II BOB. XAVFLI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA FUQORO MUHOFAZASI TALABLARI




Download 0,81 Mb.
bet4/10
Sana01.06.2024
Hajmi0,81 Mb.
#259023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zafar.doc1234.567

II BOB. XAVFLI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA FUQORO MUHOFAZASI TALABLARI
2.1 Xavfli ishlab chiqarish korxonalarida fuqoro muhofazasi talablari
Xavfli ishlab chiqarish korxonalarida texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga:
1) quyidagi xavfli moddalar: portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar; tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‘z-o‘zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar; inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar, funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini o‘zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot: sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishi; xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilishini ta’minlashi; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko‘rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo‘yishi; xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlashi; ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarining belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi hamda ishlshini ta’minlashi; begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi; xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlashi; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
Xavfli ishlab chiqarish obyektining xodimlari:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari;
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot: xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa o‘z avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymasli va uning oqibatlarini tugatish uchun qonunchilikka muvofiq moliyaviy mablag‘lar va moddiy reserslarning zaxirasiga ega bo‘lishi:
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga o‘qitishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko‘maklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo‘yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari; xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari; qonunchilikka muvofiq boshqa tashkilotlar
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko‘rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko‘rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishdagi yirik avariyalar va halokatlar to‘satdan paydo bo‘lib , tezda rivojlanib ketadi, natijada insonlar hayoti va sog‘ligig a katta xavf tug‘diradi.
Avariya va halokatlar ishlab chiqarish xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib ,ish jarayonining xarakteriga qarab, salbiy o‘zgarishlar yuz berishi va vaziyatni chigallashtirishga olib keladi. Yirik avariya va halokatlarda ishchi va xizmatchilarni, shuningdek, falokatga yaqin atrofda yashovchi aholini ogohlantirish va ularning himoyasini o‘z vaqtida tashkil etish juda muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda, birinchi navbatda, odamlami qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va jarohatlanganlarni davolash muassasalariga yetkazish lozim.
Keyingi bosqichda avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda qulash xavfi bo‘lgan bino, inshootlarning mustahkamligini oshirish yoki ularni buzib tashlash, kommunal-energetik tarmoqlardagi avariyalarni bartaraf etish, izdan chiqqan texnologik jarayonlarni tiklash va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlar amalga oshiriladi.
Avariya va halokatlar oqibatlarini tezda bartaraf etishda katta kuch va vositalar talab etiladi. Zararli oqibatlarni bartaraf etishda FM ning turli maqsadli tizimlari, obyekt ishchi va xizmatchilari, shuningdek, yaqin atrofdagi aholi ham jalb etiladi. Avariya natijasida bino va inshootlaming buzilishi, atrof muhitning tutunga, changga to‘lishi, zaharli gazlarning tarqalishi aholi o‘rtasida jarohatlanish va qurbonlaming ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda har bir holat uchun xavfsizlik qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega, jumladan, vayronali hududlarga, buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulash xavfi mavjud binolar atrofida aylanib yurish, himoya vositalarisiz yerda yotgan, osilib turgan elektr uzatish simlarini ushlash va elektr jihozlariga tegish qatiyan man etiladi.
Inshoot konstruksiyalarini qulatish va vayronalami ajratish ishlarida ishtirok etuvchi shaxslar qalin matodan tayyorlangan maxsus kiyimlardan, yopiq oyoq kiyimlardan foydalanishiari va brezentli qolqoplar hamda kaskalar kiyishlari shart. Xavfli joylar oldida xavfsizlik to‘g‘risidagi ogohlantimvchi yozuvlar mavjud bo‘lgan ko‘rgazmali vositalar o‘rnatilishi lozim.
Vayronalardagi yong‘inlami halqaga olish va bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi, bunda o‘tni o‘chirishda ishtirok etuvchilar himoya vositalaridan, zarurat tug‘ilsa, gazniqobiardan foydalanishlari zarur. Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariya oqibatida zaharli suyuqliklar to‘kilishi, ularning atmosfera havosiga va atrof muhitga tarqalish xavfi mavjud bo‘ladi. Yuqori kuchlanishdagi elektr manbalari bolishligi qo‘shimcha yong‘in va portlashlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun avariya va halokat oqibatlarini bartaraf etuvchi tizimlar shularni hisobga olishlari lozim bo‘ladi. Zararlangan hududdagi jabrlanuvchilarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish lozim, buning uchun jabrlanuvchilar soni, ulaming turgan joyi, ahvoli, olgan jarohat xususiyati hamda yordam ko‘rsatish vaqtlarini aniqlashi darkor.
Avariya va halokatlar natijasida quydagi jarohatlar: yaralanish, kuyish, shikastlanish, suyaklar sinishi, to‘qimalaming uzilishi, ezilish, elektr tokidan kuyish, KTZMlardan zaharlanish va hokazolar kuzatiladi.
KTZMlar ishlatiladigan, olinadigan va saqlanadigan obyektlardagi avariyada zaharlanish o‘chog‘i o‘z vaqtida aniqlanishi va sifatli razvedka qilinishi lozim. Bunday ishlarni radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka tizimlari olib boradilar. Ular avariya o‘chogining, KTZM turining, hudud va obyektlaming zaharlanish darajasini, tarqalgan KTZMning miqdori tarqalgan hudud chegaralarini, KTZM tarqalgan joydan odamlaming chiqib ketish yollarini belgilaydilar. Zarurat tugilganda tuproq, suv va boshqa tashqi muhitdagi resurslardan na’munalar olib, kimyoviy laboratoriyaga tahlil qilishga yuboriladi. Laboratoriya natijalariga qarab odamlaming kimyoviy zaharlanish darajaiari baholanadi.
KTZMning atmosferaga va atrof muhitga tarqalishining dastlabki davridayoq obyekt ishchi va xizmatchilari hamda obyektga yaqin bo‘lgan mahalliy aholi xavf to‘g‘risida ogohlantiriladi. Avariya to‘g‘risidagi xabami eshitgan har bir fuqaro darhol nafas organlarini himoya qiluvchi vositalarni, terini himoyalovchi oddiy vositalarni (plash, zich to‘qilgan ustki kiyimlar) kiyishlari va tezroq zaharlangan hududni tark etishlari lozim. Uyda bo‘lgan aholi esa deraza va darcha (fortochka)larni yopishlari, uylarining germetikligini (zichligini) oshirishlari, isitish uskunalari, gaz, isitkichdagi olovni o‘chirishlari lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlardagi aholini evakuatsiya qilish ishlari atmosferada zaharli bulut kelgunga qadar amalga oshiriladi.
Avariya yuz bergan obyektda, birinchi navbatda, KTZMning tarqalish o‘chog‘i yopiladi. Avariya o‘chog‘ini bekitishda ishtirok etuvchi tizimlar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, ya’ni izolirlovchi gazniqoblardan, tana a’zolarini saqlovchi izolirlovchi himoya kiyimlaridan, shaxsiy dorixona va shaxsiy kimyoviy paketlardan foydalanadilar.
Avariya oqibatíarini bartaraf etishda ishtirok etmaydigan fuqarolaming zaharlangan hududga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, obyekt maxsus xizmat guruhlari tomonidan qo‘riqlanadi. Avariya hududidan odamlarni olib chiqib ketishda eng qisqa yo‘l bo‘yicha, shamol yo‘nalishiga perpendikulär tarzda, balandlikda joylashgan hamda yaxshi shamollanadigan hududga harakatlanish lozim.
KTZMdan zaharlanganlarga juda qisqa muddatda tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Buning uchun ularga gazniqob kiydiriladi, agar tanasiga yoki kiyimiga KTZM tekkan bo‘lsa, ulardan tozalanadi. Tozalash toza suv yordamida ko‘p marotaba yuvish orqali amalga oshiriladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish KTZM xususiyatiga qarab amalga oshiriladi.
Esda tutish kerakki, KTZM bilan zaharlangan odamga sun’iy nafas berish muolajasi bajarilmaydi, aks holda zaharlangan odamning ahvoli og‘irlashadi. Avariya o‘chog‘i bartaraf etilgandan so‘ng, KTZM tarqalgan hududlar, obyektlar, qurilma va uskunalar qayta ishlov (sanitar tozalash)dan o‘tkaziladi. Demak, tabiiy va texnogen xususiyati favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarda, obyektlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlami olib borish tartibi shulardan iborat. Ushbu tartib-qoidalarni yaxshi o‘rgangan va amaliyotda qo‘llay biladigan fuqarolar respublikamiz hududlarida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda o‘zlarining insoniy burchlarini bajara oladilar.
Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obektlarining birinchi tipiga muvofiq bolgan loyihalanayotgan va faoliyat korsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli boladi.
Boshqa xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bolgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini identifikatsiya qilish xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini otkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bolgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bolgan xavfli ishlab chiqarish obekti identifikatsiya qilingan taqdirda tashkilot rahbari ushbu obekt togrisidagi malumotlarni favqulodda vaziyatlar boyicha tegishli hududiy boshqarmaga va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qomitasining hududiy boshqarmalari va kon-texnik inspeksiyalariga, yuqori tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud bolganda) hamda xavfli ishlab chiqarish obekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va kon-texnik inspeksiyalari har yili ozlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari royxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan axborot taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi ozlarining bolinmalari tomonidan taqdim etilgan malumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obektlari royxatini shakllantiradilar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Faoliyat korsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ushbu obektdan foydalanayotgan tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan otkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bolgan tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi.
Tashkilot tarkibida majburiy deklaratsiyalanishi kerak bolgan bir nechta xavfli ishlab chiqarish obektlari mavjud bolgan taqdirda xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi yagona deklaratsiyasini ishlab chiqishga va rasmiylashtirishga yol qo‘yiladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanish bilan bogliq faoliyat uchun litsenziya olish yuzasidan murojaat qilinganda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi mavjud malumotlar ozgartirilganda yoki sanoat xavfsizligi talablari ozgartirilgan taqdirda aniqlashtiriladi yoki yangidan ishlab chiqiladi.
Faoliyat korsatayotgan obyekt uchun deklaratsiyani ishlab chiqishda sanoat xavfsizligi talablarini taminlash boyicha malumotlar tarkibiga ham bajarilgan, ham rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar togrisidagi axborot kiritiladi. Deklaratsiyani ishlab chiqishda loyiha hujjatlari tarkibida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar togrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini rasmiylashtirish boyicha talablar Ozbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi tomonidan belgilanadi.
Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obekti uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi loyiha buyurtmachisi tomonidan tasdiqlanadi.
Faoliyat korsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti deklaratsiyasi ushbu obektdan foydalanayotgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan shaxs unda korsatilgan axborotning toliqligi va togriligi uchun javob beradi.
Deklaratsiyaning mahfiylilik ustxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq undagi mavjud malumotlarning mahfiylik darajasi bilan belgilanadi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan otkazilishi kerak.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan deklaratsiya va unga ilovalar buyurtmachi tomonidan ekspert tashkilotiga shartnoma asosida taqdim etiladi.

Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. XAVFLI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA FUQORO MUHOFAZASI TALABLARI

Download 0,81 Mb.