Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana06.01.2024
Hajmi489,83 Kb.
#131180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
2-maruza

24. Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash 
Kompyuterga qo’shimcha qurilamalar portlar orqali ulanadi. Tashqi qurilmalarni ulash uchun 
kiritish/chiqarish kontrollerlarining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning 
razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda 
uzatishni (simpleks ish tartibi), 
yo‘nalishlarni qayta ulashni (yarim dupleks ish tartibi) va har ikkala yo‘nalishlarda (dupleks ish 
tartibi) ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlashi mumkin. Abonentlarning ulanish 
topologiyasi ikki nuqtali (RS-232S interfeys uchun) yoki tarmoqlangan (VSB yoki Fire Wire) 
bo‘lishi mumkin. Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki 
tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel 
orqali amalga oshiriladi, u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har bir 
bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. ShKning parallel port orqali axborot almashinuvi ish tartibi IEEE 1284 standarti orqali 
amalga oshiriladi. LPT-port (Line Prin Ter) standart parallel port hisoblanadi. Odatda, port bilan 
ulanish Centronics standartidagi 25 chiqishli razyom orqali amalga oshiriladi, razyom 
kontaktlarining taqsimlanishi, signallarning vazifalari, interfeysni boshqarishning dasturiy 
vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni, 
diskyurituvchilarni ulashga mo‘ljallanadi. Standart bo‘yicha ulanish kabelining maksimal uzunligi 
1,8 metrni, 
maksimal almashuv tezligi 100 Kbayt/s ni tashkil qiladi. RS-232C ketma-ket port 
(Communication port) sichqoncha, tashqi modem, printer kabi qurilmalarni kompyuterga ulash, 
shuningdek, kompyuterlar orasida bog‘lanish uchun ishlatiladi. RS-232C turdagi ketma-ket 
portning ishlatilishining Centronics portiga nisbatan asosiy afzalliklari shaxsiy kompyuterdan 
tashqi qurilmaga axborotlarni 15 metr masofagacha uzatish imkoniyati hisoblanadi. Ma’lumotlar 
ketma-ketlikdagi baytli paketlar tarzida bit ketidan bit bilan uzatiladi. Har bir bayt boshlang‘ich va 
to‘xtash bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar dupleks ish tartibida uzatiladi, uzatish tezligi 115 
Kbit/s ni tashkil etadi. USB (Universal Serial Bus) bu universal ketma-ket portdir. 
U 1995-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskirgan RS-232 (COM-port) va IEEE 1284 (LPT-port) 
parallel interfeyslarni almashtirishga, ya’ni ketma-ket va parallel klaviatura va «sichqoncha» 
portlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan, barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining 
osonligi bilan ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan bitta razyomga ulanadi.

Download 489,83 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash

Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish