1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tizimlarining instrumental vositalari




Download 26,42 Kb.
bet8/9
Sana09.09.2024
Hajmi26,42 Kb.
#270645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tiziml-fayllar.org

Elektron ofis. Idora (ofis)ning asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborogai qayta
ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik
operatsiyalarni amalga oshiradi. Idorada bo‘linmalardan, tashqi olamdan axborot yig‘iladi, yig‘ilishlar,
uchrashuvlar o‘tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini tashkil etish shakli bo‘lib, uning ishini takomillashtirish boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish shartlaridan biridir.
«Elektron ofis» idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli vositalarini qo‘llash joyi sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan quyidagi vositalarini taklif etadi: zarur dasturiy ta’minotli shaxsiy kompyuter;
yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa ko‘paytiruvchi texnika; xotirali telefon; telekonferensiya o‘tkazish uchun apparatura, ma’lumotlarning tashqi bazasi.
Elektron ofis boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va boshqaruvchilarni axborot bilan yaxshiroq ta’minlash imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi — kompyuter tarmoqlari bazasida tashqi muhit va tashkilot ichida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish hamda qo‘llab-quvvatlashdir.
Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalaridan boshqaruvchilar, mutaxassislar, texnik xodimlar foydalanadi, u ayniqsa muammolarni guruh bo‘lib hal etish uchun qulay.
Elektron ofisda deyarli har qanday turdagi — gistogramma, diagramma, sxema, jadval va hokazo
tasvirni olish imkonini beruvchi mashina grafikasidan foydalaniladi. Elektron ofis amaliyotida shuningdek, muassasa faoliyatini nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi vositalardan ham
foydalaniladi. Ular yordamida barcha boshqaruv faoliyati bajariladigan ishning xususiyatlarini tavsiflovchi jarayonlar majmui sifatida aks etadi. Ayni paytda har qanday alohida xodimning faoliyatigina emas, boshqa xodimlar bilan axborot va subordinatsiya aloqalari ko‘rib chiqiladi.
Shakllangan sxemaga muvofiq ko‘rsatilgan muddatlarda bevosita ijrochilar uchun kerakli vazifalar avtomatik ravishda yaratiladi. Dasturlar paketlarining quyidagi funksional guruhlaridan foydalaniladi:
• matnlarni qayta ishlash;
• jadvallarni yaratish va qayta ishlash;
• ma’lumotlar bazalarini boshqarish;
• grafik axborotni qayta ishlash;
• elektron yozuv daftari.
Dasturlarning bunday paketlari ko‘pincha ixtisoslashtirilgan deb yuritiladi, chunki ular sanab o‘tilgan funksiyalardan birini bajarish uchun mo‘ljallangan.
Ixtisoslashtirilgan dastur paketlaridan biridan (masalan, OFFICE XR, OFFICE 2007) tez-tez foydalanishning qulayligi dasturning
integrallashgan dastur paketlarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini shart qilib qo‘ydi. Shuni
hisobga olish lozimki, bitta joy bo‘lgan hollarda, faoliyatning qat’iy belgilangan turi (masalan, matnlarni
qayta ishlash) ko‘proq uning uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shunday qilib foydalanuvchining vazifasi
faqat dastur paketini aniq bir holatlar uchun to‘g‘ri tanlash sanaladi.

Download 26,42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 26,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tizimlarining instrumental vositalari

Download 26,42 Kb.