|
Ko‘ndalang differensial himoya
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 29,98 Kb. | | #230686 |
Bog'liq m ish
Mavzu: Differentsial tok himoyasi (Bo’ylama va ko’ndalang)
Ko‘ndalang differensial himoya.
Ko‘ndalang differensial himoya bir xil parametrlarga ega bo‘lgan parallel liniyalarda
qo‘llaniladi va uning ishlash prinsipi liniyalarning bir hil nomdagi fazalaridan toklarni qiymati
va fazalari bo‘yicha taqqoslashga asoslangan. Liniyalarning qarshiliklari teng bo‘lganligi
sababli bu toklar bir-biriga teng (2.18-rasm, a), yaoni
I
I
=I
II
Liniyalardan birida qisqa tutashuv bo‘lganda bu tenglik buziladi (2.18-rasm, b),
liniyalarning boshlanishida bu toklarning fazalari bir xil lekin qiymatlari teng emas, liniyaning
so‘nggida esa qiymatlari bir xil lekin qarama-qarshi yo‘nalishga ega, yaoni
I
I
I
II
SHunday qilib parallel liniyalardagi toklar tengligini buzilish liniyalardan birida qisqa
tutashuv bo‘lganligini bildiradi.
Parallel liniyalarning bitta fazasi uchun ko‘ndalang differensial himoyaning sxemasi (2.18-
rasm, v)da ko‘rsatilgan. Tok transformatorlari ikkilamchi toklarning farqi KA differensial rele (
tok relesi ) ning cho‘lg’amidan o‘tadigan qilib ulanadi. Normal rejim va tashqi qisqa
tutashuvlarda bu farq nolga teng, rele ishlamaydi, liniyalardan birida q.t bo‘lganda esa
ikkilamchi toklar teng bo‘lmaydi va rele ishlaydi.
Ko‘ndalang differensial himoya ning ishga tushish tokini hisoblash bo‘ylama differensial
himoyani hisoblashga o‘xshash, faqat liniyalar soni ikkita bo‘lganligi uchun nobalans tokining
yarmi olinadi.
Inb.his.max=
iKbKan Ik.max/2;
Ihi=Kz Inb.his.max;
Iri=Ihi/KI .
Ko‘ndalang differensial himoyaning ishlash prinsipi
Parallel liniyalarning so‘nggida qisqa tutashuv bo‘lganda toklar farqi kam bo‘lishi
sababli himoya ishlamasligi mumkin. Himoya ishlamasligi mumkin bo‘lgan zonaning uzunligi
Liz=(Ihi/Ik)L,
bu erda L-liniyaning uzunligi;Ik=Ik.min - liniyaning so‘nggidagi minimal qisqa tutashuv toki.
Liz ≤ 0,1L bo‘lsa himoya effektiv hisoblanadi.
2.14-rasm. Podstansiyaning shinalariga umumiy viklyuchatel orqali ulangan parallel
liniyalar rele himoyasining prinsipial sxemasi: a — tok zanjirlari; b — operativ tok
zanjirlari
Podstansiyaning shinalariga umumiy viklyuchatel orqali ulangan parallel liniyalar rele
himoyasining prinsipial sxemasi 2.14-rasmda keltirilgan. Liniyalardan birida qisqa tutashuv
yuzaga kelganda umumiy viklyuchatel ikala liniyani ham tormoqdan uzadi. Isteomolchilarning
elektr ta’minotini tiklao‘ uchun shikastlangan liniya o‘zining ajratkichi (QS1 yoki QS2)
yordamida tarmoqdan uzilib remontga chiqariladi va shikastlanmagan liniya ulanadi.
Parallel liniyalardan faqat bittasi ishlaganda ko‘ndalang differensial himoya noto‘g’ri
ishlaydi. Buning oldini olish uchun ajratkichlarning yordamchi kontaktlari SQS1 yoki SQS2
yordamida ko‘ndalang differensial himoyaning operativ zanjiri uzib qo‘yiladi.
Ko‘ndalang differensial himoyaning kamchiligi uning liniyalar so‘nggidagi maolum zonada
liniyalardagi toklarning qiymatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi sababli ishlamasligi mumkinligidir.
SHu sababli ko‘ndalang differensial himoya asosiy himoya bo‘lib xizmat qila olmaydi va
qo‘shimcha himoya o‘rnatish zarur. Bunday himoya sifatida odatda maksimal tok himoyasi
qo‘llaniladi (2.14-rasmda KAT1 va KAT2 relelar vositasida bajarilgan).
|
| |