• Ekspert tizimi
  • Sun’iy intellekt
  • 1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tizimlarining instrumental vositalari




    Download 26,42 Kb.
    bet2/9
    Sana09.09.2024
    Hajmi26,42 Kb.
    #270645
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tiziml-fayllar.org

    EKSPERT TIZIMLARI
    Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-
    tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan
    foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish
    ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llaridan biri — bu
    ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va
    nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning
    eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.
    Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
    Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari
    hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda
    qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi.
    Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
    Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
    Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati
    tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.
    Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining
    roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan,
    tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert
    tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi,
    tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
    Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:

    yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi


    murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;

    dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish


    va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash
    imkoniyatini ta’minlash;

    yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini


    mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
    • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-barangligi, yoki hatto
    kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha
    olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
    • takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan
    foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
    Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin. 


    Download 26,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tizimlarining instrumental vositalari

    Download 26,42 Kb.