|
Risklarni boshqarish va sug‘urta
|
bet | 19/40 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 111 Kb. | | #270712 |
Bog'liq 1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari2.
Risklarni boshqarish va sug‘urta
Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.
Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud (2-rasm):
> risk obyektining tahlili;
> riskni aniqlash;
> riskni baholash;
> riskka ta’sir etish usullarini aniqlash;
> qaror qabul qilish;
> riskka bevosita ta’sir o‘tkazish;
> boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish.
Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi.
Riskni aniqlash bosqichi obyektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi.
. Riskni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi.
Aniqlash va baholash o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari, riskni boshqarish jarayoni qarama-qarshi yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan keyin uning sabablarini aniqlashda.
|
| |