• O‘qituvchining vazifasi: 1.
  • 1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi




    Download 64,19 Kb.
    bet15/22
    Sana17.05.2024
    Hajmi64,19 Kb.
    #239395
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
    Bog'liq
    1-seminar mashg’uloti mavzu Boshlang‘ich sinflarda ona tili dar

    O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
    Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’rganilgan va egallangan ilmiy-metodik bilimlarini ta’lim jarayonida kuzatish orqali amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish. Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda o‘qituvchini kuzatish va o‘quvchilar faolligini o‘rganish
    O‘qituvchining vazifasi:
    1. Milliy o’quv dasturi asosida yaratilgan 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining taqvim rejasi bilan tanishtirish.
    2. Ona tiliga oid bilimlarni tahlil qilish.
    3. Darslarni kuzatish uchun sharoit yaratish.
    4. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalar berish.
    Boshlang‘ich ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni
    tushunish va anglash ko‘nikmasini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari
    bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Dunyo ta’lim tizimida
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga, ularning fanlardan yaxshi o‘zlashtirishlariga
    alohida e‘tibor beriladi. Xususan, mamlakatimizda ham bu borada yaxshi
    o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab o‘quvchilarining bilimini baholash,
    ta’lim sifatini oshirish maqsadida hukumatimiz tomonidan xalqaro tadqiqotlarda
    ishtirok etish belgilab qo‘yildi.
    Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash, unda
    munosib ravishda ishtirok etish uchun maktablarda aynan boshlang‘ich sinf
    o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda
    rivojlantirish zarurligi biz o‘qituvchilar oldiga ko‘ndalang masala sifatida qo‘yildi.
    Bunga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun xalqaro tadqiqotlarning oldingi yillari
    natijalariga e’tibor berishimiz lozim. Xalqaro tadqiqotlarning so‘ngi 2016-yilgi
    natijalarini kuzatsak, Rossiya davlati yetakchi bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin.
    Rossiya metodiga nazartashlasak, unda ko‘proq ota-onalar bilan hamkorlik
    masalalariga e’tibor qaratganlarini kuzatamiz. Bunda turli ertak va hikoyalar ota-
    onalar tomonidan o‘qib berilgan hamda farzandlar bilan birgalikda savol-javoblar
    orqali o‘qilgan matn mustahkamlangan. Bolaning har bir voqeylikka nisbatan
    bo‘lgan munosabati tinglangan.

    Download 64,19 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




    Download 64,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi

    Download 64,19 Kb.