Neyronlar anatomiyasi
Boshqa hujayralar kabi neyronlarning ham som deb ataluvchi hujayra tanasi mavjud
bo‘ladi. Neyronning yadrosi som ichida bo‘ladi. Neyronlar ko‘plab proteinlar ishlab
chiqaradi, va bu proteinlar som ichida sintezlanadi.
Hujayra tanasi somdan ko‘plab qo‘shimchalar o‘sib chiqqan bo‘ladi. Bu
qo‘shimchalarning qisqaroqlari dendritlar deb ataladi, va bitta axon deb atalauvchi
uzunroq qo‘shimcha bo‘ladi.
Dendridlar
Kelayotgan xabarni qabul qilish va qayta ishlash funksiyalari
dendrid va hujayra
tanasi som da bo‘ladi. Kelayotgan signallarga qarab neyron elektr impuls ishlab
chiqarishi mumkin bunda signal qo‘zg‘atuvchi deb ataladi. Aksincha impuls ishlab
chiqarmasa signal to‘xtatuvchi deb ataladi.
Asosan neyronlar o‘zlarining dendrid tarmoqlaridan ko‘plab kiruvchi signallarni
qabul qiladi. Bir neyron bir dan ortiq to‘plamdagi dendridlarga ega bo‘lib minglab
kiruvchi signallarni qabul qilishi mumkin. Neyronning impuls ishlab chiqarishi
kelayotgan qo‘zg‘atuvchi va to‘xtatuvchi signallarning yig‘indisiga bo‘g‘liq bo‘ladi.
Markaziy nerv sistemasi -odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi;
nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv
sistemasi umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy)
sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat.
Markazii nerv sistemasis. va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun
sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent)
nerv tolalari
orqali barcha aʼzolar va toʻqimalar bilan bogʻlangan. Markazii nerv sistemasining
eng murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. Markazii nerv
sistemasining asosiy funksiyasi atrof muhit hamda aʼzolar va toʻqimalardagi
oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, qayta ishlash, oʻtkazish va saqlash;
organizmning barcha sistemalari faoliyatini boshqarish, ular oʻrtasidagi bogʻlanishni
amalga oshirish orqali organizmning bir butunligini taʼminlashdan iborat.
Evolyusiya
jarayonida
umurtqasiz
hayvonlarda
2
xil:
tarqoq-tugunli
(boʻshliqichlilarda) va ancha murakkab tuzilgan tugunli (halqali chuvalchanglar va
boʻgʻimoyoqlilarda) Markazii nerv sistemasi shakllangan. Umurtqali hayvonlarning
embrional rivojlanishida Markazii nerv sistemasi dastlab yaxlit nerv nayi
koʻrinishida boʻlsa, tuban xordalilar (mas, lansetnik)da nerv nayi ularning butun
hayoti davomida saqlanib qoladi. Yuksak xordalilarda embrional rivojlanish davrida
nerv nayining oldingi qismi yoʻgʻonlashib bosh miya boʻlimlarini hosil qiladi.
Dastlab oldingi, oʻrta va rombsimon boʻlimlar, keyinroq oldingi miyaning bir kismi
— oraliq miya tashkil topadi; rombsimon boʻlimdan Varoli koʻprigi, miyacha va
uzunchoq miya shakllanadi.
Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda
oldingi miyaning poʻstloq-osti tuzilmalari (bazal gangliylar, oraliq miya) va bosh
miya katta yarimsharlari poʻstlogʻi rivojlanadi. Sut emizuvchilarda katta
yarimsharlar poʻstlogʻi bosh miyaning eng yirik kismini tashkil etadi. Bosh miya
ham orqa miya singari oraliq va harakatlantiruvchi neyronlardan iborat. Sezuvchi
neironlar tanasi esa Markazii nerv sistemasis. dan tashqarida gangliylarda
joylashgan. Filogenez jarayenida oraliq neyronlarning miqdoriy nisbati ortadi.
Yuksak primatlarda ular barcha neyronlarning 99,95% ini tashkil etadi. Markazii
nerv sistemasis.da neyrogliya hujayralari ham boʻladi.
Markazii nerv sistemasis. ning funksiyasi reflekslar orqali amalga oshadi.
Barcha
psixik jarayonlar (oʻrganish, eslash, tafakkur, nutq va boshqalar) shartli reflekslar
bilan bogʻliq. Har qanday refleksning moddiy asosini refleks yoyi tashkil etadi.
Muayyan taʼsirlovchiga iqtisoslashgan retseptorlar boʻlishi, nerv impulyelarini bir
yoʻnalishda oʻtkazish, neironlar oʻrtasida sinaptik bogʻlanish (qarang Sinapslar),
ishchi organda funksional javobning vujudga kelishi reflektor yoyi uchun xos
boʻlgan xususiyatlar hisoblanadi. Reflektor yoyining markaziy qismi keladigan va
chiqadigan im-pulyelarni nazorat qilish sistemasiga ega. Sut emizuvchilarning
Markazii nerv sistemasis.da eng sodda reflektor yoyi monoseptik yey hisoblanadi.
Odatda umurtqali hayvonlar Markazii nerv sistemasis.dagi
reflektor yoylari miya
boʻlimlaridan ham tashqariga chiqadigan nerv hujayralarining
murakkab
tutashuvidan iborat. Miya reflektorining oʻzaro integratsiyalanishi (muvofiklashuvi)
tufayli Markazii nerv sistemasis. bir butun, izchil sistemada namoyon boʻladi.
Integrativ sistemalar taxminan bir xildagi funksional elementlardan iborat boʻladi.
Ularning elementlari son jihatdan cheklangan nerv jarayonlari (postsinaptik
potensiallarni kuzatuvchi va tormozlovchi, javob beruvchi potensiallar)
orqali
oʻzaro bogʻlangan. Nisbatan sodda tuzilgan integrativ sistemaga misol qilib orqa
miya refleksini koʻrsatish mumkin. Neyronal programmali integrativ sistema ham
mavjud. Bu sistema tashki va ichki afferent signallarga javob tariqasida ketma-ket
sodir boʻladigan va oʻzaro qatʼiy muvofikdashgan reflekslarni ishga soladi. Bu
reflekslar tufayli nafas olish, harakatlanish, yutinish
kabi murakkab jarayonlar
amalga oshadi. Miya dastasi integrativ sistemasi oldingi miyaga oʻtadigan ax-borot
hamda orqa miya motoneyronlariga chiqadigan signallar oqimi orqali boshqarib
turiladi. Emotsional reaksiyalar asosini ham Markazii nerv sistemasis.ning bir
qancha integrativ sistemalari tashkil etadi. Miya dastasi neyronlarining maxsus
guruhi neyromediatorlar (monoaminlar, peptidlar, aminokislotalar va boshqalar)
ishlab chiqaradi. Bu neyromediatorlar aksonlari Markazii nerv sistemasis.ning
funksional ixtisoslashgan maxsus qismiga boradi.
Neyromediatorlar nerv
funksiyasini faollashtiruvchi yoki tormozlovchi neyromo-dullashtiruvchi sistemalar
qatoriga kiradi. Organizmning tetikligini saklab, kishi tabiatini va tush koʻrishini
boshqarib turuvchi noradrenergik sistema; emotsional reaksiyalar, murakkab
harakatlar, tetiklik, huzurhalovatni sezishni boshqaruvchi dofaminergik sistema;
termoregulyasiya, sezgi, uyquga ketishni boshqaruvchi seratoninergik sistema ham
neyromodullashtiruvchi sistemaga kiradi. Neyromodul va integrativ sistemalarning
oʻzaro taʼsiri tufayli Markazii nerv sistemasis.ning murakkab fiziologik jarayonlarni
boshqarish imkoniyati oshadi.