Temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalarini armaturalash




Download 92,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.12.2023
Hajmi92,36 Kb.
#115950
  1   2
Bog'liq
15 (1)



72 
15-mavzu: 
TEMIR-BETON MAHSULOTLARI VA KONSTRUKSIYALARINI ARMATURALASH
Reja: 
1. Polatli armatura tasnifi. 
2. Po‘lat armaturalarining asosiy turlari. 
Temir-beton mahsulotlari va konstniksiyalarini armaturalash. Beton boshqa tosh 
materiallari kabi egilish va cho‘zilishga qarshiligi past, lekin armatura bilan birgalikda uning 
mexanik xususiyatlari yaxshilanadi. 
Betonning mexanik xususiyatlari yaxshilanishiga armatura va betonning yaxshi 
tishlashishi sabab bo‘lib, bu ikki material orasidagi yukning ratsional bo‘linishini ta’minlaydi.
Birgalikda ishlash muhimligi po‘lat va betonning issiqlikdan kengayish, qiymatining 
yaqinligi bo‘lib, aloqa hududida haroratning o‘zgarishida ichki kuchlanish kamayadi va bundan 
tashqari beton armaturani korroziyadan mustahkam saqlaydi. Shuning uchun beton 
konstruksiyalar armaturalanadi. Tishlashishni oshirish uchun davriy profilli, shuningdek, 
payvandlangan to‘r va karkaslar qo‘llaniladi. 
Polatli armatura tasnifi. Betonni armaturalashda, asosan, uglerodli va past legirlangan 
po‘lat armaturadan foydalaniladi. 
Po‘lat armatura quyidagicha tasniflanadi: asosiy texnologiyasi bo‘yicha – qizdirib 
prokatlangan, termik mustahkamlangan, sovuq holda tortilgan; konstruksiyada qo‘llash 
sharoitiga ko‘ra – zo‘riqtirilgan va zo'riqtirilmagan; profili bo‘yicha silliq va davriy profilli; 
kimyoviy tarkibi bo‘yicha – asosiy kimyoviy elementlar tarkibida aniqlanishi bo'yicha 
markalarga ajratiladi; xususiyati bo‘yicha – yumshoq va qattiq; yetkazib berish sharoiti bo‘yicha 
– novdali (prutkovy) va o'ramli (buxta) po‘lat armaturalar. Novdali po‘lat sterjenlar uzunligi 6-
12 m ko‘rinishda, alohida buyurtma uchun 18 m gacha va hatto 25 m gacha, diametri 10 mm dan 
ortiq, og‘irligi 5 t gacha bo‘lgan pachkalar holida yetkaziladi. Diametri 10 mm dan kam va 
uzunligi 200 m gacha bo‘lgan, shuningdek, o‘rama simli armaturalar o‘ralgan (buxta) holda 
yetkazib beriladi. 
Mamlakatimiz sanoatlarida har xil fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan 3-90 mm 
diametrda po‘latli armatura ishlab chiqariladi (14.1-jadval). 
Po‘lat armaturalar ekspluatatsiya davrida juda chidamli. 
Po‘lat armaturaning asosiy xarakteristikasi – me’yoriy qarshilik bilan xarakterlanadigan 
uning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligidir. 
Simli armaturalar va ular asosidagi eshilgan (пряд) va arqon (канат) ko‘rinishidagi 
mahsulotlaming mexanik xususiyatlari shartli elastiklik chegarasi s 
0,01 
va shartli oquvchanlik 
chegarasi s 
0.2
, chunki elastik bo‘lmagan deformatsiya sinash davrida cho‘zilishga berilishi 
o‘lchash bazasida 0,01 va 0,2 % ga yetishi bilan xarakterlanadi. 
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda sim mustahkamligidan to‘liq foydalanish uchun 
shartli oquvchanlik chegarasi s
0.2 
vaqtinchalik qarshilikka yaqinlashishi va natijada armaturani 
cho‘zishdagi plastik deformatsiyaning kamayishiga olib kelishi zarur. Sanoatimizda ishlab 
chiqariladigan o‘ta pishiq sim, eshilgan ip va arqonlar o‘ta elastiklikka egadir: σ 
0.01
> 0,6 σ 
v
;
σ 
0.2
> 0,8 σ
v



72 
Po‘lat armaturalarining asosiy turlari 
14.1-jadval 

Download 92,36 Kb.
  1   2




Download 92,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalarini armaturalash

Download 92,36 Kb.
Pdf ko'rish