ATROF-MUHIT VA MEHNAT MUHOFAZASINI




Download 230 Kb.
bet5/6
Sana19.02.2024
Hajmi230 Kb.
#158560
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elbek kurs ishi `1

6. ATROF-MUHIT VA MEHNAT MUHOFAZASINI
TA’MINLASH

Yig‘ma temirbeton korxonalarida atrof muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlash eng asosiy omillardan hisoblanadi. Korxona sexlarida texnologik jarayonlar bajarilishi davomida chang, zaxarli gazlar va issiqlik oqimi ajralib chiqadi. Quyish sexida titratmaydonchalarning ishlashi natijasida yuqori chastotali tovush hosil bo‘ladi.


SHu sababli atrof muhitni muhofaza qilish, mehnat xavfiszligini ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha maxsus normativ xujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda yuqoridagi muammolarni ta’minlash uchun kerakli tadbir va choralar ko‘rsatilgan. Jumladan, xonalarning xavosi ifloslanmasligi va zaxarli gazlar chiqmasligi uchun issiqlik uzatuvchi truboprovodlar, jihozlar va boshqa uskunalar izolyasiyalanishi, chang va zaharli gazlar chiqaruvchi texnologik jarayonlardagi bajariladigan ishlar maxsus ximoya kiyim-bosh kiyilgan holda bajarilishi, shuningdek xona xavosi sun’iy va tabiiy usullarda tozalanib va shamollashtirilib turishi kerak.
Sement va to‘ldiruvchilar omborida, beton quyish sexida ishlovchi ishchilar chang o‘tkazmovchi markasi FR-30, FR-90 filtrlardan foydalanishi kerak. SHuningdek, alohida beshta kiyiladigan F45 markali resperator, germetik ko‘zoynak va maxsus kiyimboshlar ishlatiladi.
Quyish sexida qoliplarni titratish natijasida xosil bo‘ladigan tovush miqdori ruxsat etiladigan miqdordan oshib ketmasligi kerak. Tovush va titrash miqdorini pasaytirish maqsadida titratmaydonchalar tagiga alohida massiv poydevor yasaladi. Bunday poydevorning qolip o‘rnatiladigan joylariga maxsus rezina materiallar, elastik prujinalar o‘rnatiladi. Natijada tovush va shovqin miqdori kamayadi. Ishchilar rezinai oyoq kiyimi kiyishi, quloqga tovush o‘tkazmaydigan moslama taqishi, maxsus rezina qo‘lqop kiyishi kerak.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonida me\nat xavfsizligini ta’minlash asosan quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-ish joylari keng va ishlash uchun qulay bo‘lishi;
-elektr tarmog‘i fazasi erga ulangan bo‘lishi;
-ishlatiladigan asbob va uskunalar soz bo‘lishi;
-payvandlash ishlari bajarilganda ximoya ko‘zoynaklari va qo‘lqoplari ishlatilishi;
-shuningdek ish joyiga rezina gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak.
Armaturani mexanik usulda taranglashda taranglovchi qurilma atrofini metal-to‘r bilan o‘rab chiqish, qurilma uchlariga xavfsizlik to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Armaturani taranglash paytida shu ishlarni bajarish uchun ruxsati bor kishilar qatnashishi lozim.
Buyumlarni issiqlik bilan qotirish jarayonida bug‘lash kamerasining qopqog‘i germetik mahkamlanishi, shuningdek kamerani ta’mirlash va tozalash uchun uning devorida tushish va chiqish ilgaklari bo‘lishi kerak.
Sexdagi tovush va shovqin miqdori 90 db oshmasligi kerak. Qoliplar va buyumlarni ishlab turgan odamlar ustidan ko‘tarib o‘tish qat’iyan man qilinadi.
Kerakli jihozlar va mexanizmlaga yorug‘lik yoki tovush signal o‘rnatilishi kerak. Ish joylari maxsus afisha va texnika xavfsizligi qoidalari plakatlari bilan jixozlangan bo‘lishi kerak.
Texnologik jarayonlarda ishlatiladigan barcha jihozlar, uskunalar, mashina va mexanimlar doimo nazorat qilinib borilishi zarur. Korxona (sex) ishchi-xodimlari texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha kerakli instruktajdan o‘tgan bo‘lishi kerak.


Download 230 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 230 Kb.