|
Ko‘ndalang differensial himoya
|
bet | 3/5 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #126210 |
Bog'liq ........ taqdimoti2.2 Ko‘ndalang differensial himoya.
Ko‘ndalang differensial himoya bir xil parametrlarga ega bo‘lgan parallel liniyalarda qo‘llaniladi va uning ishlash prinsipi liniyalarning bir hil nomdagi fazalaridan toklarni qiymati va fazalari bo‘yicha taqqoslashga asoslangan. Liniyalarning qarshiliklari teng bo‘lganligi sababli bu toklar bir-biriga teng (2.18-rasm, a), yaoni
Liniyalardan birida qisqa tutashuv bo‘lganda bu tenglik buziladi (2.18-rasm, b), liniyalarning boshlanishida bu toklarning fazalari bir xil lekin qiymatlari teng emas, liniyaning so‘nggida esa qiymatlari bir xil lekin qarama-qarshi yo‘nalishga ega, yoyni
SHunday qilib parallel liniyalardagi toklar tengligini buzilish liniyalardan birida qisqa tutashuv bo‘lganligini bildiradi.
Parallel liniyalarning bitta fazasi uchun ko‘ndalang differensial himoyaning sxemasi (2.18- rasm, v)da ko‘rsatilgan. Tok transformatorlari ikkilamchi toklarning farqi KA differensial rele ( tok relesi ) ning cho‘lg’amidan o‘tadigan qilib ulanadi. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlarda bu farq nolga teng, rele ishlamaydi, liniyalardan birida q.t bo‘lganda esa ikkilamchi toklar teng bo‘lmaydi va rele ishlaydi.
Ko‘ndalang differensial himoya ning ishga tushish tokini hisoblash bo‘ylama differensial himoyani hisoblashga o‘xshash, faqat liniyalar soni ikkita bo‘lganligi uchun nobalans tokining yarmi olinadi.
2.18-rasm. Ko‘ndalang differensial himoyaning ishlash prinsipi
2.3 Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya
SHinalarga alohida viklyuchatellar orqali ulangan parallel liniyalar uchun shikastlangan liniyani aniqlaydigan va faqat uni tarmoqdan uzadigan himoya zarur. Bunday xususiyatlarga yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya ega.
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning soddalashtirilgan sxemasi 2.15-rasmda ko‘rsatilgan. Himoya odatda tok relelari yordamida bajariluvchi ishga tushirish organi KA va quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organ KW dan iborat bo‘ladi. Liniyalardan biri uzilganda himoya ikkinchi liniyani ham noselektiv ravishda uzib qo‘ymasligi uchun operativ tok himoyaning relelariga himoyalanayotgan liniyalar viklyuchatellarining ketma-ket ulangan yordamchi kontaktlari SQ1.1 va SQ2.1 orqali beriladi.
Quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organ sifatida yo‘naltirilgan quvvat relelaridagi singari yo‘naltirilgan quvvat relesidan foydalaniladi. Quvvat relesi shinadagi kuchlanishga va liniyalardagi toklarning farqiga proporsional bo‘lgan tokka ulanadi. Ushbu farq liniyalardan qaysi biria qisqa tutashuv bo‘lganligiga bog’liq holda o‘zgaradi. Masalan, I-liniyada qisqa tutashuv bo‘lsa undagi tok II-liniyadagi tokka nisbatan katta bo‘ladi. Natijaviy tokning yo‘nalishi esa I-liniyadagi tokning yo‘nalishi bilan ustma-ust tushadi (2.15-rasm,g). Quvvat relesining KW.1 kontakti ulanadi va himoya I-liniyani uzadi. Ikkinchi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda quvvat relesining chulg’amidan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi qarama- qarshi tamonga o‘zgaradi. Aylantiruvchi momentning ham ishorasi o‘zgarib quvvat relesining KW.2 kontakti ulanadi. Ushbu holda himoya II-liniyani uzishga ishlaydi.
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyani ishga tushiruvchi tok relelarining ishga tushish toklari quyidagi shartlarga asosan tanlanadi:
1) himoya normal rejimdagi va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida yuzaga keladigan nobalans toklari ta’sirida ishlamasligi kerak;
2) himoya maksimal yuklama toklari ta’sirida ishlamasligi kerak.
|
| |