Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana06.01.2024
Hajmi489,83 Kb.
#131180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-maruza

3. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi 
Kompyuterlar o'zining elementlar bazalari bo ‘yicha avlodlarga ajratilgan. I avlod (1945— 1956) 
kompyuterlari elementlar bazalari elektron 1ampalar ekanligi bilan harakterlanadi. Bu avlod 
mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab 
ogirlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming 
so‘zni(maiumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga “Ural-1”,"Ural-2", “BESM-1”, 
“BESM-2”,”M-1",”M-2",”M -20" kabi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. II avlod 
(1957—1968) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlardan iborat edi, tezkorligi sekundiga 
10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod 
kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masalalarni 
yechish, harflar bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bo‘ldi. Bu 
avlod mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”, “IBM-608”, “BESM-6” 
mashinalarini misol qilib keltirish mumkin. III avlod (1969— 1980) kompyuterlarining elementlar 
bazalari integral sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, shu 
avlodning eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi. Xotirasining hajmi ham 
8-10 ming baytdan( bu avlod xotira oichami xalqaro oicham baytlarda beriladigan boigan) 8 
million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES (yagona seriya) kompyuterlari -“EC 
1010’7 ’EC-1020", “EC-1030”,”EC-1035", “EC-1050”,”EC-1060",’’EC-66" larni misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. IV- avlod (1981—1990) kompyuterlaming elementlar bazalari kata integral 
sxemalar (KlS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, 
xotirasinig hajmi 64M baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, “Elbrus” 1-
KB,’’IBM PC” kabi kompyuterlarni ko'rsatish mumkin. 1990-yillardan boshlab kompyuterlaming 
elementlar bazalarini o ‘ta katta integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari 
hozir keng qoilaniladi. Ular elektron va yorugiik nurlari energiyasidan foydalanishga, tuzilishi esa 
lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga bir necha 
milliardgacha, doimiy xotirasinig hajmi 10-100 gb gacha kengaydi. 
Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta 
ahamiyatga ega bo‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi 
va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo‘shimcha funksional 
imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov 
berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Qo‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli 
rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina o‘rtasida dialog qaror topishi va shu 


kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab o‘tilgan funksiyalari mashina komponentlari, jumladan 
apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi. 

Download 489,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi

Download 489,83 Kb.
Pdf ko'rish