|
Ko‘ndalang differensial himoya
|
bet | 2/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 29,98 Kb. | | #230686 |
Bog'liq m ishDifferensial himoyalar. Differensial himoyalar bo‘ylama va ko‘ndalang diferensial
himoyalarga bo‘linadi. Bo‘ylama differensial himoyaning ishlash prinsipi himoyalanayotgan
oboektning kirishi va chiqishidagi toklarni taqqoslashga asoslangan. Bo‘ylama differensial
himoya asosiy elektr qurilmalar va uzunligi 20 km gacha hamda kuchlanish 35 kV va undan
yuqori elektr uzatish liniyalarida qo‘llaniladi.
Ko‘ndalang differensial himoya parallel
liniyalardagi toklarni taqqoslashga asoslangan va uzunligi katta parallel liniyalarda qo‘llaniladi.
3. Masofa himoyalari. Masofa himoyalarining ishlash prinsipini umuman olganda
himoya o‘rnatilgan nuqtadagi kuchlanish va tokning nisbati, yaoni qisqa tutashuv nuqtasigacha
bo‘lgan qarshilikni o‘lchashga asoslangan. Masofa himoyalari asosan qishloq elektr
tarmoqlarida qo‘llaniladi.
Maksimal tok himoyasi
Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan
maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki
oldindan belgilangan maolum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi
asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini taominlashda. MTH ning tanlash xususiyati
hayallash vaqtini to‘g’ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g’ri
tanlash yuli bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga
tushishi toklaridan, TO esa himoyalanaetgan oboektning so‘nggidagi maksimal qisqa tutashuv
toklaridan chetlashtiriladi.
Bir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya bo‘lib
hisoblanadi va har bir liniyaning manba tomondan hisoblaganda boshlanishga o‘rnatiladi.
2.-rasm. Liniya MTH sining sxemasi
MTH maksimal tok, vaqt va oraliq relelar yordamida bajariladi. 2.1-rasmda 10 kVli liniya
MTH sining sxemasi ko‘rsatilgan. Normal rejimda TA tok transformatorining ikkilamchi
cho‘lg’amidagi tok maksimal tok relelari KA1 va KA3 ning ishlashi uchun etarli emas, shuning
uchun MTH ishlamaydi. Agar masalan W liniyaning K nuqtasida qisqa tutashuv hosil bo‘lsa
TA ning ikkilamchi cho‘lg’amidagi tok keskin ortadi. Ikki fazali qisqa tutashuv bo‘lsa KA1 va
KA2 relelardan biri, uch fazali qisqa tutashuv bo‘lsa ikkalasiishlaydi va uzlarining KA1.1 va
(yoki) KA2.1 kontaktlarini ulaydi. Natijada vaqt relesi KT ning cho‘lg’amidan tok o‘tadi va
maolum hayallash vaqtidan keyin uning KT.1 kontakti ulanadi. Oraliq rele KL ning
cho‘lg’amidan tok o‘tib uning KL.1 kontakti ham darhol ulanadi. Viklyuchatel Q ning asosiy
kontaktlari ulangan holatda uning yordamchi kontakti SQ ham o‘langan bo‘lishi sababli uzish
elektromagnitini cho‘lg’ami YAT dan tok utib viklyuchatelning asosiy kontaktlarini uzadi. W
liniya manbadan ajratiladi.
|
| |