20). DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 1-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.
baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
ta’lim jarayonining barcha subyektlarining raqamli texnologiyalar orqali o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kompetetsiyalar bilan bog‘liq: jamoa, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari bilan kasbiy o‘zaro hamkorlik. Ushbu yo‘nalish shuningdek, pedagogning axborot texnologiyalari va raqamli vositalar va resurslardan foydalanish sohasida uzluksiz rivojlanishga yo‘naltirilgan o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
21). Pedagogning raqamli izi deganda nimani tushunasiz?
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan foydalangan holda axborot obyektlarini yaratish
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi
|