|
I BOB. KORXONALARDA FUQARO MUHOFAZASINI TA’MINLASH
|
bet | 2/10 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #259023 |
Bog'liq Zafar.doc1234.567I BOB. KORXONALARDA FUQARO MUHOFAZASINI TA’MINLASH
Fuqaro muhofazasini ta’minlashda chora-tadbirlari
Fuqoralar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqoralarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqoralarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi. Zero, yuzida umimiy qirg‘in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarni bo‘lishligi muqarrar bo‘lganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi. Fuqaro mudofasi faqatgina urush sharoitida fuqorolarni mudofasini ta’minlab qolmasdan odamzod hayotida urishdan kam bo‘lmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish chora-tadbirlari bilan ham shug‘illanganki bu ikkinchi masala hozirgi zamon sharoitida muhim ahamiyat kashf etmoqda.
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarining bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maksadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek, obyekt mikyosidagi fuqaro muhrfazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi kushinlari, tizimlaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari faoliyatining boshka jihatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligi tomonidan belgilab kuyiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashkari O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining kutkaruv tizimlari, kismlari ham jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining kushinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi kushinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a)zararlanish uchoqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshka kidiruv turlarini olib borish; b)qutkaruv va boshka kechiqtirib bulmaydigan ishlarni amalga oshirish; v)aholini va halk hujaligi obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtiroq etish; g)aholi hayot faoliyatini ta’minlash, ob`ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtiroq etish hamda fuqaro muhofazasining boshka vazifalarini bajarishdan iborat.
Fuqarolar muhofazasi tizimlari kutkaruv va boshka kechiqtirib bulmaydigan tiklov ishlarini amalga oshirish uchun hududiy ishlab chiqarish tamoyillariga kura tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tizimlari buysunishiga kura hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda obyekt (halk hujaligi obyektlaridagi) tizimlariga bulinadi.
Obyekt fuqaro muhofazasining korxonada tashkilotning boshligi tayinlanadi. Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga kura umummaksadli hamda xizmatli tizimlarga bulinadi. Umum maqsadli tizimlar zararlangan uchoqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar — kidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam kursatish, yoʻnginlarning tarkalishiga yul kuymaslik va ularni uchirish, jamoat tartibini saklash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o‘tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat kursatish va boshka maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bulinadi
Fuqaro muhofazasi tizimlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kabul kilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3 guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga tulmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor o‘ta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
Har bir korxonaning FM boshlig‘i FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bulishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. Korxona FMning boshligʻi shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FM siga buysunadi.
Har bir korxonaning FM boshligiga urinbosar tayinlanadi. Katta korxonalarda bir necha urinbosarlar tayinlanadi, jumladan:
FMning ishchi xizmatchilarni joylashtirish bo‘yicha urinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularning oilalarini evakuatsiya etish, jamoat tartibini saklash ishlariga boshchilik qilish hamda ishchi xizmatchilarni bir joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.
FMning muhandis-texnik bo‘limi urinbosari korxonaning bosh muhandisi hisoblanadi. Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariyatexnika va yonginga karshi xizmatlarni, kugkarish ishlarini olib boradi.
Bundan tashkari, tabiiy ofatlar, avariya, haloqat bo‘lganda kutkarish va avariyani tusish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik kiladi. FMning moddiy texnika taʻminoti bo‘yicha urinbosari kilib korxonaning taqminot bo‘yicha boshliq urinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shahs maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taallukli jihozlar bilan ta’minlaydi va saklaydi. Yana u boshpanalarni kurish va oʻzqul ostidagi ishchixizmatchilarni evakuatsiya qilishni taʻminlaydi hamda inshootlarni taʻmirlash ishlarini bajaradi.
Korxonada FMning shtabi tuziladi. Bu shtabda har hil buyruklar, bajariladigan choratadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi. Korxona shtab boshligi etib, shu korxonaning FM boshligʻining birinchi oʻrinbosari ta’yinlanadi. FMning shtabi zimmasida ishchi xizmatchilarni va korxona hodimlari oilalarini kirgin qurollar ta’siridan, dushmanning bevaqt hujumidan uz vaqtida ogoh qilish vazifasi turadi. FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
Aloqa va tashvikot;
Meditsina;
Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga karshi;
Jamoat tartibini saklash;
elektr ta`minoti;
Avariya-texnikani ta`mirlash;
Panada va kochoqlar maskanida xizmat kursatish;
Transportda xizmat kursatish;
Moddiy ta`minot va boshka vazifalar.
Bularga maxsus topshiriqlarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshligi tomonidan rahbar etib, bo‘lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadi. Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashkari texnika va transport vositalariga maxsus kayta ishlov berishda FMning bir kator xizmatli kismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi. Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxasislar jalb kilinadi va kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Radioaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaharlangan odamlarni tulik sanitarkayta ishlovdan o‘tkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan hammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab kuyiladi.Bu maskanlarda kiyim-kechaklar, poyafzal va shaxsiy saklovchi vositalarni dezaktivatsiya kiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni sanitar kayta ishlovdan o‘tkazadi.
Fuqarolarning uzini uzi boshkarish organlari: aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, ijtimoiy va madaniy obyektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;
fuqarolarni favqulodda vaziyatlar okibatlarini bartaraf etishga jalb kiladilar; qonun hujjatlariga muvofik boshka choralarni amalga oshiradilar. Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin. Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni bartaraf etish choralari tugrisida davlat hokimiyat va boshkaruv organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda ahborot olish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat kilish tabiiy ofatlarni, texnogen avariyalar va halokatlarni tekshirish va nazorat kilish maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar monitoringini o‘tkazish va ularni oldindan bashorat kilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: favqulodda vaziyat ruy berganda hayotlari, sogliklari va shaxsiy mol-mulklari muhofazalanishi; umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda. aholini muhofaza kilish uchun muljallangan boshka mol-mulkidan foydalanish; mamlakat hududining muayyan joylarida bo‘lganda ular duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-hatar darajasi tugrisida hamda zarur xavfsizlik choralari hakida xabardor bulish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshkaruv organlariga murojaat etish; favqulodda vaziyatlar rui bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshka imtiyozlar olish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish, sogligiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan : muhofaza k.ilish majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan kasallygi munosabati bilan mehnat kobiliyatini yukotganda, nogironligi mehnatda mayib bulish okibatida kelib chikkan hodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish; bokuvchisini aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok bo‘lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yukrtganda, mehnatda mayib bulish tufayli halok bo‘lgan shahsning sila a`zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy sugurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyozlar turlari va mikdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolar xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va tehnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar ruy berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilishiga yul kuymasliklari; muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam kursatish yo‘llarini urganishlari hamda oʻz bilim va amaliy kunikmalarini takomillashtirishlari; favqulodda vaziyatlar ruy berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi tugrisida tegishli organlarga xabar berishlari; favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogohlantirish belgilarini, yurish-turish koidalari va harakat kilish tartibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari; zarurat bo‘lganda avariya-kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka ishlarni o‘tkazishda yordamlashishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el davlatlarining fuqarolari va fuqaroligi bulmagan shahslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega buladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Umum ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat kilishga urgatish umumiy va majburiydir.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat kilish davlat tizimi rahbarlari va mutaxasislarini tayyorlash va kayta tayyorlash urta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida, malaka oshirish muassasalarida, kurslarda, maxsus o‘quv-uslubiyat markazlarida va ish joyida amalga oshiriladi.
Aholini va mutaxasislarni favqulodda vaziyatlarda harakat kilishga tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
|
| |