Konstruktor rejimida "zapros"ni modifikatsiyalash (takomillashtirish). " Zapros" konstruktori so‘rovnoma maketini loyihalash, joylashtirish va boshqarish
56
elementlarini o‘zgartirish imkonini beradi. Bundan tashqari u maydonlarni
qo‘shish, o‘chirish, tartiblash va qayta nomlash imkonini beradi. "Zapros"ni
modifikatsiyalashda unga yangi hisoblash maydonlarini kiritish ham mumkin.
Masalan, ikkita s1 va s2 maydon qiymatlarini qo‘shib, yangi hisob maydonga
yozish kerak bo‘lsa, maydonlar qatorining yangi ustuniga [s1]+[s2] formulasi
kiritiladi. Maydonda "Vыchisleniye1": [s1]+[s2] bo‘ladi. "Vыchisleniye1" so‘zini
biror bir maydon nomiga almashtirish mumkin.
Bir necha shartlardan birgalikda foydalanishda Or (ili) va And (ili) mantiqiy
birlashtirishlar ishlatiladi. Tashqaridan MBga so‘rov berish uchun so‘rov
beriladigan maydon ustunining ―usloviya otbora‖ satriga yangi maydon [maydon:]
kiritiladi. Masalan, MBdan kerakli familiya haqida ma‘lumotni chiqarish kerak
bo‘lsa, u holda ―Familiya‖ maydonining ―usloviya otbora‖ satriga [Familiyani
kiriting:] degan maydon kiritiladi. Natijada "zapros" ishga tushirilganda ekranda
quyidagi so‘rov chiqadi.
Mavjud "zapros"da yangi maydonni qo‟shish. 1."Zaprosы" ob‘ekti ishga tushuriladi va kerakli "zapros" tanlanadi.
2.Menyudan ―Konstruktor‖ rejimi ishga tushirilib, kerakli so‘rovnoma konstruktor
rejimida ochiladi.
3.Maydonlar ro‘yxatidan kerakli maydonlarni so‘rovnoma blankasiga olib kelib
qo‘yiladi.
4.So‘rovnoma blankasi (oynasi) yopiladi.
"Zaprosы" oynasidan maydonni o‟chirish. 1.So‘rovnoma oynasida o‘chirilishi kerak bo‘lgan maydon ustuni ajratiladi.
2.Klaviaturadan Delete tugmasi bosiladi.
"
Zapros"da ajratib olish shartlarining ishlatilishi Фамилияни киритинг:
57
Ajratib olish shartlari maydon qiymati, ma‘lum shart va ifodalar bo‘lib, ular
matematik yoki mantiqiy formulalar bo‘lishi mumkin. Ajratib olish uchun
"Zaprosы" blankasida kerakli maydon ustuni bilan qator kesishmasidagi
yacheykaga kelib kerakli shart kiritiladi. YAngi ajratib olish shartlarini kiritish
qayta zaproslar blankasini chaqirib bajariladi.