Harakat neyronlari
Harakat neyronlari boshqa neyronlardan xabarni olib buyruqlarni muskullaringizga,
organlaringizga yuboradi. Issiq cho‘g‘ni ushlab olganingizda
xarakat neyronlari
cho‘g‘ni issiq ekanligi xaqidagi habarni sezgi
neyronlaridan qabul qilib
muskullaringizga cho‘g‘ni tashlab yuborish buyrug‘ini beradi.
Oraliq neyronlar
Oraliq neyronlar bir neyronni boshqasiga bog‘lovchi neyron bo‘lib faqat markaziy
nerv tizimida mavjud bo‘ladi. Ular xabarni bir neyrondan boshqasiga uzatib berish
uchun xizmat qiladi. Misol uchun sezgi neyronlari yoki oraliq neyronlardan xabarni
qabul qilib boshqa xarakat neyronlari yoki oraliq neyronlariga uzatish mumkin.
Aniqroq misol keltirsak, agar siz issiq cho‘g‘ni ushlab olsangiz barmoqlaringizdagi
sezgi neyronlari orqali signal orqa miyadagi oraliq neyronlarga uzatiladi. Bu oraliq
neyronlardan biri barmog‘inigizning muskullarini
boshqaruvchi xarakat
neyronlariga xabar yuboradi va barmoqlaringiz cho‘g‘ni qoyib yuboradi.
Boshqa
oraliq neyronlari ushbu xabarni bir vaqtda bosh miyadagi neyronlarga ham yuboradi
va og‘riq xosil bo‘ladi.
Neyronlarning boshlang‘ich funksiyalari
Yuqorida keltirilgan neyronlar turlariga qarab neyronlarning uchta boshlang‘ich
funksiyalarini umumlashtirish mumkin:
1.
Signallarni (yoki xabar) qabul qilish.
2.
Kelayotgan signallarni qayta uzatish kerakligini aniqlash uchun tekshirish.
3.
Signallarni boshqa neyronlarga yoki muskullarga uzatish.