|
Fizik xavfsizlining zaruriyati
|
bet | 10/40 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 111 Kb. | | #270712 |
Bog'liq 1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalariFizik xavfsizlining zaruriyati
Kiberxujumlarning murakkablashishi natijasida hujumchilar tashkilot fizik xavfsizligini buzishda turli usullardan foydalanmoqda. Hujumchilar tashkilotning fizik xavfsizlik tizimidagi bo’shliqlardan foydalangan holda o’z harakatlarini amalga oshirishadi. AQShning Department of Health and Human Services Breach Portal tashkiloti tomonidan 2015 yilda tashkilotlarda eng ko’p yuzaga kelgan xavfsizlik insidentlari fizik xavfsizlikni buzishga uringani aniqlangan
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuter tarmoqlari bu – bir biriga osonlik bilan ma’lumot va resurslarni taqsimlash uchun ulangan kompyuterlar guruhi. Kompyuter axborotni ma’lumot yo’llari orqali uzatadi. Keng tarqalgan kompyuter tarmog’i bu – Internet. Kompyuter tarmoqlari quyidagi xususiyatlarga ega:
bir kompyuterdan boshqasiga resurlarni taqsimlashga imkon beradi;
bir kompyuterda fayllarni va boshqa axborotni saqlash va bulardan boshqa kompyuterdan turib foydalanish imkonini beradi;
tarmoq orqali kompyuterga ulangan ixtiyoriy qurilma unda saqlangan fayllardan foydalanishi mumkin.
Ko’plab sohalarda, elektrik injiniring, telekommunikasiya, Computer science, axborot texnologiyalarida kompyuter tarmoqlari konsepsiyasidan foydalaniladi. Bular foydalanuvchilar orasida osonlik bilan muloqot o’rnatish imkonini beradi.
Open System Interconnection (OSI) Model
OSI modeli tarmoq bo’ylab ma’lumotlar almashinuvini aniqlashtirish uchun taqdim etilgan model. U qolib bo’lib, bir qurilmadan tarmoq orqali boshqa qurilmaga ma’lumot oqib o’tishini tasvirlaydi. OSI modeli ikki nuqta orasidani aloqani 7 ta turli sathlar guruhiga ajratadi. Ushbu modelda manba kompyuterdan ma’lumot pastki satha qarab harakatlansa, masafadagi kompyuterda esa pastdan yuqori sathga qarab harakatlanadi.
OSI modeli quyidagi xususiyatlarga ega:
tarmoq bo’ylab amalga oshirilgan aloqani oson tushunilishini ta’minlaydi;
dasturlar va qurilmalar ishlashini ko’rsatadi;
foydalanuvchilarga yangi topologiyani tushunishga yordam beradi;
turli tarmoqlar orasidagi funksional boqliqliklarni oson solishtirish imkoniyatiga ega.
|
| |