Mikroprotsessorning tuzilishi




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana06.01.2024
Hajmi489,83 Kb.
#131180
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
2-maruza

 
33. Mikroprotsessorning tuzilishi. 
Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi sanaladi. Ushbu 
qurilma 
yo‘riqlarning 
kodli 
shinasi 
vositasida 
mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarinishakllantiradi.Komandalar 
registri - xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda komanda kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya 
kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi.Komandalar 
registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichida 
joylashgan.Operatsiyalar deshifratorlari - mantiqiy blok bo‘lib, komandalar registridan kelayotgan 
operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab chiqish yo‘llaridan birini 
tanlaydi.Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma (XDSQ) –ShK bloklarida axborotga 
ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni 
(impulslarni) o‘z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi.Deshifrator tomonidan operatsiya kodiga 
muvofiq tanlangan operatsiya impulse boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini 
mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi.Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning 
interfeys qismi ichida joylashgan) -komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan 
rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr) uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan 


qurilma.Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va yo‘riqlar – mikroprotsessordagi ichki 
shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyathollarda BQ quyidagi asosiy amallarning bajarilishi uchun 
mo‘ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi: MPX komandasining manzilidagi 
hisoblagich-registr ichidan dasturning navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotiraga tezkor 
saqlash qurilmasi (XTSQ) uyasining manzilini tanlab olish; XTSQ uyasi ichidan navbatdagi 
komandaning kodini tanlab olish hamda solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga 
qabul qilib olish; operatsiya kodlari va tanlangan komanda alomatlarining shifrini ochish
XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari ichidan boshqaruvchi 
signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining 
tartibini hamda boshqaruvchi signallarning ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab 
beruvchi mikrodasturlarni solishtirib chiqarish; komandalar registri va MPX registrlari ichidan 
hisoblarda ishtirok etayotgan operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini 
solishtirib chiqarish hamda operandlarning to‘liq manzillarini shakllantirish; operandlarni 
(shakllangan manzillar bo‘yicha) tanlash va ushbu operandlarga ishlov berishga oid ma’lum 
operatsiyani 
bajarish; 
amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; dasturning navbatdagi komandasiga 
taalluqli manzilni shakllantirish. 

Download 489,83 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish