|
1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
bet | 18/22 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 64,19 Kb. | | #239395 |
Bog'liq 1-seminar mashg’uloti mavzu Boshlang‘ich sinflarda ona tili darO‘qituvchining vazifasi:
1. Milliy o’quv dasturi asosida yaratilgan 3-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining taqvim rejasi bilan tanishtirish.
2. Ona tiliga oid bilimlarni tahlil qilish.
3. Darslarni kuzatish uchun sharoit yaratish.
4. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalar berish.
Har bir õquvchi maktabga qadam qõyar ekan bilamizki,savodxonlik davridayoq «Õqish" va «Yozish" darslari õtiladi.Biz har bir yosh avlodga eng avvalo, õz õrgatamiz.Boshlanģich ta'limning 4 yilida ham «Ona tili»va «Õqish» darslari õrgatiladi.Lekin bizning ta'lim tizimimizda ham kamchiliklar bor.Masalan,bizning maktablarimizdagi har bir sinfda 25 tadan ortiq hattoki,40 tagacha õquvchilar taxsil olishadi.Darsning davomiyligi esa bor yoģi 45 daqiqani tashkil qiladi.Bu 45 daqiqaning ham 20 yoki 25 daqiqasi tashkiliy qism, õtkan mavzu,uyga vazifani sõrash va uyga vazifani berish bilan õtadi.Qolgan vaqtda esa õqituvchi yangi mavzuni tushuntirishi 2 yoki 3 ta mashq bajarishi va mavzuni mustahkamlash uchun didaktik õyin qòllashi kerak.Endi «Õqish» darslarini olsak,katta-katta matnlar.Tõg'ri bu matnlar 2 yoki 3 darsga mo'ljallangan bo'ladi.Lekin she'r,ertak yoki hikoyani o'qigandan keyin,o'quvchilarga tushuntirish,ular bilan muxokama qilishimiz kerak.Bu ishlarni qilmas ekanmiz ularni o'qiganimizdan nima foyda?Asosiy maqsadimiz ham o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish,dunyoqarashini shakllantirish emasmi?Bundan tashqari «Ona tili" kitobidagi berilgan mashqlarning matnlarida «O'qish»kitobi va «Odobnoma»kitobidagi mashqlar takror va takror keladi.Bu o'quvchilarning zerikishiga olib keladi.Bu muammolarga yechim topmost ekanmiz,ta'lim sifatini oshira olmaymiz.Yuqoridagi muammolardan biri sinfda 40ta va unda ortiq o'quvchilar o'qishini olsak.Bu muammoni hal qilish uchun juda ko'p kadrlar,ko'p sinf xonalari kerak bo'ladi.Ya'ni har bir sinfdagi o'quvchilar soni 15 va 20 tadan oshirmaslik kerak bo'ladi.Kadrlar muammo bo'lmasligi mumkin chunki,yildan yilga OTM larga kirish kvotalari ko'paymoqda, lekin sinf xonalarichi bu uchun maktablarni qayta qurishimiz kerakmi?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi
|