• Mantiqiy xulosalar bloki
  • Ekspert — bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki




    Download 26,42 Kb.
    bet3/9
    Sana09.09.2024
    Hajmi26,42 Kb.
    #270645
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tiziml-fayllar.org

    Ekspert — bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis.
    Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar
    modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan
    foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
    Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga
    keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch
    yuzaga keladi.
    Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish
    ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
    Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘planish sur’ati bilan
    belgilanadi.
    Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi — bu inson
    tomonidan to‘plangan bilimlarning uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina
    qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi.
    Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga
    asoslangan. Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular
    ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi.
    Qoidalar odatda tavsiya, ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal (rasmiyatchilik)
    usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani yechish bo‘yicha to‘plangan
    amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi
    tasdiq ko‘rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil
    etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va yechish usullarini ishlab
    chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi (obyektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi.
    Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar
    bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyatsiya qilish uchun munosabatlar aniqlanadi, turli
    strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni
    tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuning uchun
    qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi.
    Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish
    hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi bo‘ladi. Mazkur
    mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan
    foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda
    muhimdir.
    Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari (tarkibiy
    qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish
    moduli.

    36 



    Download 26,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekspert — bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki

    Download 26,42 Kb.