Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan tanishish. Kompyuterga




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana06.01.2024
Hajmi489,83 Kb.
#131180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
2-maruza

13. Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan tanishish. Kompyuterga 
qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash 
Tizim platasi (motherboard) - qurilmalami va hisoblashlami boshqaruvchi asosiy qurilma bo'lib, 
unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adapter
elektrosxemalar o'matiladi. Tizim platasi asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. 
Mikroprotsessor - kompyutemi boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlami bajarilishini ta 
’minlaydi. Mikroprotsessor turli amallami tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 
100 million amalga va undan ortiq boiish i mumkin. Uning tezligi megagerslarda hisoblanadi va 
protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700. Tezkor xotira - protsessor uchun zarur 
bo'lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o'chirilishi bilan tezkor xotiradagi 
ma’lumotlar o'chiriladi. Qattiq disk (doimiy xotira - hard disk drive) - dastur va ma’lumotlami 
doimo saqlaydi. U ba’zan ≪vinchester≫ deb ham nomlanadi. Vinchester nomi birinchi yaratilgan 
qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973-yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi 
≪30/30≫ bo'lgan va bu mashhur Winchester miltig'ining kalibrga o'xshar edi). Ular hajm va 
ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o'chirilmaydi. Kesh 
xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko ‘p ishlatilgan ma’lumotlami saqlash 
uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o'rtasida joylashadi. Kontroller (adapterlar) 
- ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video platasi, 
tovush platasi, tarmoq platasi va ...). Disk yurituvchilar - bu egiluvchan va kompakt disklardagi 
ma’lumotlarni o'qish va yozish ishlarni bajaradigan qurilma. Kiritish-chiqarish porti orqali 
mikroprotsessor bilan ma ’lumot almashinadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashinuv uchun 
maxsus portlar hamda umumiy poitlar mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo'ladi: parallel (LPT1. 
LPT4) va ketma-ket (C0M1, ...,COM3). Parallel portlar kiritishchiqarishni ketma-ket portga 
nisbatan tezroq bajaradi. Har bir poll o'zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo'lib, ulaming 


umumiy soni 65536 taga yetadi. BIOS (Basic input output system) - o ‘z tarkibidagi bir marta 
yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan 
xotira turi hisoblanadi. Odatda, bu xotiradagi ma’lumotlami uni ishlab chiquvchi korxona (firma) 
yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o'chirilgan holda ham saqlanadi va 
alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlami o'qish 
rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotirada kompyuteming qurilmalarini tekshiruvchi test 
dastiirlar, operatsion tizimlaming yuklovchi dastur modullari saqlanadi. 

Download 489,83 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan tanishish. Kompyuterga

Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish