|
4 i-bob. Korxonalarda fuqaro muhofazasini ta’minlash
|
bet | 1/10 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #259023 |
Bog'liq Zafar.doc1234.567
MUNDARIJA
KIRISH.............................................................................................................................4
I-BOB. KORXONALARDA FUQARO MUHOFAZASINI TA’MINLASH.........5
1.1 Fuqaro muhofazasini ta’minlash va chora-tadbirlari...............................................5
1.2. Fuqоrо muhоfazasini o‘qitish va tashkil qilish.......................................................9
II-BOB Xavfli ishlab chiqarish korxonalarida fuqoro muhofazasi talablari.........13
2.1 Xavfli ishlab chiqarish korxonalarida fuqoro muhofazasi talablari..........................13
2.2 Xavfli ishlab chiqarish korxonalarida fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tashkil qilish.............................................................................................................................19
III BOB. KURS LOYIHA ISHINING HISOBI........................................................24
3.1 Depo binosi yaqinidagi havo zarbasi to‘lqinining parametrlarini aniqlang................................................ ...........................................................................24
3.2 Yongʻinlar xalq xoʻjaligiga katta moddiy zararini hisoblash..................................26
Xulosa..............................................................................................................................32
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.............................................................................33
Ilovalar............................................................................................................................34
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalash asosiy o‘rinlardan birini egallaydi Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta`minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan.
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarining bajarilishini ta`minlash hamda ushbu maksadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek, ob`ekt mikyosidagi fuqaro muhrfazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo‘yicha yo‘riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro‘xsat beriladi. Bug‘ va issiqlik qozonlari, yuk ko‘tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o‘kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo‘lsagina ishlashga ruxsat beriladi.
Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish va ularni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo‘limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o‘rgatish shu sex hamda bo‘lim rahbarlariga, shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli o‘qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo‘limlari zimmasiga boʻladi.
Shu bilan birga korxonadagi fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish, ularning xavfsizlik texnikasi qoidalarini hamma talablarini ongli ravishda bajarish ruhida tarbiyalashning o‘quv-uslubiy markazi bo‘lib xizmat qiladi
|
| |