• 5. Korxonaning (sexning) bosh tarxini loyixalash 5.1. Bosh tarxni loyihalashning umumiy me’yorlari
  • rasm. Stend liniyasidagi mexanizmlarning ishlashi siklogrammasi




    Download 230 Kb.
    bet3/6
    Sana19.02.2024
    Hajmi230 Kb.
    #158560
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Elbek kurs ishi `1
    3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
    2.4 rasm. Stend liniyasidagi mexanizmlarning ishlashi siklogrammasi. 1- stendlar; 2- betonquygich; 3 -armatura buxtasi; 4- stend tayanchlari; 5 , 6- № 1 va № 2 ko‘prik kranlar; 7- telejka; 8- betonuzatgich. B 1 – B2 betonquygichning ishlashi ; T1 – T2 – titratish jarayoni ; Z1 – Z2 zichlash va S1 – S2 silliqlash jarayonlari; K1 – K10 - № 1 kranning , K11- K51 № 2 kranning ishlashi. I, II, III. IV – mos xolda armatura ashyolari , buyumlarni vaqtinchalik saqlash va rasmiylashtirish postlari.
    5. Korxonaning (sexning) bosh tarxini loyixalash


    5.1. Bosh tarxni loyihalashning umumiy me’yorlari

    Bosh tarx-temirbeton buyumlari ishlab chiqarish korxonasi va shu korxonaga tegishli bo‘lgan ikkinchi darajali bino va inshotlarning (yani omborlar, beton qorish sexlari, ustaxonalar, mamuriy binolar, ichki yo‘llar, ko‘kalamzorlar va x.k) grafik joylanishini ifodalaydi.


    Bosh tarxni loyihalashda bajariladigan asosiy ishlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: qurilish maydoni bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami; sanoat korxonalari bosh tarxiga qo‘yiladigan umumiy talablarni xisobga olish; bino va inshootlarni bosh tarx loyixasiga joylashtirish va bosh tarxning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini asoslash.
    Bosh tarxni joylashtirishning asosiy omillari bu bino va inshootlarni talab bo‘yicha guruhlarga bo‘lish va maydoni bo‘yicha korxona oldi, ishlab chiqarish, omborlar va yordamchi maydonchalarga ajratishdir.
    Korxona oldi maydonida odatda mamuriy binolar, oshxona va avtotransport to‘xtash joylari, suv fontanlari va shunga o‘xshash kichik memorchilik maskanlari, avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘laklari, ko‘kalamzor va daraxtzorlar joylanadi. SHuningdek korxonaning bu qismi asosiy magistrallarga va boshqa muhandislik tarmoqlariga yaqin bo‘lishi kerak. CHunki ishchi va xizmatchilarning ishga kelib ketishi yaqin va qulay bo‘lishi lozim.
    Ishlab chiqarish maydoniga asosiy ishlab chiqarish sexlari, tayyor buyumlar ombori, to‘ldiruvchilar va sement omborlari, beton qorish sexi, kompressor xonasi, tamirlash ustaxonasi, armatura va metallar ombori, moylash va kislorod omborlari, ichki suv taminoti tizimlari va boshqa qo‘shimcha binolar joylashtiriladi. Korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi va qo‘shimcha xarajatlar nisbatan kam bo‘lishi uchun asosiy ishlab chiqarish sexlarining bir tomoniga (yon tomoniga ) to‘ldiruvchilar ombori va beton qorish sexi joylashtiriladi. Ikkinchi tomoniga esa tayyor buyumlar ombori va boshqa ikkinchi darajali binolar, omborlar, ustaxonalar joylashtiriladi. Ular asosiy sexlar bilan o‘tish yo‘laklari orqali bog‘lanadi. Oraliq bo‘sh joylar ko‘kalamzorlashtiriladi. Asosiy omborlarga temir yo‘l va avtomobil yo‘llari va boshqa barcha ikkinchi darajali binolarga avtomobil yo‘llari ulanish kerak. Ichki transport yo‘llarining kengligi 3÷4 m kam bo‘lmasligi va bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
    Bosh tarxda bino va inshootlarning joylanishi 1:400, 1:500, 1:800, 1:1000 masshtablarda bajariladi. Bunga asosan quyidagi bino va inshootlar kiradi:
    -asosiy ishlab chiqarish binolari (buyumlarni betonlash sexi, armatura sexi, issiqliq bilan qotirish kamerasi, beton qorish sexi, tayyor buyumlar ombori va x.k);
    -yordamchi sex va binolar (tamirlash ustaxonasi, yog‘och ashyolarini qayta ishlash sexi, sinov labaratoriyasi, buyumlarni nazorat qilish va transportga yuklash maydonlari, dispetcherlik xizmati va x.k);
    -elektr energiyasi va bug‘ bilan taminlash bo‘limi (transformatorlar; issiqxona bo‘limlari va uzatish tizimlari);
    -omborxonalar (xom ashyolar, yoqilg‘i moylash ashyolari, kislorod va boshqa jihozlar uchun);
    -boshqaruv va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘limlari (mamuriy bino, oshxona, klub, sog‘lomlashtirish bo‘limi, yuvinish xonalari, dam olish va muxandis-texnik tizimlari (garajlar, ichki yo‘llar, suv, gaz va elektr energiyasini uzatish tizimlari);
    -obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlari (ko‘kalamzorlar, daraxtlar, yo‘laklar, fontan , dam olish joylari va x.k).
    Xom ashyolar va tayyor buyumlarni sexlarga olib borish eng qisqa chki yo‘llar orqali amalga oshirilishi kerak. Korxonaning umumiy maydoni 5 ga dan ko‘p bo‘lsa, tashqaridan kiradigan asosiy yo‘l ikkita bo‘lish kerak. Ichki temir yo‘l shaxobchasidan binogacha bo‘lgan masofa esa 6 m kam bo‘lmasligi, shuningdek tashqi chegara devorigacha bo‘lgan masofa esa 5m kam bo‘lmasligi kerak. Avtomobil yo‘llari korxona xududida aylanma bo‘lishi kerak (yani bir tomonidan kirib, ikkinchi tomonidan aylanib chiqib ketadigan). Binolarning joylanishi sanitariya-gigiena qoidalariga mos kelishi va yong‘in xavfsizligi chora tadbirlarini taminlagan bo‘lishi kerak. Sement va to‘ldiruvchilar omborlari shamol yo‘nalishiga moslab, asosiy sexdan chetroqga joylashtiriladi (havodagi chang va gazlarni shamol aholi yashamaydigan xududlarga uchirib ketishi uchun). Boshqaruv va maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari asosiy ishlab chiqarish binosidan eng kamida 50m masofada joylashtiiladi. YOng‘in gidrantlari va zahira suv havzalari asosiy binolardan 20÷30 m masofada joylashtiriladi.
    Dam olish joylari va sport maydonchalari asosiy sexlardan eng kamida 50m masofada joylashtiriladi. Elektr energiyasi ob’ektlari (transformator, kompressorlar va x.k) asosiy binoga yaqinroq joylanishi kerak. Issiqxona esa nisbatan chuqurroq erga joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir (bunda ishlatilgan bug‘ o‘z inersiyasi bilan issiqxonaga erkin qaytishi uchun). Korxona xududidagi ko‘kalamzor va daraxtzorlar maydoni umumiy maydonning 15÷20% oshmasligi kerak. Korxonaning tashqi chegarasi balandligi 1,5÷1,8 m bo‘lgan devor panelli yoki metall panjara bilan chegaralanib chiqiladi.
    Asosiy kirish va chiqish joylariga maxsus metall darvozalar o‘rnatiladi hamda kirish-chiqish nazorat postlari (qorovulxona, tekshiruv posti) joylashtiriladi.
    Bosh tarxga barcha kerakli bino va inshootlar, yo‘llar va ko‘kalamzorlar joylashtirilgach uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari (T.I.K) aniqlanadi. YAni maydonning umumiy yuzasi, binolarning yuzasi, ko‘kalamzorlar yuzasi, va qurilish yuzasi koeffitsienti. Bu ko‘rsatgichlar qurilish meyori qoidalari talablariga mos kelishi kerak. Beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqaruvchi bazi korxonalarning bosh tarxi joylanishlari 34÷39 rasmlarda (ilova 3) ko‘rsatilgan.

    Download 230 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 230 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Stend liniyasidagi mexanizmlarning ishlashi siklogrammasi

    Download 230 Kb.