|
1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari
|
bet | 11/40 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 111 Kb. | | #270712 |
Bog'liq 1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalariTCP/IP modeli
TCP/IP modeli 4 sathli protokol bo’lib, Department of Defense (DOD) tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu modeldagi har bir sath turli vazifalarni bajaradi va ma’lumotni yuboruvchi qurilmada ma’lumot 4 sathdan birinchi sathgi qarab harakatlansa, qabul qiluvchi mashina uchun uning teskarisi. TCP/IP modeli ikkit mashina orasidagi nuqtadan-nuqtaga aloqasini tasvirlaydi va shuning uchun ma’lumotni addreslash, marshrutlash va uzatish masalalarini qamrab oladi. 4 sathli TCP/IP modeli o’zida quyidagilarni qamrab oladi:
Ilova sathi (Application layer, 4-sath): ilovalar uchun ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydi.
Transport sathi (Transport layer, 3-sath): host-host aloqasini boshqaradi.
Tarmoq sathi (Internet layer, 2-sath): o’zaro ishlashni ta’minlaydi.
Kanal sathi (Network Access layer, 1-sath): bir xil tarmoqda mavjud bo’lgan ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi.
Kanal sathi – 1-sath
Ushbu sath TCP/IP modelning eng quyi sathi bo’lib, bir xil tarmoqda ikkita hostlar orasida Internet sathi bo’ylab ma’lumot oqishini ta’minlaydi. Ushbu sath OSI modelidagi ikki sathni: Data Link Layer va Physical Layer, mujassamlashganiga mos. Ushbu sathda apparat manzil ko’rib chiqiladi va ushbu sathda ishlovchi protokollar ma’lumotni jismoniy uzatishga imkon beradi. Ushbu sathda quyidagi protokollar foydalaniladi: Ethernet, Token Ring, FDDI, X.25, Frame Relay, RS-232, v.35.
Tarmoq sathi – 2-sath
Ushbu sath asosan tarmoq bo’ylab paketlarni uzatish bilan shug’ullanadi. U manba tarmoqdan masofadagi tarmoqga ma’lumotlarni uzatish bilan tarmoqlararo paket almashinuvini amalga oshiradi. Tarmoq sathi orqali amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilar:
hostga murojaat qilish va identifikasiyalash;
paketlarni yo’naltirish.
Tarmoq sathi TCP/IP protokoli doirasini boshqarish uchun to’liq javobgar. Ushbu protokolda manba tarmog’idan yuborilgan paketlar ketma-ketligi masofadagi tarmoqda qabul qilinadi. Ushbu sathda IP, ICMP, ARP, RARP protokollaridan foydalaniladi.
Transport sathi – 3-sath
Transport sathi yuboruvchi va qabul qiluvchilar orasida ma’lumot uzatilishi holatini aniqlaydi. Ushbu sathning vazifalari, nuqtadan-nuqtaga aloqani, xatoliklarni nazoratlash, segmentlash, oqimni nazoratlash va ilovalar murojaatini o’z ichiga oladi. Nuqtadan-nuqtaga aloqa ikki turda: ulanishga yo’naltirilgan va ulanmaslikka yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. TCP protokoli ulanishga yo’naltirilgan ulaninshi ta’minlasa, UDP protokoli ulanmaslikka asoslangan aloqani amalga oshiradi.
Transport sathi ma’lumotlar almashinuvini parallel yo’ldami yoki yagona yo’lda paydo bo’lishini belgilaydi. Ushbu sath ilovalar uchun ma’lumotga sarlavha axborotini qo’shish orqali o’ziga yozish va o’qish imkonini beradi. Transport sathi tarmoq sathi ma’lumotlarni oson qabul qilishi uchun kichik bo’laklarga ajratgan holda yuboradi. Transport sathida TCP, UDP, RTP protokollaridan foydalaniladi.
Ilova sathi – 4-sath
Ilova sathi turli ilovalar tomonidan foydalaniladigan protokollardan iborat. Mazkur ilovalar foydalanuvchi xizmatlarini va quyi sath protokollari orqali amalga oshirilgan tarmoq bo’ylab uzatilgan ma’lumotlarni ta’minlaydi. Ilova sathi protokollari mijoz-kliyent ilovalari va boshqa xizmatlar bilan shug’allanadi. Ushbu sathda HTTP, Telnet, FTP, TFTP, SNMP, DNS, SMTP va hak. protokollaridan foydalaniladi.
TCP/IP modeli quyidagi afzalliklarga ega:
ushbu model mijoz-server arxitektrurasi kabi xizmat qiladi;
u muqtaqil ravishda ishlaydi;
u ko’plab marshrutlash protokollaridan iborat;
ikki kompyuter orasila aloqani amalga oshiradi.
TCP/IP modeli quyidagi kamchiliklarga ega:
o’rnatish uchun murakkab;
transport sathida paketlarni yetkazilishiga kafolat yo’q;
protokollarni almashtirish oson vazifa emas;
xizmatlar, protokollar va interfeyslar orasida ko’rinarli ajralish yo’q.
|
| |