• 3. Mimika. Pantomimika.
  • Pedagogik texnikaning namoyon bo’lish xususiyatlari




    Download 34.28 Kb.
    bet2/4
    Sana20.10.2023
    Hajmi34.28 Kb.
    #89290
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-Ma`ruza mashg`uloti (4)
    ITI 3- Semestr. Alisher(1), Document inlish, Jismoniy mashqlari jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi, Mustaqil ish suniy intelekt, Кундалик, титул (4), 1-2 amaliy algoritim, 3-shaxsiy topshiriq(6-variant)
    2. Pedagogik texnikaning namoyon bo’lish xususiyatlari.
    O’qituvchining tashqi ko’rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuv­chi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi ko’rinishi atrofdagilarga estetik ma’no va zavq kasb etib, doimiy e’ti­borda bo’lishini unutmaslik kerak. O’qituvchining tashqi ko’rinishini aso­san namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi meh­ribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O’qituvchi sinfga kiri­­shi bilan so’zsiz o’quvchilar e’tiborida bo’ladi, ular bilan muloqotga kirishadi.
    Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti-harakatlari o’quvchilarga ta’sir o’tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o’qituv­chilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo’rquvini engish­lari, o’zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan o’zlarini yo’qot­masliklari lozim.
    O’qituvchining tashqi ko’rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o’qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag’bat­lantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo’ladi va ular o’qi­tuvchi-tarbi­yachining pedagogik ta’sir ko’rsatishida, mashg’ulotlarni samarali va mazmunli o’tishida puxta zamin tayyorlab beradi.


    3. Mimika. Pantomimika.
    Pantomimika - bu gavda, qo’l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. O’qituvchi o’z gavdasi, qo’li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma’­lu­motlarning obrazini “chiza” olsa, o’quvchilar bundan zavq­lana­dilar, ular ichki his-tuyg’ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo’shilib butun ongini o’quv materiallari mazmunini o’zlashtirishga qaratadilar. Panto­mi­mika gavdani rost tutib yura bilish, qo’l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to’liq bayon qilib qo’lini, boshini turli hara­katlarda ifodalash o’qituvchining o’z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o’qituvchining o’quvchilar oldida o’zini tuta bi­lish holatini tarbiyalashi lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O’qituvchining yurishi, qo’l va oyoq or­qali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo’lishi kerak. Masalan: audi­toriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo’llari bilan turli imo-isho­ralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o’quvchilarning e’tiborini bo’lib, g’ashini keltiradi va o’r­ga­nilayotgan fanga, o’qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg’otadi.
    O’qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o’z hissiy holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg’in kuzatuv ostida bo’ladi. Uning kayfiyatidagi o’zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo’ladi. Shu tufayli o’quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg’ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o’z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo’lishi, umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo’la olish qobiliyatlariga ega bo’lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi o’qituvchiga birdaniga paydo bo’ladigan ko’nikma emas. Buning uchun o’qituvchi o’z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor. Chunki, yillar davomida o’qituvchi o’zining har bir harakatiga moslashib uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega bo’lgan o’qituvchi o’z-o’zini nazorat qila oladi, ko’p yillik faoliyati davo­mida sog’lom asab tizimini o’zida tarbiyalab asabiylashishdan, his­siy va aqliy zo’riqishlardan o’zini saqlay oladi.
    Gavda tutish estetikasi oldinga-orqaga tebranish, og`irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig`iga tayanib turish, boshni qashlash, burunni artish, quloq kavlash kabi zararli odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi shart.
    Mimika - yuz muskullari orqali o’z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Mimika axborotning xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib oladilar. Shuning uchun ham o’qituvchining yuzi uning sezgirligini ifodalashi bilan birga ularni yashirib turishi ham lozim. Oila tashvishlari, tashqaridagi kelishmovchiliklarni o’qituvchi o’zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. Yuz ifodasi va harakatlar faqat dars maqsadiga, o’quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo’naltirilishi lozim. Yuz ifodasida ko’zlar muhim o’rin tutadi. Jozibasiz ko’zlar ma’nosiz qalbni aks ettiradi. O’qituvchi yuz muskullari va ko’zlarini tez-tez harakatlantirish bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot bo’lishi lozim. O’qituvchi nigohi o’quvchilarga qaratilgan bo’lishi, bevosita ko’rish kontaktini vujudga keltirishi zarur, barcha o’quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilishi lozim.
    Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini ku­chay­tirib, ularni chuqur o’zlashtirish imkoniyatini beradi. O’quvchilar o’qi­tuvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, muno­sabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba’zi noxush­liklar, hissiyotga berilish, g’am va tashvishning o’qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o’qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg’ulotlarini mukammal bajarishida o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. O’qituvchining chehra­sida, mimik belgilarida faqat dars mashg’ulotlariga xos bo’lgan, o’quv­chilarga ta’lim va tarbiyaviy topshiriqlarni еchishga yordam bera ola­digan ko’rinishlarni ifodalash lozim.
    O’qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o’quvchilar bilan o’zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo’lishi kerak. O’qituvchi chehra ko’rinishidagi mimik ifoda, ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquv­chanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bun­da ovozdagi turli o’zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi mu­him ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etish­da qosh, ko’z, chehra ko’rinishi ishtirok etadi.
    Inson his tuyg’ulari uning yuzida – yuz mushaklarini qisqarishi va bo’shashishi natijasida – namoyon bo’ladi. Yuz mushaklari holatini boshqarish unchalik qiyin bo’lmaganligi uchun odamlar haqiqiy hislarini yashirishga ham urinadilar.
    Yuz mushaklari harakatlari simmetrikligi ushbu insonning samimiyligidan dalolat beradi. Inson so’zlarida qanchalik yolg’onni ko’p qo’shsa, simmetriya shunchalik buziladi.
    Haqiqatni bildiruvchi mimika juda tez, sezdirmasdan namoyon bo’lishi mumkin va uni to’g’ri talqin qilish uchun tajriba yoki hattoki maxsus trenirovka kerak. Yana bir xususiyat: ijobiy hissiyotlar salbiyga qaraganda osonroq anglanadi.
    Ayniqsa, inson lablari hissiy ifodaliligi bilan ajralib turadi (masalan, lablarni tishlash – hayajonni, bir tomonga qiyshaygan lablar ishonqiramaslik yoki istehzoni anglatishi mumkin)
    Tabassum odatda do’stona munosabat yoki qo’llab quvvatlashga bo’lgan ehtiyojni bildiradi. Erkak kishi uchun tabassum u har qanday vaziyatda ham o’zini tuta olishini namoyish qilishi bo’lsa, ayol tabassumi ko’proq haqiqiy kayfiyatini bildiradi.
    Tabassum turli hissiyotlarni anglatganligi uchun ularning ba’zi turlarini hisobga olish maqsadga muvofiq:

    1. ortiqcha ko’p jilmayish – qo’llab quvvatlanishga ehtiyoj;

    2. qiyshiq kulish – nazorat qilinayotgan asabiylik;

    3. ko’tarilgan qoshlar va tabassum - bo’ysunishga tayyorlik;

    4. pastga tushirilgan qoshlar va tabassum – o’zini katta olish;

    5. tabassum bilan bir paytda pastki qovoqlarning ko’tarilmasligi – samimiyatsizlik;

    6. tabassum bilan bir paytda ko’zlarning olayishi – qo’rqitish.

    Turli hislar kechirayotganda yuz mimikasini bilish faqatgina boshqalarni tushunishdagina emas, balki o’z imitatsiya mahoratini o’stirish uchun ham zarurdir.
    Odamning ichki kechinmalari haqida eng to’g’ri ma’lumotni ko’zlar namoyon qiladi:

    1. ko’zning odatiy ifodasidagi o’zgarish;

    2. ko’zlarning beixtiyor harakatlari – hayajon, oriyat, yolg’on, qo’rquv, asabiylashuv;

    3. yonib turgan nigoh – qizishish;

    4. qotib qolgan nigoh – o’yga cho’kkanlik yoki holsizlik;

    5. qorachig’larning kattarishi qiziqish va qabul qilinayotgan axborotdan, atrofdagilardan, taomdan va boshqa shunga o’xshash omillardan qoniqish his etayotganligi yoki qattiq og’riq: ma’lum dori-darmon yoki narkotik qabul qilganligi;

    6. qorachiqlarning kichrayishi – g’azablanish yoki ma’lum turdagi narkotiklarni qabul qilganligi va boshqalar.

    Muloqot davomida ko’proq eshitayotgan odam suhbatdoshi ko’ziga qarab turadi. Muloqotning umumiy vaqtining uchdan biridan kamroq vaqt ichida ko’zingizga qarab turgan insonning sizga nisbatan samimiyligiga shubhalaning; butun dialog davomida tikilib qarayotgan inson yoki sizga nisbatan katta qiziqish bildirmoqda yoki (agar qorachig’i kichraygan bo’lsa) uning sizga nisbatan adovati bor, yoki sizni o’ziga tobe qilmoqchi.
    Insonning ichki holati haqida uning statik holati ma’lumot berishi mumkin. Shunisi qiziqki, agar ma’lum bir turishlar (poza) inson uchun odatiy bo’lib qolgan bo’lsa bu uning xarakteridagi turg’un sifatlardan dalolat beradi. .
    Quyida bir necha pozaning psixologik nuqtai nazardan talqinini ko’rib chiqamiz:
    1) qo’llar orqada, bosh yuqori ko’tarilgan, iyak oldinga surilgan – o’ziga ishonch, o’zini boshqalardan ustun qo’yish;
    2) tananing yuqori qismi oldga intilgan, qo’llar belda – dadillik, o’ziga ishonch va faol harakatlarga tayyorligi, tajovuzkorlik, o’z fikrini oxirigacha himoya qilishlikka tayyorlik;
    3) qo’llar bilan stol yoki stulga tayanish – suhbatdoshi bilan to’la kontakt yo’qligi;
    4) qo’llar tirsaklar ochilgan holda bosh orqasida qovushgan – o’zini boshqalardan ustunligini his etish;
    5) bosh barmoqlarini belbog’ yoki cho’ntaklarga solib turish – tajovuz, o’ziga ishonganlikni ifodalaydi;
    6) bosh barmoqni cho’ntaklardan chiqargan holda turish – o’zini katta olishlik;
    7) qo’l va oyoqlar almashtirilgan holda – suhbatdoshiga nisbatan ishonqiramaslik va o’zini himoyalash;
    8) qo’l va oyoqlar almashtirilmagan holda, pidjak tugmalari echilgan – ishonish belgisi;
    9) boshning chetga egilishi – qiziqish uyg’onganligi;
    10) boshning quyi egilganligi – salbiy munosabat;
    11) boshning sal ortga egilganligi – tajovuz belgisi;
    12) stul chetida o’tirish – har qaysi momentda turib ketishga tayyorgarlik: chiqib ketish uchun yoki harakt qilish uchun, o’ziga e’tiborni qaratib, suhbatga qo’shilish uchun yoki qizishgan inson o’zini qo’lda tutish uchun qilgan harakati.
    Insonlar his-tuyg’ularini aniqlashda faqat beixtiyor qo’l harakatlariga diqqatni qaratish lozim. Har xil odamlarda bir xil qo’l harakatlari turli ma’noga ega bo’lishi mumkin, lekin ma’nosi o’xshash holatlar ham mavjud:

    1. qo’llarning faol harakati – ko’pincha ijobiy emotsiyalar, do’stona munosabat va qiziqishni anglatadi;

    2. ortiqcha qo’l harakati – hayajon, o’ziga ishonchsizlik belgisi;

    3. kaftlar ochiq – ochiqlik ifodasi;

    4. qo’llarni musht qilish – ichki qo’zg’alish, tajovuz;

    5. so’zlayotganda og’izni qo’l bilan to’sish – hayron bo’lish / yolg’on so’zlash / suhbatdoshiga ma’lumotni ishonib etkazish;

    6. so’zlayotganda burunga tegib turish – aytayotgan so’zlariga ishonqiramaslik / yolg’on / yangidan-yangi dalillar izlash;

    7. qovog’ini barmoq bilan ishqalamoq – yolg’on / ishonqiramaslik; so’zlayotganda yuzining turli qismlarini ishqalash – tashvish, uyalish, o’ziga ishonmaslik;

    8. iyagini silash – qaror qabul qilish;

    9. qo’llarning beixtiyor ortiqcha harakatlanishi (biror narsani aylantirish, burash, kiyimining detallariga tegish) - ogohlik, asabiylashganlik, uyalish;

    10. kiyim yoqasini tortish – yolg’oni oshkor bo’lganligini sezgan odam yoki g’azabdan havo etishmasligi;

    11. biror narsaga tayanishga bo’lgan intilish – vaziyatning murakkabligini his qilish, ushbu vaziyatdan chiqib ketish yo’lini topa olmayotganligidan dalolat beradi.




    Download 34.28 Kb.
    1   2   3   4




    Download 34.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik texnikaning namoyon bo’lish xususiyatlari

    Download 34.28 Kb.