|
1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
bet | 7/22 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 64,19 Kb. | | #239395 |
Bog'liq 1-seminar mashg’uloti mavzu Boshlang‘ich sinflarda ona tili darTalabalar bilishi kerak
1. Sintaktik mavzular o‘rganiladigan darslarni kuzatish va foydalaniladigan samarali metodlarni maqsad va vazifalari.
2. Sintaktik mavzular o‘rganiladigan darslarni kuzatish va foydalaniladigan samarali metodlari mavzusini o’quvchilarga o‘rgatish, turli usullaridan foydalana olishni, mashqlar tizimini qo‘llay bilishni egallashi.
3. Sintaktik mavzular o‘rganiladigan darslarni kuzatish va foydalaniladigan samarali metodlarni mavzusini o‘rgatishda ko‘rgazmali qurollar, ta’limiy o‘yinlardan foydalana bilishni.
Ta’lim metodi va texnikasi: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish metodi
Ta’lim shakli: jamoa bilan savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
Topshiriqlar.
Gap ustida ishlash.
Konstruktiv mashqlarga gap tuzish.
Ijodiy mashqlar.
Sintaktik mavzular o‘rganiladigan darslarni kuzatish va foydalaniladigan samarali metodlarni izohlang.
Sintaktik mavzular o‘rganiladigan darslarni kuzatish va foydalaniladigan samarali metodlardan na’munalar keltiring.
Tavsiyalar
1-ilova
Taqdimot va muzyurarlar – bu mashg‘ulotni boshlash uchun mo‘ljallangan qisqa mashqlardir. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi «to‘siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi.Aqliy hujum yoki aqliy hamda — bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha ishtirokchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya`ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to‘xtaladi. Debat – bu usulning maqsadi o‘zaro bahs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir.GAPLARNI OXIRIGA YETKAZISH — bu metodda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi.DAVRA SUHBATI – ta`lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.GURUHDAGI MUNOZARALAR — qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir. a) KATTA GURUHDA MUHOKAMA — bunda butun guruh muayyan mavzuga doir bo‘lgan g‘oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan yoki 477 uyushtirilgan mavzular atrofida o‘tkaziladi. b) KICHIK GURUHLARDA MUHOKAMA — mazkur o‘quv tadbirida ixtiyoriy holatda masalani ko‘tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko‘tarilgan muammolar yechimini topish va g‘oyalarni baholash uchun yig‘ilgan to‘rt-olti kishi ishtirok etadigan davra. ROLLI O‘YIN — dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish”. Rollar ishtirokchilarga aynan mo‘ljallanganligini va ularga «go‘yoki chinakamiga» harakatlanish imkonini beradi. SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISH — bilimlarni tekshirish va o‘qitish jarayonini baholash uchun foydalaniladi. BOSHQARILAYOTGAN HAYOLOTLAR – o‘qituvchi tayyorlab qo‘ygan fantaziyasini o‘qiydi yoki guruhning o‘zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi. IJODIY MEHNAT — rasm chizish, andozalash, qo‘shiq, tarixlar, chizgilar yozish va o‘yinlar o‘ylab topishni mujassam etadi. «AKVARIUM» METODI — bu guruh ichida guruh tarzida tashkil etiladi, ya`ni sinf ikki guruhga birlashtiriladi davraga bir guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar. Ikkinchi guruh esa, birinchi guruh a`zolarining ma’lumotlarini eshitadilar. Ular yakunlagach, yuqoridagi savol bo‘yicha qolgan joylarini to‘ldiradilar. Ikkala guruh bir — birlarining taqdimotlarini nazorat qilishlari so‘raladi. O‘YINLAR VA BARDAMLASHTIRUVCHI MASHQLAR — bir xillikni yangilashtirish, kuch-quvvatni oshirish va ishni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir. Bunda turli harakatli o‘yinlar o‘tkazish lozim. Bu turdagi mashqlar dam olish daqiqasi sifatida ham talqin etiladi. SINKVEYN VA LIMERIKLAR- o‘z talabiga ko‘ra 5-7 qatordan iborat qofiyasiz, o‘ziga xos she`r bo‘lib, bunda o‘rganilayotgan tushuncha to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli qarashlar oraqali ifodalaniladi. KLASTER — (lot.»g‘uncha»,»bog‘lab») axborotlarni yoyish usuli bo‘lib, undan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni tushunishlari uchun erkin, ochiq fikr yuritishlariga katta imkoniyat beradi.ESLATMA: har bir taqdimotdan so‘ng o‘quvchilarga ко`tarinkilik ruhini berish uchun olqishlar bilan rag‘batlantirib borish zarur. Guruhlarga birlashtirayotganda, albatta, mavzu yoki davrdan kelib chiqib nomlar berish ham maqsadga muvofiq. Ya`ni, gullar, o‘simlik, o‘yinchoq, tarixiy shaxslar nomlari bilan nomlash tavsiya etiladi.Demak, yuqoridagi berilgan interfaol metodlar kabi tajribalarga asoslangan ta’lim usullari orqali o‘quvchilarda faollik va dars samaradorligining oshishi ta’minlanadi. O‘qituvchi ish faoliyatida mustaqil ravishda mavzuga mosini tanlash va qo‘llash imkoniga ega. Quyida berilgan metodlarning ba`zilaridan boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarida qanday foydalanish mumkinligi misollarda berilgan:Taqdimot va muz yorarlar — tanishuv mashqi sifatida tashkil etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi
|