Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash
sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega.
Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr
(Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega.
Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son,
operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi;
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga
yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli
shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin.
Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv
signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan
signallarga aylantiradi.
MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd etilgan vergulli
ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi.
O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli
sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb
etilgan tarzda bajariladi.
10. Ommabop mikroprotsessorlar bilan tanishish.
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab
chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi 4004
rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda
sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60
000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bo‘lib, o‘z
ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar
bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. Intel firmasining
asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi bo‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida
boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab ko‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab
chiqadigan va dasturiy ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, o‘z
navbatida, loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bo‘ldi.
1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bo‘lib, unda muhandislar dasturiy ta’minotni ishga
tushirishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning fevral oyida nihoyasiga
yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan o‘tkazila
boshlandi. Pentium sanoatini o‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib,
1993 yil 22 mart kuni Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi.