1.
Sun‘iy neyron to‘rlari.
Reja:
1.
Nerv faoliyatining biologik jihatlari.
2.
Nerv kletkalarining strukturasi: dentrit, som, akson, sinaps.
3.
Markaziy nerv tizimi.
Nerv tizimi
Nerv tizimi elektr impulslardan foydalangan holda tashqi muhitdan maʼlumot
qabul qiladi, uni qayta ishlaydi va unga javob beradi.
Nerv tizimi hujayralari
Neyronlarning oʻziga xos tuzilishi ularga tana boʻylab elektr impulslarini uzatish
va qabul qilish imkonini beradi. Neyrogliya hujayralari neyronlarni oʻrab, tashqi
muhitdan ajratib turadi va ularni himoyalaydi.
Neyronning tuzilishi
Barcha neyronlar odatda tuzilishi jihatidan hujayra tanasi, dendrit va aksonlardan
iborat. Ularning bunday tuzilishi neyronlarning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi
elektr impulslar, yaʼni nerv impulslarini uzatishda muhim ahamiyatga ega.
Neyronlar bajaradigan funksiyasiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Sezgi (sensor) neyronlari koʻz va quloq singari sezgi organlaridan impulslarni
qabul qiladi.
Harakatlantiruvchi (motor) neyronlar muskul va bezlardan impulslarni qabul
qiladi.
Oraliq neyronlar sezgi va harakatlantiruvchi neyronlar va boshqa oraliq neyronlar
boʻylab impulslarni uzatadi.
Qoʻzgʻalmagan neyronlarda natriy-kaliy nasosi orqali tartibga solinuvchi ionlar
taqsimlanishi holati mavjud. Agar neyron kuchli signalni qabul qilsa, tinchlik
potensiali holatidan chiqib qoʻzgʻalgan holatga oʻtadi va harakat potensiali deb
ataluvchi elektr impulsini ishlab chiqaradi. Impuls boshlangandan soʻng, akson
boʻylab uning terminal qismi tomon harakatlanadi.
Nerv sistemasi qismlari
Nerv sistemasi ikki qism: markaziy nerv sistemasi (MNS) va periferik nerv
sistemasi (PNS)dan tashkil topgan.
Markaziy nerv sistemasi (MNS) va periferik nerv sistemasi (PNS)ning tuzilishi
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Tanaga beriladigan barcha
buyruqlar bosh miyada hosil qilinadi, orqa miya esa bosh miyani tanadagi boshqa
nervlar bilan bogʻlab turadi.
Periferik nerv tizimi ikki qismga boʻlinadi:
Somatik nerv tizimi (SNT) odam ixtiyoriga bogʻliq harakatlar, masalan, muskullar
harakatini boshqaradi. Shuningdek, u qoʻl issiq plitaga tegganda undan qoʻlni
tortib olish kabi harakat reflekslarini ham boshqaradi.
Avtonom nerv tizimi (ANT) odam ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan harakatlarni
boshqaradi va qarama-qarshi faoliyat koʻrsatuvchi ikki qismga boʻlinadi: simpatik
va parasimpatik nerv sistemasi. Simpatik nerv tizimi “kurashish yoki qochish”
javob reaksiyalarida aktivlashsa, parasimpatik nerv tizimi tinch holatlarda faol
boʻladi.
Neyron, nevron (neyro... ) - nerv hujayrasi, Nerv sistemasining asosiy
strukturaviy va funksional birligi, kalta dendritlar va uzun aksondan iborat (sxema).
Hayvon xujayrasiga xos organizmlardan tashqari, N. sitoplazma (neyroplazma)sida
neyrofibrillalar (tigroid modda) boʻladi. Sezuvchi, koʻshuvchi va effektor Neyronlar
farq qilinadi. Neyronlar nerv impulslarini retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga
(sezuvchi
Neyronlar),
markaziy nerv sistemasidan ijrochi aʼzolarga
(harakatlanuvchi Neyronlarga) oʻtkazadi, boshqa bir qancha nerv hujayralarini
oʻzaro biriktiradi (qoʻshuvchi Neyronlar) Neyronlar oʻzaro va ijrochi aʼzolar
hujayralari bilan sinapslar orqali aloqada boʻladi. Bosh miya katta yarim sharlari
poʻstlogʻi, miyacha, markaziy nerv sistemasining boshqa baʼzi boʻlimlari neyroni
murakkab tuzilgan. Neyronlar oʻlchami va soni turli hayvonlar va odamda turlicha.
akson bilan dentrid yoki dentrid bilan akson tutashgan joy sinaps deyiladi.
Sinapslardan mediator suyuqligi chiqadi. Suyuqlikning vazifasi nerv impulslarini
utkizb berish.
Har bir neyronlar yoki nerv hujayralri elektrik javob qaytaruvchi hujayraldir. Ular
boshqa hujayralar bilan sinaps deb ataluvchi maxsus bog‘lanishlar orqali aloqa
o‘rnatadi.
Neyronlar funksiyasiga qarab uchta turga ajratiladi. Sezgi organlarining
hujayralariga tegish, ovoz, yoki yo‘rug‘lik kabi ta‘sirlar bo‘lganda sezgi (sensory)
neyronlari ta‘sirlanadi va signallarni orqa miyaga yoki bosh miyaga yuboradi. Motor
neyronlari muskullarni qisqarishidan tortib turli moddalar ishlab chiqarishigacha
bo‘lgan barcha jarayonlarni boshqarish uchun bosh miyadan va orqa miyadan
signallarni qabul qiladi. Bog‘lovchi neyronlar (Interneurons) bosh miya yoki orqa
miyaning bir hududida joylashgan neyronlarni o‘zaro bog‘laydi. O‘zaro bog‘langan
neyronlar guruhi nerv zanjiri deb ataladi.
Neyron hujayra tanasini (soma) som, dendritlar, va bitta axondan tarkib topadi.
Neyron strukturasi va funksiyasi haqida umumiy tushuncha.
Siz atrofingizni his qilish qobiliyatingiz ya‘ni ko‘rishingiz, eshitishingiz, hid
sezishingiz sizning markaziy nerv tizimingizga bog‘liq. Siz qayerdan ekanligingizni
bilasiz va bu yerda avval bo‘lganingizni eslaysiz. Bular qanday bo‘layotganiga
qiziqsangiz bularni barchasi sizning nerv tizimingiz orqali amalga oshiriladi. Agar
sizning sezgilaringiz havfni sezsa bu ham markaziy nerv tizimi orqali kerakli chora
ko‘rishga erishiladi. Bundan tashqari, xavfni sezganda nerv tizimi yurak urish va
sizning muskullaringizga qon oqimini tezlashtirib xavfni yengib o‘tishga yordam
beradi.
Nerv tizimi o‘zaro bog‘langan hujayralardan tashkil topadi. Bular nerv hujayralarini
yoki neyronlarni o‘z ichiga oladi. Neyronlar nerv tizimining asosini tashkil etuvchi
element hisoblanadi. Neyronlar ma‘lumot uzatish uchun elektr signallar ishlab
chiqadi.
Insonning nerv tizimi
Insonlardagi nerv tizimi asosiy ikki qismdan tashkil topadi: markaziy nerv tizimi va
tashqi nerv tizimi.
Markaziy nerv tizimi bosh miya va orqa miyadan tashkil topadi. Barcha
ma‘lumotlarni qayta ishlash tahlil qilish markaziy nerv tizimida amalga oshiriladi.
Tashqi nerv tizimi neyronlar va markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashgan
neyron qismlaridan tashkil topadi. Bularga sezgi neyronlari va harakat neyronlari
kiradi. Sezgi neyronlari markaziy nerv tizimiga signallarni keltiradi va harakat
neyronlari esa signallarni markaziy nerv tizimidan tashqariga uzatadi.
Markaziy nerv tizimi: nerv tizimining bosh miya va orqa miyadagi qismlari.
Tashqi nerv tizimi: nerv tizimining bosh miya va orqa miyadan tashqaridagi qismlari.
Oyoq, qo‘l kabi a‘zolarning muskllarning boshqaruvchi xarakat neyronlari kabi
ba‘zi tashqi nerv neyronlarining tanasi markaziy nerv tizimida joylashgan. Ushbu
xarakat neyronlarining axon deb ataluvchi markaziy nerv tizimidan muskullargacha
cho‘zilgan qismi mavjud. Teginish, joylashuv, og‘riq, va temperatura kabilar haqida
ma‘lumot beruvchi sezgi neyronlariga o‘xshash tashqi nerv neyronlarning hujayra
tanasi markaziy nerv tizimi tashqarisida joylashgan. Ular klaster holida topilib
gangliya deb ataladi.
|