54
YUQORI
KUCHLANISHLI UZGICHLARNING
PODSTANSIYALARDAGI O’RNI
Shamsiddinov Maqsudbek,
Namangan muhandislik-qurilish instituti,
Namangan, O'zbekiston
E-mail: mahsudbek8868@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada xozirda podstantsiyalarda ishlab turgan kam moyli
uzgichlarning ishlash printsiplari va texnik imkoniyatlari o’rganilgan va yangi
zamonaviy texnik imkoniyatlari yuqori bo’lgan vakuumli uzgichlardan foydalanish
samarali ekanligi bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
energetika, elektrlashtirish, tarmoq, uzgichlar, podstantsiyalar,
qisqa tutashuv toklari, kam moyli, vakumli.
THE PLACE OF HIGH POWER CIRCUITS IN SUBSTATIONS
Shamsiddinov Maqsudbek,
Namangan Engineering and Construction Institute,
Namangan, Uzbekistan
E-mail: mahsudbek8868@gmail.com
Abstract.
The article examines the principles of operation and technical
capabilities of low-oil circuit breakers currently operating in substations, and states
that the use of new modern circuit breakers with high technical capacity is effective.
Key words
: power, electrification, networ k,
circuit breakers, substations,
short circuits, low oil, vacuum.
Oxirgi o’n yilda mamlakatimiz aholisining elektr energiyasiga bo’lgan talabi
qariyb o’n barobar oshdi. Biroq mavjud quvvatlarning texnik jihatdan eskirgani,
xususan, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanilmagani oqibatida elektr
tokiga ortib borayotgan ehtiyojni uzluksiz ta’minlashda
sezilarli muammolar yuzaga
keldi shu sabali Respublikamizda energetikani rivojlantirish asosida iqtisodiyot
tarmoqlarini va ijtimoiy sohani elektr energiyasi bilan to’liq va sifatli ta’minlash
bo’yicha katta miqyosda ishlar olib borilmoqda [1].
ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НАУЧНОЙ РАБОТЫ
ВЕСТНИК
НАУКИ
И
ТВОРЧЕСТВА
55
Bugungi kunda yirik ishlab-chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan
mamlakatimiz energetikasi butun xalq xo’jaligi kompleksining rivojlanishiga salmoqli
tahsir ko’rsatib kelmoqda. Yalpi elektrlashtirish vatanimiz shaharlari va viloyatlarining
ishlab chiqarishi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlarini industrial yuksaltirishga imkon berdi.
Iqtisodiy islohotlar yillari mobaynida sohaning energetik korxonalari tomonidan
har yili 60 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda, bu esa iqtisodiyot va
aholining elektr energiyasiga bo’lgan talabini to’liq qondirmoqda [2].
Hozirgi kunda barcha energiya manbalarini energetik quvvatlarini oshirish
vazifasi bilan birga ishlab
chiqarilgan energiyani uzatish, taqsimlash va yetkazish
ishlarida energiya yo’qolishlarini keskin kamaytirish vazifasi turibdi.
Hozirda ishlab turgan aksariyat elektr tahminoti tizimi shu jumladan elektr
tahminoti tizimining muxim kismi bulgan ularning bosh posaytiruvchi podstantsiyalari
(BPP) yukori samara bilan ishlamaydi, ularda elektr energiya yukotishlar belgilangan
mehyordan yukori va tez-tez avariya xolatlari sodir buladi. Bunga asosiy sabab
podstantsiya qurilma va jixozlarini eskirganligi, montajini talabga javob bermasligi,
korxonalarning ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarini
yuqori surhatlar bilan
o’zgarishidir. Hozirgi zamon elektr energetikasi soxasining asosiy vazifalaridan biri
yuqori samara bilan ishlaydigan va energiya tejamkor elektr tahminoti tizimini
shakllantirishdir.
Uzgichlar podstantsiyalarda asosiy kommutatsion apparat xisoblanib, ular
liniyalarni istalgan rejimlarda uzib ulash va liniyalarni o’ta yuklanish va qisqa
tutashuv toklaridan ximoyalash uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va
mavjud qisqa tutashuv toklariga ulash eng og’ir mahsuliyatli operatsiya xisoblanadi
shulardan kelib
chiqib
Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
– belgilangan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish;
– tez tahsir etish, yahni uzish vaqtining eng kichik bo’lishi;
– avtomatik qayta ulash uchun yaroqligi, yahni uzgichni uzilgan zaxoti qayta tez
ulash
– kontaktlarni qarash va reviziya qilish qulayligi;
– yong’in va
portlashga xavfsizlik;
– transportirovka qilish va ishlatishning qulayligi.