|
Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash Pdf ko'rish
|
bet | 10/23 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 489,83 Kb. | | #131180 |
Bog'liq 2-maruza14. Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning
unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim
qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu
ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan
mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi.
Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm
o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning
asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari,
kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset
mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan
apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda
audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi qurilmalarning
tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi
interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv
qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi.
Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor
turlari va ularning taktlash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan
farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har
xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash
samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi
mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.
|
| |