• 22. Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar
  • 23. Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish
  •  Xotira va uning turlari. Kesh xotira, xotira ierarxiyasi




    Download 489,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet12/23
    Sana06.01.2024
    Hajmi489,83 Kb.
    #131180
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
    Bog'liq
    2-maruza

     
    21. Xotira va uning turlari. Kesh xotira, xotira ierarxiyasi 
    Xotira-ma’lumot va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi va quyidagilarga bo’linadi: 
    1.Operativ xotira 2. Kesh xotira 3. BIOS xotira 4.CMOS(yarim doimiy xotira) 5. Video 
    xotira 
    Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor 
    xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor 
    xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning 
    koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga 
    murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh 
    xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan 
    ishlash vaqti ancha kam boladi. 
    22. Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar 
    Ichki registrlar (protsessorli xotira) mashinaning yaqin oradagi ish taktlarida bevosita 
    qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U 
    mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy xotira 
    har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, 
    izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tez 
    ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart 
    uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi 
    protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. 
    23. Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish 
    Kompyuterdan to‘liq foydalanishdan oldin, unga operatsion tizim o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. 
    Operatsion tizimni bir marta o‘rnatib, uning qurilmalari haqida o‘ylamasdan va qo‘shimcha 
    o‘rnatish va qayta o‘rnatishlar bilan shug‘ullanmasdan, unda yillab ishlash istagi hammada bor. 
    Lekin afsuski Windows tizimi kamchiliklardan holi emas. Windows tizimidan o‘rtacha 
    foydalanish muddati – tizimni keyingi 
    qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi. Shuning uchun operatsion 
    tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi. 
    Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq diskka 
    o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan. 
    «Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin 
    to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu 
    operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi. 
    Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud 
    bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. 


    Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant 
    bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari 
    kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday 
    o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi. 
    Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni 
    to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida 
    tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash 
    xususiyati saqlanadi, 
    muammolar yo‘q bo‘ladi. Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usulda ham 
    deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (master ustanovki) tayyorlash va ishga 
    tushirish. Bunda foydalanuvchi qatnashmaydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga 
    oshiriladi. 

    Download 489,83 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




    Download 489,83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Xotira va uning turlari. Kesh xotira, xotira ierarxiyasi

    Download 489,83 Kb.
    Pdf ko'rish