2.6. Stend usuli
Stend usulida buyumlar qo‘zg‘almas qoliplarda tayyorlanadi va qolipning o‘zida issiqlik bilan qotiriladi. Barcha texnologik jarayonlar (qoliplarni echish, tozalash, moylash, armatura sinchlarini o‘rnatish, betonlash va x.k.) shu joyning o‘zida bajariladi. Stend usulida o‘lchamlari 6 m dan katta bo‘lgan buyumlar, asosan oldindan zo‘riqtirilgan qurilmalar (kran osti balkalari, fermalar, arkalar, ikki nishabli balkalar va x.k.) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishni tashkil qilinishiga qarab stendlar chiziqli uzun (uzunligi 150...300 m) va qiska (uzunligi bo‘yicha bitta va eni bo‘yicha 2...3 ta buyumga mo‘ljallangan) qilib loyihalanadi.
Stendlar bir yaruslik (buyumlar balandligi bo‘yicha bir qator o‘rnatilib qoliplanadi) va ko‘p yaruslik (buyumlar balandligi bo‘yicha bir necha qator o‘rnatib qoliplanadi) bo‘ladi. Armaturani tortib taranglashtirish stendining o‘ziga o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi.
Beton quygich agregatning harakatlanish tezligi o‘rtacha 1...2,5 m/min, stendining bir marta aylanish vaqti 1...1,5 sut.teng bo‘ladi. Qisqa va uzun stendlar uchun asosiy parametr-bu texnologik siklning davom etish vaqti hamda stendning bir marta aylanish vaqtidir. Ikkinchi asosiy parametr esa bir vaqtda stendda qoliplanadigan buyumlarning sonidir. Uzun yoki qisqa stendning yillik ish unumdorligi quyidagi formula orqali topiladi:
(2.6)
Bu erda V-buyumning hajmi, m3, n-liniyadagi bir vaqtda qoliplanadigan buyumlar soni; n=1÷6 dona olinishi mumkin [2]. S-yillik fond ish vaqti, V-sutka davomidagi ish soatlari, Tst-stendning sutka davomidagi bir marta aylanish vaqti, soat. Stendlar yoki kuchaytirilgan qoliplar soni sexning unumdorligini (ayni shu berilgan buyum uchun) stendning yillik unumdorligiga bo‘lish orqali topiladi. Stendning aylanish vaqti quyidagicha aniqlanadi:
Ts=T1+T2+T3+T4+T5 (2.7)
Bu erda T1-stend bortlarini ochish, armaturani bo‘shatish va qirqish, buyumni stenddan chiqarish, stendni tozalash, moylash, bortlarini mahkamlash vaqti, soat;
T2-stendga armaturani o‘rnatish va taranglash vaqti, soat;
T3-taranglanmaydigan armaturalar, to‘rlar va bog‘lash detallarini o‘rnatish, betonlashga tayyorlash, armaturani loyihaviy miqdorgacha taranglashtirish vaqtlari, soat;
T4-beton qorishmasini quyish va zichlash vaqti, soat;
T5-ushlab turish va issiqlik bilan qotirish vaqti, soat.
YUqoridagilarni e’tiborga olgan holda (2.7) formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Ts=t1+t2+t3+t4+t5+t6+t7+t8+t9+t10+t11+t12+t13+t14+t15+t16+t17+t18+t19+t20+t21 (2.8)
bu erda:
t1=0,15-0,2 s-stendlarning qopqoqlarini ochish va buyumni qolipdan bo‘shatish uchun ketgan vaqt;
t2=0,12 s bog‘lash detallarini echish uchun ketgan vaqt;
t3=0,13-0,24 s-armaturani bo‘shatish va qirqish uchun ketgan vaqt;
t4=0,26 s-buyumni qolipdan chiqarish uchun ketgan vaqt;
t5=0,52 s-qolipni tozalash va moylash uchun ketgan vaqt;
t6=0,1 s-xomutlarni o‘rnatish uchun ketgan vaqt;
t7=0,05 s-armaturani 50% miqdorda taranglashtirish uchun ketgan vaqt;
t8=0,56 s-sinch va payvandlash detallarini o‘rnatish uchun ketgan vaqt;
t9=0,5 s-qolipni yig‘ish uchun ketgan vaqt;
t10=0,12 s-bog‘lash detallarini o‘rnatish uchun ketgan vaqt;
t11=0,05 s-armaturani to‘liq taranlash uchun ketgan vaqt;
t12=1,27 s-buyumni betonlash uchun ketgan vaqt;
t13=0,58 s-buyumning yuzasini silliqlash uchun ketgan vaqt;
t14=0,15 s-qolip qopqoqlarni o‘rnatish uchun ketgan vaqt;
t15=13 s-issiqlik bilan qotirish uchun ketgan vaqt. (jadval 2. ilova 2).
U holda stendning aylanish vaqti: Ts=(0,15+0,2)+0,12+(0,13+0,24)+0,26+0,52+0,15+0,05+0,56+0,5+0,12+0,05+1,27+0,58+0,15+(2+1+3+6+1)=18,27 s.
Stendning yillik unumdorligi (2.6) asosida
Bu erda V=0.9m3 o‘lchami BDS-18 m bo‘lgan balkaga sarf bo‘ladigan beton hajmi.
Stendning sutka davomidagi aylanish koeffitsienti: Ka=
Berilgan unumdorlikni ta’minlash uchun sexga n=P/R=30000/195=153.8≈154 ta stend o‘rnatish kerak. Stend qoliplar sexga ikki qator qilib joylashtiriladi (har qaysi qatorga 4 tadan stend qolip o‘rnatiladi). Har bir stendda uzunligi 18 m balkadan bitta qoliplanadi.
Stend usulini loyihalashda asosiy hisobiy faktor-texnologik sikllarning davom etish vaqti hisoblanadi. Stend usulida ishlab chiqarish jarayoni ketma-ket bajariladi, ya’ni bitta alohida sikl to‘liq bajarilgach, ikkinchisi boshlanadi. Jarayonlarning texnologik sxemasi quyidagicha bo‘ladi:
Қолипни тайёрлаш (тозалаш, мойлаш, бортларини маҳкамлаш ва х.к.)
Қолипни арматуралаш (арматурани таранглаш, тўр ва синчлар, боғлаш деталларини ўрнатиш)
Бетон қоришмасини қуйиш, зичлаш, юзасини силлиқлаш
Иссиқлик билан қотириш
Қолипни очиш, буюмни чиқариш
Буюмни совутиш, техник назорат қилиш ва расмийлаштириш
Буюмни омборга жўнатиш
Armaturani taranglash jarayoni stendning o‘zida asosan mexanik usulda bajariladi (elektrotermik va elektrotermomexanik usullarda taranglash ham qo‘llanilishi mumkin). Beton qorishmasi lentasimon konveyer orqali keltiriladi, va o‘ziyurar betonquygich yordamida betonlanadi, so‘ngra qolip titratib zichlantiriladi, yuzasi silliqlanadi. Armatura ashyolarini keltirish va qolipga o‘rnatish, qoliplarni ochish, buyumni chiqarish va x.k.jarayonlar kran yordamida bajariladi. Issiqlik bilan qotirish buyumning o‘zida amalga oshiriladi. Stend liniyasi elementar sikllar vaqtini hisoblaymiz. Bitta stend liniyaning yillik unumdorligi R=195m3 (2.6 asosan). Liniyada uzunligi 19 m bo‘lgan ikki qator to‘rttadan stend qolip o‘rnatiladi va har qaysi stendda uzunligi 18m lik balkadan 1 dona tayyorlanadi. Bitta balkaga sarf bo‘ladigan beton hajmi 0.9m3 ga teng. Stend usulida alohida siklarning bajarilish tartibi va vaqtlari jadval 2.7 keltirilgan.
Stend usulida alohida siklarning bajarilish tartibi va vaqtlari
Jadval 2.7
t/r
|
Jarayonlarning bajarilish ketma-ketligi
|
Mexanizmning yurish masofasi, m
|
Mexanizmning tezligi, m/min,
|
Xisobiy mashina vaqti, min
|
Xisobiy ish vaqti, min
|
Ishning hajmi,
|
Jarayonning davom etish vaqti, min
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
Stend qolip bortlarini ochish, buyumni chiqarib olish
a) qolip bortlarini ochish
b) taranglashtirilgan armaturani bo‘shatish va qirqish
v) kran yordamida buyumni qolipdan chiqarib olish
g) kran yordamida buyumni sovutish postiga olib borish
d) qolipni tozalash va moylash
Jami:
|
-
-
20
60
36
|
-
-
4
15
2
|
-
-
45
4
18
|
24:2
15:1
10:1
-
24:2
|
1-qolip
2 tayanch
1 buyum
1 buyum
1 qolip
|
12
15
15
4
30
76,0
|
2
|
Stendga taranglashtiri-ladigan armaturalarni o‘rnatish, va 50% gacha taranglash
a) armaturani stend tayanchlariga mahkamlash
b) armaturani mexanik usulda taranglash
v) payvandlash xomutlarini o‘rnatish
Jami:
|
Qo‘l-da
Qo‘l-da
Qo‘l-da
|
-
-
-
|
-
3
-
|
18:2
-
1
8:2
|
1 qolip
1 buyum
1 buyum
|
9
3
9
21,0
|
3
|
Sinch va to‘rlarni o‘rna-tish, armaturani to‘liq taranglash
a) sinch va to‘rlarni o‘rnatish
b) qolip bortlarini yig‘ish va mahkamlash
v) bog‘lash detallarini o‘rnatish
g) armaturani oxirigacha taranglash
Jami:
|
20
20
Qo‘l-da
domkrat
|
4
4
-
-
|
5
5
-
3
|
29:1
25:1
7:1
-
|
1 buyum
1 qolip
1 buyum
1 buyum
|
34
30
7
3
74.0
|
4
|
Buyumni betonlash va zichlash
a) beton quygichni beton bilan yuklash
b) betonkuygichning quyish postiga kelishi
v) birinchi qatlamni yotqizish va joylashtirish
g) beton qorishmasini zichlash
d) ikkinchi qatlamni to‘kish va joylashtirish
e) beton qorishmasini zichlash
|
-
10
18
-
18
-
|
-
5
1
-
1
-
|
6
2
14
2
14
2
|
-
-
11:1
-
11:1
-
|
4,5 m3
4,5 m3
1,77 m3
1,77 m3
1,77 m3
|
6
2
25
2
25
2
|
|
j) kran yordamida qolip ustiga qo‘shimcha zichlovchi yukni quyish va olish
z) yuk yordamida qo‘shimcha zichlash
k) beton yuzasini silliqlash
l) qolip qopqoqlarini yopish
Jami:
|
20
-
18
-
|
5
-
1,5
-
|
4
32
12
-
|
-
-
16:1
18:2
|
1 yuk
3,54 m3
1 buyum
1 qolip
|
4
2
28
9
105.0
|
5
|
Buyumni ta’mirlash va nuqsonlarini tuzatish
a) buyumni ta’mirlash stendiga o‘rnatish
b) sement qumli qorish-ma tayyorlash (1:3 nisbat-da)
v) buyumning nuqsonla-rini qorishma bilan tuzatish
g) vaqtinchalik quyilgan detallarni chiqarib olish
Jami:
|
10
Qo‘l-da
Qo‘l-da
Qo‘l-da
|
5
-
-
-
|
2
-
-
-
|
-
5:1
10:1
5:1
|
1 buyum
1 buyum
1 buyum
1 buyum
|
2
5
10
5
22.0
|
6
|
Buyumni texnik nazorat qilish va rasmiylash-tirish
a) buyumni nazorat stendiga o‘rnatish
b) buyumning tashqi qismini ko‘zdan kechirib chiqish
v) buyum sifatini mexanik usulda aniqlash
g) buyumni markalash va rasmiylashtirish
d) buyumni telejkaga yuklash
e) buyumni omborga jo‘natish
Jami:
|
10
-
Mex.
asb-lar
qo‘l-da
20
50
|
5
-
-
-
5
10
|
2
-
-
4
5
|
-
3:1
10:1
10:1
-
-
|
1 buyum
1 buyum
1 buyum
1 buyum
1 buyum
1 buyum
|
2
3
15
10
4
5
|
|