Ishlab chiqarish sexlarining me’moriy




Download 230 Kb.
bet4/6
Sana19.02.2024
Hajmi230 Kb.
#158560
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elbek kurs ishi `1

5.2. Ishlab chiqarish sexlarining me’moriy
Qurilmaviy yechimlari

Korxonaning asosiy sexlariga buyumlarni qoliplash va issiqliq bilan qotirish sexi, armatura sexi, tayyor buyumlar ombori, to‘ldiruvchilar omborlari va beton qorish sexi kiradi.


Kuyish sexi, armatura sexi va tayyor buyumlar ombori odatda bir qavatli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida loyixalanadi. Armatura sexi quyish sexiga biriktirilgan xolda joylashtiriladi (texnologik tizimlarning ketma-ketligini ta’minlash, armatura ashyolarini qoliplarga uzatish qulay bo‘lishi uchun).
Sexlarning uzunligi o‘rtacha 72÷144 m, ustunlar orasidagi masofa (qadami) chetki qatorlar uchun 6m va o‘rta qatorlar uchun esa 12m olinadi. Sexlar bir va ko‘p ravoqli bo‘lib, ravoqlar uzunligi 12, 18, 24 osma kran bilan jixozlangan xolda va 18, 24, 30m (ko‘prik kran o‘rnatilgan xolda) qilib loyixalanadi. Korxonada sexlar bir nechta bo‘lsa, ularda bir vaqtning o‘zida har qaysi sexda aloxida buyumlar ishlab chiqariladi (misol uchun birinchi sexda agregat-potok usulida tom plitasi, ikkinchi sexda konveyer usulida devor paneli ishlab chiqariladi va x.k). Sexlarning ravoqlari uch va undan ko‘p bo‘lgan xollarda o‘rta ravoqlar tom yopmasida yorug‘liq tushadigan hamda havo almashtiradigan “aerotsion” fonar qurilmalari sexning uzunasi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Osma kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 1; 2; 3,2; va 5t bo‘lib ular stropil qurilmalarining pastki belbog‘iga sex uzunasi bo‘yicha o‘rnatilgan dvutavr balkalariga sharnirli biriktirigan xolda xaraktlanadi. Osma kranlar ko‘proq armatura sexlariga o‘rnatiladi.
Ko‘prik kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 5,10, 15, 20, 30 va 50 t bo‘lib, ular ustunlar elkasi ustiga sex uzunasi bo‘yicha o‘rnatilgan kran osti balkasi ustidagi rels yo‘li bo‘ylab xarakatlanadi. Kran relsining balandligi 15-18sm olinadi. Sexning balandligi (pol satxidan stropil tagigacha bo‘lgan balandlik) +10,8m dan kam bo‘lganda ustunlarning elkasidan pastki qismi tekis qirqimli (ko‘rinishli) va 10,8m dan ko‘p bo‘lganda esa ikki tarmoqli ko‘rinishda bo‘ladi. Asosiy ishlab chiqarish binolarining (quyish sexlari, armatura sexi, mexanik ustaxona va x.k) ravoqlar bo‘yicha balandlik o‘lchamlari jadval 5.1 keltirilgan.

Sex ravoqlariga mos holda ustunlarning balandlik me’yorlari.


Jadval 5.1

Sexning ravog‘i, m

Sexning balandligi, m

Kranning yuk ko‘tarishi qobiliyati,

Ustunlarning qadamiga ko‘ra uning elkasigacha bo‘lgan balandlik, m

6m

12m

18;24
18;24
18;24
18;24;30
18;24;30
24;30
24;30

8,4
9,6
10,8
12,6
14,4
16,2
18,0

5; 10
10; 20
10; 20
10;20, 30
10;20; 30
30; 50
30; 50

5,2
5,8
7,0
8,5
10,3
11,5
13,3

4,6
5,4
6,6
8,1
9,9
11,1
12,9

Asosiy ishlab chiqarish sexlari bir qavatli hajmiy karkas shaklida loyixalanadi. Uning uzunasi bo‘yicha 72m masofada zilzilaga qarshi chok qilinadi (yani ko‘ndalang joylashgan ikki qator ustunlar orasida 500mm masofa qoldiriladi). Binoning asosiy yuk ko‘taruvchi qurilmalari stakan tipidagi poydevorlardan, ustunlardan, kran osti balkalardan, stropil qurilmalaridan va tom yopma plitalaridan tashkil topadi. Binoning fazoviy mustahkamligini taminlash maqsadida ikki chetdagi va o‘rtadagi stropil qurilmalarining ustki va ostki belbog‘lariga tik va gorizontal vaziyatda metall ugoloklardan yasalgan panjara o‘rnatiladi.


Stropil qurilmalardan sifatida uzunliklari 12, 18, 24 va 30m bo‘lgan oldindan zo‘riqtirilgan panjarali va panjarasiz nishabli balkalar, segmentli va segmentsiz fermalar, tom yopmasiga esa eni 1,5÷3,0m, uzunligi 6÷12m plitalar ishlatiladi. Sexlarning yon atrofiga blandligi 1,2÷1,8m, uzunligi esa 6m bo‘lgan engil betonli devor panellari o‘rnatiladi. Sexlarning umumiy ko‘rinishi va qirqimlari 6-8 rasmlarda (ilova 3) keltirilgan. Binoning karkasini xosil qiluvchi barcha temirbeton qurilmalar DAST talablariga mos keluvchi va amalda ishlatilib kelinayotgan buyumlardan iborat bo‘ladi.

Sexlarning ichki qismiga texnologik jarayonlarni bajarish uchun ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, stanoklar joylashtiriladi. Buyumlarni agregat-potok, konveyer, kasseta va stend usullarida ishlab chiqarish sxemalari va tizimlari 9-25 rasmlarda (ilova 3) keltirilgan. Buyumlarni qoliplash (betonlash) sexida qoliplar, beton quyuvchi va zichlovchi agregatlar, beton qorishmasini uzatuvchi mexanizmlar, armaturani taratnlovchi stanoklar, bug‘ kameralari, buyumlarni sovitish va vaqtinchalik ushlab turuvchi maydonchalar, sinash va rasmiylashtirish stendlari, buyumlarni omborga tashuvchi telejkalar, ko‘prik kranlar va boshqa jixozlar qulay xolatda joylashtiriladi. Texnologik jarayonlar bajarilayotgan paytda mashina va mexanizmlar bir-biriga xalaqit bermasligi va ish unumdorligi yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi.


Armatura sexida xom ashyolarni vaqtinchalik qabul qilish ombori, armatura ashyolariga ishlov beruvchi stanoklar ( bukuvchi, qirquvchi, payvandlovchi va x.k) joylashtiriladi. Sex osma yoki ko‘prik kran va o‘zi yurar tashuvchi telejkalar bilan jixozlangan bo‘lishi kerak. Quyish sexiga armatura sexidan yarim tayyor maxsulotlar (sinchlar, to‘rlar va x.k) telejka yordamida keltiriladi. Armatura sexi va armaturani taranglash stanoklari 21,32,33 rasmlarda ko‘rsatilgan ( ilova 3).
Beton qorish sexi quyish sexi yaqiniga joylashtiriladi va beton qorishmasi sexga tasmali konveyer yoki bunkersimon idishlar yordamida keltiriladi.
Buyumlarni agregat-potok usulida ishlab chiqarishda sexning o‘rtaroq qismiga bug‘lash kamerasi joylashtiriladi. (26÷28 rasmlar, ilova 3). Uning bir tomonida qolipni armaturalash , betonlash , zichlash jarayonlari, ikkinchi tomonida esa qoliplarni ochish, buyumni sovutish , nazorat qilish , rasmiylashtirish va omborga jo‘natish jarayonlari amalga oshiriladi. Sexda ikkita ko‘prik kran ikki tomonda texnologik jarayonlarning bajarilishiga ishtirok etadi.
Konveyer usulida qoliplar bir yo‘nalish bo‘yicha bir yoki bir necha qator qilib joylashtiriladi (15-20 rasmlar, ilova 3). Ularning harakatlanishi ma’lum ritm asosida amalga oshiriladi . Bug‘ kameralari tunnelsimon shaklda bo‘lib liniyaning yoniga yoki uning tagiga sex uzunligi bo‘yicha joylashtiriladi. (29÷31 rasmlar, ilova 3).
Kasseta va stend usullarida qoliplar ketma-ket, yoki parallel xolda joylashtiriladi.Buyumlarni qotirish qoliplarning o‘zida bajariladi, shu sababli qo‘shimcha bug‘ kamerasiga xojat qolmaydi. Qoliplarning
yonidagi bo‘sh joylarga qo‘shimcha uskunalar va buyumlar vaqtinchalik quyilishi mumkin bo‘ladi ( 22,23,24 rasmlar, ilova 3).
To‘ldiruvchilar ombori odatda quyish sexining yon tomoniga yoki orqa tomoniga joylashtiriladi. Asosiy sexdan to‘ldiruvchilar omboriga tayyor buyumlar o‘ziyurar telejka yordamida tashiladi. Ombor usti ochiq estakad ko‘rinishida bo‘lib , kran osti yo‘ligacha bo‘lgan balandlik asosiy quyish sexi balandligiga teng qilib olinadi. Ustunlar qadami chetki qatorlar uchun 6 m , o‘rta qatorlar uchun 12 m , olinadi. Ravoqlari 12 ,18 , 24 m va uzunligi 54÷108 m atrofida bo‘ladi. Omborning foydali yuzasi ishlab chiqariladigan buyumlarning 10÷15 kunlik miqdorini sig‘dira oladigan bo‘lishi kerak. Tayyor buyumlarni ombordan tashib ketish uchun omborning ichidan uzunasi bo‘ylab , yoki chetki qismidan ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha avtomobil va temiryo‘l yo‘llari o‘tkaziladi. Ko‘prik kranning yuk ko‘tarish qobiliyati ishlab chiqariladigan buyumlarning eng og‘iri bo‘yicha tanlanadi. Ko‘prik kran buyumlarni o‘ziyurar telejkadan qabul qilib transport vositasiga yuklashga qulay joyga joylashtiriladi. Bunda tekis plitasimon buyumlar ustma ust, katta o‘lchami va hajmiy buyumlar esa yonma-yon joylashtiriladi. Buyumlar orasida 1÷1.5 m o‘tish yo‘llari qoldiriladi. Buyumlar ustma-ust joylashtirilganda ularning balandligi 3.0 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Sexning ishlab chiqarish ish unumdorligiga mos xolda ombordagi kranlarning ishlash rejimi tavsiflanadi. YA’ni sexdan ish smenasi vaqtida qancha buyum ishlab chiqarilsa, shunga yaqinroq miqdorda buyumlar ombordan jo‘natilishi kerak. Omborda ortiqcha buyumlar keragidan ko‘p to‘planib qolishi mumkin emas. SHuningdek omborda buyumlarni rasmiylashtirish , nuqsonlarni ta’minlash va x.k kabi postlar bo‘lishi kerak.

Download 230 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 230 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish sexlarining me’moriy

Download 230 Kb.