Buxoro shahar 10-umumta’lim maktabi
matematika fani o’qituvchisi M.S.Izbullayevaning 2023-2024 o’quv yili hisoboti
Men Izbullayeva Madina Sadullayevna – oliy toifali matematika fani o’qituvchisi 2023 -2024 o’quv yilida samarali pedagogik faoliyat olib bordim. 2001 yildan beri shu ta’lim muassasasida o’z pedagogik faoliyatimni boshlab, “Ma’rifatchi, eng avvalo fidoiy bo’lmog’i, o’zidan kechmog’i kerak” shiori ostida yosh avlodga matematika sirlarini o’rgatib kelmoqdaman.
Bugungi kunda barcha sohalarda bilimli, siyosiy va ijtimoiy faol, xalq manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan, halol va jonkuyar mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Dunyoqarashi keng, kreativ fikirlaydigan, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yoshlarni tarbiyalash mas’uliyatli vazifamizga aylanmoqda.
2023-2024 o’quv yilida 5“A”, 8“A”, 9 “A”, 9”B” 10 “A” - sinf o’quvchilariga matematika fanidan dars berdim. Yil yakuni bo’yicha 5”A”-sinf - 76 % , 8“A”-sinf-80 %, 9 “A” va 9 “B” sinf – 81%, 10“A” sinf - 78% natijalarga erishdi. O’quvchilarimning choraklik baholarining o’rtacha ko’rsatkichi 79 % ni tashkil etdi.
2023 yilning oktabr oyida 9 va 10,11 –sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Fan olimpiadasi”ning I maktab bosqichida , 9 – A sinf o’quvchisi Yunusova Sarvinoz va 10 – A sinf o’quvchisi Mansurov Akbar I o’rinni egallab, shahar bosqichida faol i shtirok etishdi.
O‘tgan yili mamlakatimizda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu tajriba asosida fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy, kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya bo‘yicha Abu Ali ibn Sino, astranomiya bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etish takliflari ilgari surdi. 2024 yilning 26 yanvar sanasida “Al Xorazmiy olimpiadasi”ning shahar bosqichida 8”A”- sinf o’quvchisi Mansurov Ismoil faol ishtirok etdi.
8 – A sinf o’quvchisi Topshulatov Ibrohimjon matematika fanidan “Nabiyev Education” o’quv markazi tomonidan o’tkazilgan sinov testida faxrli I o’rinni egalladi.
Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati o’quv jarayonlarining mazmunini boyitish, turli metodlardan foydalanib, shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti, axborot miqyosining oshib borishi kabi omillar bugungi o’quvchining shaxsiy xususiyatlari bo’lmish idrok eta olish, tasavvur qilish va fikrlash, aqliy qobiliyatini rivojlantirishga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shu maqsadda 5”A”-sinfida matematika fanidan “Сложение и вычитание смешанных чисел”(07.02.2024), 9”A”-sinfida “Muntazam ko’pburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar” (06.02.2024), 8”A”-sinfida “Pifagor teoremasi” (14.11.2023), 9”B”–sinfida elektron daslik yordamida “ “Kvadrat funksiya grafigini yasash” mavzusini(21.09.2023), 10”A”-sinfida “sinx=a, cosx=a, tgx=a, ctgx=a koʻrinishdagi tenglamalar” (03.04.2024) mavzularida o’quvchilar faolligi asosida turli didaktik o’yinlar va usullardan foydalanib, noan’anaviy darslar namoyish etdi.
U mumiy o’rta ta’lim maktablarida fan o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Buxoro Davlat Universiteti hamda Buxoro Davlar Pedagogika Instituti matematika fakulteti 2-3-bosqich talabalariga muntazam ravishda metodik yordam berib keldim.
Buxoro Davlat Universiteti hamda Buxoro Davlar Pedagogika Instituti matematika fakulteti 2-3-bosqich talabalari hamkorligida 7 – A va 7 – B sinf o’quvchilari o’rtasida matematika fanidan “ZAKOVAT” intellektual ring o’tkazdim (12.02.2024).
O’quvchilarga chuqurroq bilim berish, ularning bilim olishi uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan matematika fanidan ”LEMMA” to’garagimda 8-sinf o’quvchilarining 15 nafari qamrab olingan. Unda bo’sh o’zlashtiruvchi hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ularning ijodkorlik va ixtirochilik qobiliyatlarini namoyon qiluvchi, yangi g’oyalarni rivojlantiruvchi mashg’ulotlar tashkil etilib, haftaning seshanba va payshanba kunlari muntazam ish olib borildi .
Mashg’ulotlar davomida dars jarayonida o’quvchilarda bo’shliq paydo qilgan ba’zi mavzular ustida ishlandi, tushunish qiyin bo’lgan ayrim masalalar chuqurroq tushuntirildi, oson yechish usullari takrorlanib , individual ish olib borildi. Intellektual qobiliyatlari yuqori bo’lgan o’quvchilarga esa qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, rivojlantiruvchi masala va misollar yechish usullari o’rgatildi.
O’quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ishlash, jamoada ishlash, hozirjavoblik, matematik nutqini o’stirish, matematika faniga hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosi bilan tanishtirish maqsadida mashg’ulotlar davomida ”Hayotimizda matematika” nomli tadbir tashkil etildi.
Maktab matematika-informatika fan metodbirlashmasi ishlarida faol ishtirok etdim. O’z zimmamdagi ulkan vazifani his etgan holda ta’lim samaradorligini oshirishga, o’quvchilarning mustaqil bilim olishiga ko’maklashishga intiluvchi hamda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’quv mashg’ulotlarida unumli foydalana oladigan pedagog sifatida faoliyat yuritdim.
|