|
-topshiriq. Microsoft Office PowerPoint 2007, PowerPoint 2010, PowerPoint 2016, PowerPoint 2019 imkoniyatlarini o’rganish
|
bet | 4/5 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 28,03 Kb. | | #101396 |
Bog'liq 1-seminar mashg’uloti Mavzu Microsoft Word, Microsoft Excel, Mi-fayllar.org3-topshiriq. Microsoft Office PowerPoint 2007, PowerPoint 2010, PowerPoint 2016, PowerPoint 2019 imkoniyatlarini o’rganish
Dastur interfeysi bilan tanishuv
Slaydlarni yaratish va tahrirlash
Kolontitul, figuralar va SmartArt obyektlari bilan ishlash
Grafik mavzular bilan ishlash
Jadvallar bilan ishlash
Animatsiya, giperhavola va boshqaruvchi tugmalar
Tayyor prezentatsiya taqdimoti
Microsoft PowerPoint (to'liq nomi - Microsoft Office PowerPoint, inglizcha: power pointpower point - ishonarli hisobot) - taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.
PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb o'zgartirishga qaror qiladi.
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi.
1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.
Formatlari
Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:
.ppt - PowerPoint taqdimoti
.pps - faqatgina PowerPoint taqdimoti
.pot - PowerPoint modeli
PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.
Muvofiqligi
PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPointga
taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga jo'natilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni ta'minlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning ba'zi taqdimotlari Windows tizimiga o'rganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yo'q. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga o'tishga qaror qildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-topshiriq. Microsoft Office PowerPoint 2007, PowerPoint 2010, PowerPoint 2016, PowerPoint 2019 imkoniyatlarini o’rganish
|