O`qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo`llari




Download 34.28 Kb.
bet3/4
Sana20.10.2023
Hajmi34.28 Kb.
#89290
1   2   3   4
Bog'liq
2-Ma`ruza mashg`uloti (4)
ITI 3- Semestr. Alisher(1), Document inlish, Jismoniy mashqlari jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi, Mustaqil ish suniy intelekt, Кундалик, титул (4), 1-2 amaliy algoritim, 3-shaxsiy topshiriq(6-variant)
4. O`qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo`llari.
O’qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko’nikma va malakalarini mukammal takomillashtirgan holda o’z mahoratini oshi­rish uchun quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:
1. O’qituvchi o’zlashtirishi lozim bo’lgan pedagogik texnikaning mu­him tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, dik­si­yasi, tovush ohangini baland, o’rta, past qila olishi va hokazo).
Dars jarayonida o’quv materiallarini idrok qilishda o’qituvchining nutqi muhim rol o’ynaydi. Olimlarning fikricha, o’quvchilar tomonidan 1/2 foiz o’quv materialini tafakkur orqali idrok qilish va o’zlashtirish o’qi­tuvchilarning nutqiga va uning so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishiga bog’­liq. O’quvchilar o’qituvchining nutqini nihoyatda kuzatuvchanlik va qiziqish bilan tinglaydilar. Past ohangda gapiradigan o’qituvchining darsi o’quvchilar uchun zerikarli bo’ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog’ida ovozni baland qilib so’zlashish o’quvchilarni darsdan bez­di­radi va charchatadi. O’quvchilarning bunday o’qituvchi ta’limidan ko’ngillari soviydi. Shuning uchun o’qituvchi savodli gapirishi, o’z nut­qini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, o’z fikr va his-tuyg’ularini so’zda aniq ifodalash malakalariga ega bo’lishi lozim.
Chiroyli, savodli, ta’sirchan gapiruvchi o’qituvchilarning nutqlari o’quvchilar ongiga tez ta’sir etadi, o’quv materiallarini oson o’zlashtirib olishiga katta imkoniyat yaratadi, o’quvchilar bunday o’qituvchilarning darslarini toqatsizlik bilan kutadilar. O’qituvchilar o’z nutqlari ustida tinimsiz ishlashlari, so’zlarning chiroyli, ma’noli, ta’sirchan bo’lishi uchun mashq qilishlari, ovoz diapazonlarining kuchi, nutq tembrining ha­rakat­chanligi va diksiyasini doimo mashq qilib borishlari lozim.
Ovoz diapazoni chegarasi baland yoki past gapirish toni bilan belgi­lanadi. Diapazonning qisqarishi tovushning past tonligiga olib keladi. Past ohangda so’zlashish o’qituvchining idrokini bo’shashtiradi va susay­tiradi.
O’qituvchi tovush diapazonini, uning tembri bilan bog’lab ishlatsa, gaplari chiroyli, mayin, jozibali chiqib, tinglovchilarni o’ziga jalb etadi va o’quv materiallari mazmuni yanada yaxshi idrok qilinadi.
O’qituvchining notiqlik texnikasi so’zlarni aniq, to’g’ri, tiniq eshiti­larli va tushunarli bayon qilishida namoyon bo’ladi. To’g’ri va mukam­mal ovoz diksiyasiga ega bo’lgan o’qituvchi so’zlarni ifodali bayon qiladi. Ifodali gapirishda til, lab, kichik tilcha, pastki jag’ ishtirok etadi. O’qituvchi ifodali gapirishi, so’zlarni talaffuz qilishi uchun yuqoridagi organlarni doimo mashq qildirishi lozim. Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan, o’qituvchi doimo gapirish tempi, ritmi, diksiyasi, ovoz kuchi, diapazoni, harakat­chan­ligi ustida mashq qilishi zarur, ushbu jarayon alohida bir faslda ko’rib chiqiladi.
2. Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avva­lo, o’qituvchi o’z fanini, o’qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda bilishi, pedagogik va axborot texno­logi­yalarini, pe­da­­gogika va psixologiya fanlari asoslarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalay oladigan bo’lishi zarur. Chun­ki pedagogik texnika o’qituvchilarning individual shaxsiy xusu­siyatlariga ham bog’liq. Har bir o’qituvchi o’z tafakkuriga, fikrlash qo­bili­yatiga, o’zining kasbiy yo’nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo’lishi kerak. Bu yo’nalish va laboratoriyani o’qituvchilarning o’zlari mustaqil fikr yuritishlari, mustaqil bilim olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo’lga kiritadilar va mohir o’qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat qiladilar.
3. Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o’qituvchining tashkiliy - metodik malakalarni egallashiga ham bog’liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo’yicha ma’ruzalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni o’qish orqali qo’lga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo’l-yo’riqlar, ko’rsatmalarni o’zining individual kasbiy tajribasida sinab, ko’nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh bo’lib ishlash, o’qish, faoliyat ko’rsatish asosida qurilgani ma’qul. Chunki guruh yoki jamoa bo’lib o’qish, ishlash har bir o’qituvchiga ref­leksiv qobiliyatlari asosida, o’zini boshqalar ko’zi bilan ko’rishni va baho berishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala va xulq-atvorning yangi shakllarini izlab topish va sinash imkoniyatini beradi. Bu esa o’z-o’zini bilish, o’z-o’zini tarbiyalash uchun asos bo’ladi va peda­gogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko’rish, nazariy masa­la­larini hal qilish uchun tajriba maydonini tashkil qilishga zamin yaratadi. Demak, tashkiliy - metodik malakalarni egallashda guruh, jamoa fao­liyati, mashg’ulotlar pedagogik texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi.
4. Pedagogik texnikani bir maromda egallashda, har bir o’qituv­chining o’z individual dasturini ishlab chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday dasturni tuzishdan oldin o’qituvchi o’zida pedagogik tex­nika malakalarini shakllanganligining boshlang’ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni, o’qituvchining dastlabki o’quv-tarbiya ishlaridagi na­ti­ja­larida, nutq madaniyatining to’g’ri yoki noto’g’ri qo’yilishida, hara­katidagi mimik va pantomimik holatlarda ro’y beradigan nuqsonlar e’ti­rof etiladi. Bunda natija yaxshi bo’lsa, kelajakda pedagogik texnikani egallash ancha oson bo’ladi.
Ushbu faoliyat natijasida ko’nikma va malakalar yanada rivojlan­tiriladi. Individual dastur pedagogik texnika malakalarining еtishmay­di­gan jihatlarini to’ldirish uchun xizmat qiladi. Bu dastur ma’lum mashqlar yoki mashqlar majmuini o’z ichiga oladi.
5. Shuni ham unutmaslik lozimki, pedagogik texnikani namoyish etishda o’qituvchining umumiy madaniyati, ma’naviy va estetik dunyo­qarashi muhim o’rin tutadi. Agar o’qituvchining tashqi ko’rinishi qash­shoq, so’zlarni talaffuz qilish qobiliyati past, estetik jihatdan omi, bo’lar-bo’lmas voqealarga nisbatan o’z hissiyotiga erk beradigan bo’lsa, tarbi­ya­lanuvchilarning e’tiqodiga, aql-idrokiga, bilish va anglash tafak­kuriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, o’qituvchi o’zidagi ana shu nuq­son­larni qayta tarbiyalashi lozim.
Ta’kidlash joizki, pedagogik texnikaning ko’nikma va malakalarini egallash yo’llari to’g’risida bildirilgan fikrlarga e’tibor bermaslik, peda­gogik faoliyat jarayonida ularning beqiyos ahamiyatiga еtarlicha baho bermaslik, shuningdek, pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir o’qituvchining individual xususiyatlarini hisobga olmay ish yuritish pe­da­gogik mahoratni egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi va o’quv-tarbi­yaviy jarayonda o’qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida nuqson­larning ko’payishiga olib keladi.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari o’qituvchining ma­la­ka oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mash­g’ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini o’rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko’nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanli­gini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomil­lash­tirishda kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash, ya’ni talabalik yillarida o’zida tajribali o’qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy mala­kalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat еtakchi rol o’ynaydi, deb ay­tish mumkin. Kasbiy ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texni­kani egallashda muhim rol o’ynaydi.
Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg’ulotlari indi­vidual, guruh yoki ketma-ketlikda o’tkaziladi. Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotlarni mustaqil o’qish asosida, integ­ratsion bilimlarni egallash, portal, kompyuter texnologiyalari yordamida egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar (turli artikulyatsiya, fonatsion nafas olish usullari, relaksatsiya usullari va shu kabilar) o’qituvchi tomonidan muntazam mashg’ulotlar asosida egal­lanadi. Tegishli ko’nikmalarni ishlab chiqish, individual ishlashni dastlab o’qituvchining nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ish­lash talab qiladi.
Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishda o’qituvchining ja­mo­ada faoliyat olib borishi va mashg’ulotlarda o’z-o’zini nazorat qili­shi alohida rol o’ynaydi. Pedagogik texnika mashg’ulotlarining bu shak­lini ancha batafsilroq ochib berish maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar o’qituvchilar uchun mo’ljallangan o’quv va metodik adabiyotlarda ma’lum darajada ko’rsatib berilmagan.
Har qanday jamoada, xoh o’qituvchilar, xoh o’quvchilar jamoasi bo’lsin, o’qituvchi ular oldida o’zini boshqa kishilar ko’zi bilan ko’rishi, hulq-atvor va muomalaning yangi shakllarini izlab topishi va sinab ko’ri­shi, o’zining jamoa bilan birga bajaradigan ishi xususiyatlarini anglashi lozim. Shundagina pedagogik faoliyatning individual uslublarini ongli ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bo’ladi. Jamoa shaxsning o’z-o’zini bilishi va o’z-o’zini tarbiyalash laboratoriyasi, pedagogik vazi­fa­lar­ni hal qilishning yangi usullarini tekshirib ko’radigan, nazariy va amaliy masalalar, turli muammolar muhokama qilinadigan tajriba may­doni bo’lib qolishi mumkin.
Psixologlar pedagogik texnikaning keng imkoniyatlarini jamoa bo’­lib o’rganishni, o’qituvchilar orasida bunday jamoalarning eng qulay miq­­dorini 10–14 kishidan iborat etib belgilashni ta’kidlab o’tadilar. Qat­nashchilarning xuddi shunday miqdori ulardan har birining boshqa o’qi­tuvchilar bilan birga faoliyat olib borishda individual psixologik muam­molarini juda to’liq ravishda aniqlab hal etish, refleksiv va empatik dara­jasini jiddiy oshirish, kasbiy pedagogik fahm-farosatini rivojlantirish, bosh­qalarga ta’sir etish vositalarining kengaytirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo’lajak o’qituvchilar kas­biy hamkorlik jihatidan birga ishlash malakalarini egallashga faol inti­lishlari, o’z-o’zini bilish va kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash bo’yi­cha muvaffaqiyatli faoliyat olib borishga psixologik jihatdan tayyor bo’­lishlari kerak.
Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashg’ulotlar boshla­nishidan oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim. Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalarini shakllantirishning boshlang’ich daraja­sini aniqlab olish za­rur. Biroq, tajribalarning ko’rsatishicha, odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu bilan birga dastlab avtomat­lash­tirilgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib) ko’nikmalar haqida ham mulo­hazalar olib borish mumkin. Masalan, nafas olish va ovozning tabiiy bir holatga qo’yilishi, so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, bundan oldingi tarbi­yaviy metodlarning natijasi bo’lgan savodli, ifodali nutq, mimik va pan­tomimik harakatlar bo’lishi mumkin.
Bunday ko’nikma va malakalarning mavjudligi pedagogik texnika imkoniyatlarini mukammal shakllantirishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramasdan barcha hollarda ana shu ko’nikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yuzasidan muayyan faoliyat olib borilishi zarur. Peda­gogik texnika malakalarini shakllantirishning boshlang’ich darajasiga qarab uni egallashning individual dasturi еtishmaydigan malakalarni shakllantirishga qaratilgan ayrim mashqlarni yoki ularning to’liq majmuasini ishlab chiqish lozim.
Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot­lar­ning ko’rsatishicha, o’z faoliyatini endigina boshlayotgan o’qituv­chilar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiy sababi aynan pedagogik tex­nikaga oid ma’lumotlarni bilmasligi oqibatida sodir bo’lmoqda. Peda­gogik texnika to’g’risida yuqorida aytib o’tilgan fikr va mulohazalarga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy tajribalarning yo’qligi, o’z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik oqibatida hamda o’qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan peda­gogik faoliyatning yo’qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini unutmaslik kerak.

Download 34.28 Kb.
1   2   3   4




Download 34.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo`llari

Download 34.28 Kb.