|
1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
bet | 9/22 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 64,19 Kb. | | #239395 |
Bog'liq 1-seminar mashg’uloti mavzu Boshlang‘ich sinflarda ona tili darO‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning Sintaktik mavzular o‘rganiladigan darslarni kuzatish va foydalaniladigan ko’rgazmali vositalar bilan tanishtirish.
2. Darslarni kuzatish uchun sharoit yaratish.
3. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalar berish.
4.Seminar mashg‘uloti davomidagi talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash.
Oʻqituvchining ijodiy topshiriqlardan foydalanish metodikasini qoʻllay bilishi darsning oʻz maqsadiga erishishida katta oʻrin tutadi Ushbu faslda ta'lim texnologiyasi gʻoyalari asosida ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish jarayonini asoslashga harakat qilamiz. Ta'lim texnologiyasi deganda oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchi maqomini oʻzgartirish, yangilash yoʻli bilan ma'lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish, oʻrganiladigan mavzuni oʻquvchilarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirish, ta'lim natijasini qabul qilingan etalon darajasiga koʻtarish va baholashga oid usullar, vositalar, ta'limning tashkiliy shakllarini tushunamiz. Didaktik loyihani amalga oshirishning kirish va chiqish nuqtalari mavjud. Ikki nuqta orasiga juda koʻp nuqtalarni joylashtirish mumkin boʻlganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha boʻlgan masofada ta'limning juda koʻp variantlari yotadi. Bu variantlarning samaralisini tanlash eksperimental yoʻl bilan hal qilinadi .Ijodiy topshiriqlar samaradorligini eksperimental sinash ishlarini keyingi bobga qoldiramiz. Bu paragrafda ijodiy topshiriqlar tizimini tuzishni asoslash bilan shugʻullanamiz. Ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish texnologik jarayon sifatida uch elementdan iborat: texnologik jarayonni amalga oshirivchi mutaxassis, qisqasi, ijodiy topshiriqlar tizimini tuzuvchi; mehnat predmeti oʻquv materiali bir shakldan—darslikda berilgan holatdan ikkinchi shaklda —ijodiy topshiriqlar tizimi holatiga keladi: tuzish vositasi—ijodiy topshiriqlar tizimini tuzishga oid texnologning mahorati, ya'ni uning konstruktiv jarayon toʻgʻrisidagi bilim, tajriba va malakasi, uning shu jarayonga tanqidiy munosabati. Ijodiy topshiriqlar tizimini tuzishning ikki ahamiyati mavjud:a)ta'limning yangi —bizning holatda tadqiqot mohiyatiga mos keladigan loyihasini tayyorlash; b)konstruktiv jarayon, uning xususiyatlari, texnologik jarayon toʻgʻrisidagi bilimlarni moddiylashtirish. Shu jihatlari inobatga olinadigan boʻlsa, ushbu paragrafda qayd etiladigan didaktik bilimlarning ikki jihatini aytib oʻtishga toʻgʻri keladi: birinchidan, didaktik loyihalash jarayoni mohiyatini oydinlashtirish; ikkinchidan, oʻqituvchilarda didaktik loyihalash qobiliyatini takomillashtirish. Oʻquv materiallari asosida ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish quyidagi texnologik talablarga muvofiq olib boriladi: oʻquv materiallarini didaktik tahlil qilish; ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish; tuzilgan loyihani boshqa tizimlardan, masalan, darslikda berilgan misol, masala, mashqlardan optimalligini asoslash. 1.Oʻquv materiali tahlili. Oʻquv materiali oldingi paragraflarda qayd etilganidek, oʻquv tarbiya ishlari boshlanadigan, darslarda tayyor holda berilgan bilimlar, shu bilimlarga oid malaka, ijodiy faoliyat tajribasi munosabatlardir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi
|