|
1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari
|
bet | 27/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 197,64 Kb. | | #132778 |
Bog'liq 1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari-fayllar.orgZararli hujumlar. Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita va bilvosita
ta’sir qiladi. Zararli dastur - fayl bo‘lib, kompyuter tizimiga tahdid qilish
imkoniyatiga ega va troyanlar, viruslar, “qurt”lar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Zararli dasturiy vositalari foydalanuvchining ruxsatisiz hujumchi kabi g‘arazli
amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe),
aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli
dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi,
kompyuter amallarini buzishi, maxfiy axborotni to‘plashi, web saytdagi kontentlarni
modifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi kompyuteri
boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, zararli dasturlardan
hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy
axborotni olish uchun ham foydalanish mumkin. Zararli dasturlarning hozirda
quyidagi ko‘rinishlari keng tarqalgan:
viruslar: o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan dastur bo‘lib, o‘zini boshqa dastur ichiga,
kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga biriktiradi;
troyan otlari: bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi dasturiy vosita
sifatida o‘zini ko‘rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat;
adware: marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun
foydalanuvchi faoliyatini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;
spyware: foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni hujumchiga
yuboruvchi dasturiy kod;
rootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan
aniqlanmasligi uchun o‘z harakatlarini yashiradi;
backdoors: zararli dasturiy kodlar bo‘lib, hujumchiga autentifikatsiyani
amalga oshirmasdan, aylanib o‘tib tizimga kirish imkonini beradi, masalan,
ma’mur parolisiz imtiyozga ega bo‘lish;
mantiqiy bombalar: zararli dasturiy vosita bo‘lib, biror mantiqiy shart
qanoatlantirilgan vaqtda o‘z harakatini amalga oshiradi;
botnet: Internet tarmog‘idagi obro‘sizlantirilgan kompyuterlar bo‘lib,
taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan
foydalaniladi;
ransomware: mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida mavjud
qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki blokirovkalab, to‘lov amalga oshirilishini
talab qiladi.
|
| |