|
Ona tilidan o‘quvchilarga berilgan bilim
|
bet | 4/22 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 64,19 Kb. | | #239395 |
Bog'liq 1-seminar mashg’uloti mavzu Boshlang‘ich sinflarda ona tili darOna tilidan o‘quvchilarga berilgan bilim bo‘yicha seminar mashg‘ulotining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.
Ona tilidan o‘quvchilarda hosil qilgan ko‘nikma va malakalarni tekshirishga oid darslarni kuzatish.
Kuzatilgan dars tahlili.
Kuzatilgan darslar bo‘yicha tavsiyalar berish.
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi:
Ona tilidan o‘quvchilarga berilgan bilim, ular hosil qilgan ko‘nikma va malakalarni tekshirishga oid darslarda egallangan ilmiy-metodik bilimlarini ta’lim jarayonida kuzatish orqali amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish. Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda o‘qituvchini kuztish va o‘quvchilar faolligini o‘rganish.
O‘qituvchining vazifasi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilari Ona tilidan o‘quvchilarga berilgan bilim, ular hosil qilgan ko‘nikma va malakalarni tekshirishga oid darslarni ko’rib chiqish.
O’quvchilarga qo’yiladigan talablarni izohlash.
Darslarni kuzatish uchun sharoit yaratish.
Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalar berish.
Seminar mashg‘uloti davomidagi talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash.
Mamlakatimiz Xalq taʼlimi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va oʻquvmetodik adabiyotlarni zamon talablariga mos shaklda ishlab chiqishdir. Bu yoʻnalishda bugungacha ham oʻziga yarasha qoidalar, standartlar boʻlgan va ular oʻz vaqtida oʻzini oqlagan. Masalan, shu paytgacha umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari bu borada asosiy yoʻlkoʻrsatkich vazifasini oʻtagan. Lekin bugun ilm-fan, texnika, texnologoya shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari kengayyapti, yangi fan tarmoqlari va innovatsion yondashuvlar oʻrtaga chiqyapti. Bunday vaziyatda dunyodan ortda qolmaslik uchun taʼlim sohasida jiddiy sa samarali oʻzgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta oʻylangan dastur asosida amalga oshirilishi kerak.
Taʼlimni isloh qilish boʻyicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi. Umumiy oʻrta taʼlimda eski davlat taʼlim standartlari (DTS) oʻrnini bosadigan va taʼlimga oʻzgarishlar kirita oladigan Milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi (MOʻD) oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladi. U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradigan dasturdir. Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa bevosita umumiy oʻrta taʼlim bilan bogʻliq.
|
| |