval
strukturasini kiritish uchun darcha chiqadi.
4.
Jadval strukturasida maydon nomi, turi, uning tavsifi va xossalari ketma-ket
beriladi.
5.
Konstruktor oynasi bekitiladi.
6.
Jadval nomi kiritiladi va saqlanadi.
Namunaviy masala
Masalaning qo‘yilishi. Talabalar, ularning ota – onalari va semestrda olgan
reyting ballari haqida sodda ma‘lumotlar bazasini (MB) yarating. Ushbu MB dan
reyting ballarini beruvchi ma‘lumotni oling.
45
Masalani Access da echish algoritmini loyihalaymiz.
MB si quyidagi jadvallarni o‘zida saqlasin:
- Studentы (polya: KodStud, FamStud, ImyaStud, RojdStud);
- Roditeli (polya: KodStud, FamRod, TelRod);
- Otsenki (polya: KodStud, BallXim, BallInf, BallMat, Semestr);
Endi yuqoridagi algoritmga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechishning algoritmini
keltiramiz.
1.
Access dasturini ishga tyshirgandan song ish sohasining o‘ng tomonida
joylashgan Pristupaya k rabote oynasidagi (yoki asboblar panelidagi) Sozdat
fayl… piktogrammasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib uning
o‘ng tugmasini bosing. Quyidagi oyna paydo bo‘ladi
2.
Sozdaniye Novaya baza dannыx… buyrug‘ini ishga tushiring. Ekranda
quyidagi oyna hosil bo‘ladi
46
Sizga standar db.mdb nom bilan ma‘lumotlar bazasini yaratish taklif
qilinadi. Siz bu holda yaratishingiz lozim bo‘lgan ma‘lumotlar bazasini boshqa
nom bilan kerakli papkada yaratishingiz mumkin. Buning uchun Imya fayla:
satridagi db4.mdb o‘rniga boshqa nomni, masalan Semestr.mdb deb yozib
Sozdat tugmasini bosasiz. Bu aytilganlar quyidagi rasmda tasvirlanganday
bo‘ladi.
3.
Sozdat tugmasini bosing. Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi
4.
Sizga ma‘lumotlar bazasini yaratishning 3 usuli taklif qilinadi. Joriy holda
«Sozdaniye tablitsы v rejime konstruktora» usuli faollashtirilgan. Oynadagi
«Otkrыt» piktogrammasini ishga tushiramiz. Ekranda quyidagi oyna hosil
bo‘ladi. Bu oynada siz MB ning birinchi jadvalini yaratasiz
47
5.
Siz bu oynada «Imya polya» va «Tip dannыx» ystunlariga mos ravishda
maydon nomlarini va ylarning tiplarini kiritasiz. Ishingizning natijasi
quyidagicha bo‘ladi.
6.
Endi yuqoridagi oynada tasvirlanganidek «Vid» asbobini bosasiz. Sizdan
avval yaratilayotgan jadvalni saqlashni so‘rovchi quyidagi «Snachala
neobxodimo soxranit tablitsu» oynasi hosil bo‘ladi. Bunga javoban «Da»
tugmasini bosamiz. Access dasturi «Tablitsa1» degan standart nom taklif
qiladi. Masalaning qo‘yilishiga mos ravishda jadvalni «Studentы» deb
nomlaymiz va «OK» tugmasini bosamiz
7.
Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi
48
8.
«Da» tugmasini bosamiz. Ekranda 5 ta ystundan iborat jadvalni hosil qilish
oynasi hosil bo‘ladi.
9.
Biz bu yerda soddalik uchun 5x4 o‘lchamli quyidagi jadvalni hosil qilamiz.
Jadvalni to‘dirib uni saqlaymiz.
10.
Endi asboblar panelidagi «Okno bazы dannыx» asbobini ishga tushiramiz.
Quyidagi oyna hosil bo‘ladi
49
11.
Shynday qilib MB ning birinchi jadvalini yaratdik. Endi MB ning ikkinchi
jadvalini yaratamiz. Buning uchun «Konstruktor» asbobini ishga
tushiramiz. Ekranda 4 – qadam dagi oyna hosil bo‘ladi.
12.
Endi 5- 10 qadam lardagi bajarilgan ishlarni takrorla MB ning quyidagi
ikkinchi va uchinchi jadvallarini hosil qilamiz.
Asboblar panelidagi «Okno bazы dannыx» asbobini faollashtirsak quyidagi
oynasiga qaytamiz.
50
Endi MB ustida amallar bajarishni ko‘rib chiqamiz. Bu ishni quyidagi
algoritmlar bo‘yicha bajaramiz.
13.
Yuqoridagi «Okno bazы dannыx» oynasidan «Zaprosы» buyrug‘ini ishga
tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi
14.
«Konstruktor» asbobini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
15.
«Zapros 1» Oynasiga «Otsenki» va «Studentы» Jadvallarini tashlaymiz.
Buning uchun Ularni birin – ketin belgilab «Dabavit» tugmasini bosamiz.
Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi.
51
16.
Endi bu ikki jadvaldan tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz. Buning
uchun masalan, «pole» satridagi «Uchburchak» belgisini ustiga sichqoncha
ko‘rsatkichini keltirib uning chap tugmasini bossak quyidagi ko‘rinish hosil
bo‘ladi.
17.
Yuqoridagi oynadan avval «Studentы.*» jadvaliga tegishli maydon va
shartlarni tanlaymiz. Songra «Otsenki.*» jadvaliga tegishli maydon va
shartlarni tanlaymiz va «Soxraneniye» buyrug‘ini bajarsak quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lamiz
52
18.
«Soxraneniye» oynasidagi «Zapros1» o‘rniga «Reyting bali» nomini
kiritamiz va «ok»tugmasini bossak oyna nomi «Reyting bali» nomiga
o‘zgaradi.
19.
Menyuning «Zapros» bo‘limidagi «Zapusk» buyrug‘ini ishga tushirsak
quyidagi natijaviy oyna hosil bo‘ladi.
|