Faoliyatni tashkil etish metodlari




Download 39.75 Kb.
bet5/7
Sana20.12.2022
Hajmi39.75 Kb.
#36246
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu seminar pedagogika
malumotlar bazasi, 10-mavzu, 2-mavzu seminar pedagogika, 3-mavzu seminar pedagogika, Tursunbekov Aybek Muxitdinovich, USMONOV HVT 9, HRM KURS ISHI USMONOV
Faoliyatni tashkil etish metodlari

Inson mehnat, bilish va muomalaning subhekti sifatida haqiqatning ilmiy o’zlashtirilishini tahminlaydigan faoliyat jarayonida shakllanadi. Mehnat, bilim, muomala shaxsning rivojlanishi va shakllanishi uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qiladigan iroda va quvvatni faollashtiradi, qiziqish, his-tuyg’uni uyg’otadi, yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Faoliyat sog’lom turmush tarzining asosiy sifatida o’quvchilarda ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy xulq tajribalarini boyitishda muhim manba hisoblanadi.
Har qanday faoliyat operatsiya va harakatdan tashkil topadi. Operatsiya yaxlit, bir butun faoliyatni tashkil etishga yordam beruvchi kichik jarayonlar, qisqa muddatli holatlardir. Harakatlar - jarayonlar bo’lib, ularning motivlari o’sha faoliyatda mavjud va harakatlar faoliyat tarkibiga kiradi. Tarbiya jarayonida tarbiyachining o’rni shundan iboratki, pedagogik operatsiyalarni boshqarishdan harakatlarni boshqarishga o’tadi, keyinchalik o’quvchilarning faoliyatini boshqarish tomon boradi.
Pedagogika nazariyasida qator umumiy qonuniyatlar aniqlanganki, bular o’quvchilar faoliyatiga pedagogik rahbarlik metodini va ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishni belgilab beradi.
1. Ijtimoiy faoliyatlar mahlum tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Lekin bitta ko’rinishdagi faoliyat qolganlarning o’rnini bosa olmaydi. SHuning uchun tarbiyada faoliyatning kompleks ko’rinishlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
2.«SHaxsiy mahno» kasb etmagan har qanday faoliyat ijtimoiy ta’sir ko’rsata olmaydi.
3. Tarbiyaviy ta’sir natijasida o’quvchilarda faoliyat, maqsad va usullarni tanlashga tayyor bo’lish sifatlari shakllanadi.
4. Agar pedagogik ko’rsatmaning kerakli usullari topilmagan va amalga oshirilmagan bo’lsa, o’quvchi shaxsining shakllanishiga nisbatan faoliyat neytral jarayon bo’lib qoladi. Ushbu ko’rsatmada turlicha metod va usullar o’z aksini topishi, ularda qo’zg’atuvchi va mashq, ijtimoiy xulq tajribalarining shakllanishi tahminlanishi zarur.
Kuzatuvchi, harakatlantiruvchi vazifani bajaruvchi metodlar ichida pedagogik talablar eng ahamiyatlilaridan biri hisoblanadi. Talablarda tarbiya jarayonining ichki va tashqi dialektikasi aniq o’z ifodasini topgan. Pedagogik talablar shaxs rivojlanishidan nafaqat ilgarilab ketishi, balki keyinchalik tarbiyalanuvchining o’z-o’ziga talablar qo’yishiga zamin bo’lib xizmat qilishi kerak.
Pedagogik talablar jamiyat amal qiluvchi axloqiy mehyorlar, ta’lim muassasalarining ichki tartib-qoidalari, o’quvchilar uchun berilgan qoidalar asosida belgilanadi.
Talablar – o’quvchilar oldiga u yoki bu jarayonda konkret, real faoliyat sifatida bajarilishi mumkin bo’lgan vazifalar tarzida ham qo’yiladi. Talablar - tarbiya jarayonida ichki qarama-qarshiliklarni ochishga, o’quvchilar xulqi, faoliyati va munosabatlaridagi kamchiliklarni ochib tashlashga va, shuning bilan birga, kelajakda o’sish va rivojlanishga undaydi.
Talablar - mazkur o’quv maskanida tartib-intizomning yo’lga qo’yilishiga, o’quvchilar faoliyati va xulqida yig’inchoqlik holati yuz berishiga sababchi bo’ladi.
Talablarning qo’yilishi shakliga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri va «aylanma yo’l» bilan qo’yiladigan talablarga bo’linadi. To’g’ridan-to’g’ri qo’yiladigan talablar o’zining o’rniga, ko’rsatmalilik va qathiylik xususiyatlariga ega. Bunday talablar buyruq berish, ko’rsatish, izohlash, qayd etish ko’rinishlarida bo’ladi. Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri, ehtiroz bildirilmaydigan talablarning ahamiyati juda katta hisoblanadi va bunday talablar jamoaning dastlabki bosqichida pedagogning faollik bilan ishlashi jarayonida zarurdir.
«Aylanma yo’l» bilan qo’yiladigan talablar o’quvchilarda shakllangan motivlar, maqsadlar, e’tiqodlarga tayanadi. Talablarning bu tarzdagi ko’rinishlari ta’sirchanligi bilan o’zbek xalqi tarbiya tizimida qadimdan mahlum. Ota-onalarimiz yosh avlodni uning nozik his-tuyg’ularini, o’ziga xosligini, sharoit masalasining qanchalik muhimligini hisobga olgan holda, bolaga to’g’ridan-to’g’ri qo’yiladigan talablarga qaraganda, maslahat berish, holatni tahlil etish yo’li bilan unga baho berish zaruriyatini uqtirish orqali u yoki bu topshiriqni bajarilishga yo’naltirganlar. Odatda, bunday hollarda tarbiyachi, ota-ona bajarilishi zarur bo’lgan pedagogik vazifani boladan yashirish, yahni o’zining qathiy talablarini birinchi o’ringa qo’ymaslik, balki masalani shaxsdagi turli imkoniyatlarga tayanib ilgari surish va uni bajarish qanchalik ahamiyatliligini izohlash yo’li bilan maqsadga erishishga harakat qilinadi. Albatta, pedagoglar qo’yiladigan talablarning mehyoriy jihatlarini to’g’ri hisobga olishlari kerak.
Har qanday pedagog o’zi qo’yayotgan talablarning ijtimoiy xarakterini ocha borib, jamoa manfaatlaridan kelib chiqishga erishmog’i lozim. Jamoatchilik fikri jamoa talablarining ifodasi hisoblanadi. Jamoatchilik fikri o’zida jamoa bahosi, fikr-mulohazasi, irodasini birlashtirib, faol va ta’sirchan kuch sifatida namoyon bo’ladi va u pedagog qo’lida tarbiya metodi vazifasini o’taydi.
Maktab jamoasi ijtimoiy munosabatlarni yo’lga qo’yar ekan, uning asosida o’quvchilarda ong, xulq va faoliyatning kerakli jihatlari shakllanishiga e’tiborni qaratadi. Jamoa o’zining rivojlanishida g’oyaviy intellektual-emotsional-irodaviy va tashkiliy birlikka erishib, o’z-o’zini boshqarishga qodir bo’ladi va bunda jamoatchilik fikri eng muhim hisoblanadi. Bunday jamoa fikri subhektiv hisoblanib, pedagogning yaqin tayanchi va ishonchli hamkori bo’lib qoladi.
O’qituvchi tarbiyalanuvchilar o’rtasida sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ularni sinf va maktabdagi barcha voqea va hodisalarni jamoa bo’lib printsipial tarzda muhokama etishga jalb qiladi. Agar sinfdagi ko’pchilik o’quvchilar jamoa faoliyatida faol ishtirok etsa, muvaffaqiyatlarni birgalikda baham ko’rsa, mavjud kamchiliklarga tanqidiy munosabatda bo’lsa, uni ko’pchilik bo’lib bartaraf etishga kirishsa, bu holat ushbu jamoada yetuk ijtimoiy fikr yuzaga kelganini ko’rsatadi. Buning aksi esa jamoada o’zibo’larchilik, ozchilik manfaatini himoya qilish, kechirimlilik, betaraflik kabi salbiy qarashlar mavjudligini ko’rsatadi.
Amaldagi jamoatchilik fikri, uning ijtimoiy-ma’naviy-g’oyaviy yo’naltirilganligi ko’p jihatdan yoshlar ittifoqining, ularda bir maqsad sari ko’pchilik bo’lib harakat qilish kabi sifatlarning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
O’rgatish bolalar tomonidan mahlum harakatlarning keyin-chalik ijtimoiy xulqning odatiy shakllariga aylantirish maqsa-dida rejali va doimiy bajarilishini tashkil etishdan iborat. Mahlum sharoitda odat shaxsning turg’un xususiyati, insoniy si-fati bo’lib qolishi zarur. Odat shunday jarayonki, uning vosita-sida ishonch moyillikka aylanadi va fikr amaliyotga o’tadi.
O’rgatish tarbiyaning va bolalar rivojlanishining dastlabki bosqichida yaxshi samara beradi. Ushbu metodni qo’llash bahzi pedagogik shartlarga rioya qilishni talab etadi: o’rgatish, avvalo, o’zlashtirish zarurligini aniq tasavvur qilishdan boshlanadi; o’quvchilarga u yoki bu harakat obrazini tavsiya etish bilan uni ixcham va aniq qoidalarda tushuntirish zarur; har bir vaqt bo’lagi uchun ayrim harakatlar bajarilishini ajratish kerak va undan mahlum xulq ko’rinishi yuzaga keladi, yahni vaqtga nisbatan xulqiy harakatlarni ayrim-ayrim ko’rinishlarga bo’lib bajarilishini tashkil etish; mahlum odatlarning yuzaga kelishi uchun vaqt kerak. Bunda shoshma-shosharlik yaramaydi; avvalo, o’sha harakatning aniq bajarilishiga erishish va keyinchalik tez bajarilishiga o’tish kerak; o’rgatish metodi harakatlarni bajarish usullarini nazorat qilishni taqozo etadi.
Nazorat o’qituvchidan tarbiyalanuvchiga nisbatan xayrixohlik, qiziqish bildirishni, paydo bo’lgan qiyinchiliklarni tahlil etish, aniqlash, keyinchalik izlash usullarini muhokama etishni talab qiladi. Yana, eng muhimi, o’rgatish metodi o’quvchilar o’z-o’zini nazorat qilishining tashkil etilishiga, ularning yoshi, turmush sharoiti, tarbiyasiga bog’liq holda o’zgartirib turiladi. Hamma vaqt ham ochiqdan-ochiq u yoki bu xulq usullarini egallashni vazifa qilib qo’yish maqsadga muvofiq bo’lavermaydi. O’qituvchi bunday holatda bola faoliyatini shunday tashkil etadiki, o’quvchi uni qoniqish bilan bajara borib, kerakli xulq ko’rinishiga o’zi bilmagan holda erkin va majburiyatsiz odatlanadi. Bahzi hollarda o’quvchilar oldiga mahlum darajada o’zini boshqarish kerakligi ochiqdan-ochiq vazifa qilib qo’yiladi.
Masalan, xushmuomala, hushyor, intizomli bo’lish. Ayrim hollarda o’quvchilarga u yoki bu sifatlarni egallashi zarur ekanligini eslatib turish kerak. Bunday intilish o’quvchilar mahlum odatlarni egallashiga sababchi bo’ladi.
Sinovdan, tajribadan o’tgan o’rgatish vositalaridan biri turmush rejimi va o’quvchilar faoliyatini tartibli yo’lga qo’yishdan iborat. Rejim qanchalik qathiy bo’lsa, u shunchalik yaxshi dinamik strategik shakllanishga imkoniyat yaratadi.
O’rgatish asosida bolalar tomonidan amaliy harakatlarning bajarilishi yotadi. Unga odatlantirish harakatning qanday bajarilishini amalda ko’rsatish bilan xarakterlanadi, shundan so’ng esa uni mustahkamlash kerak bo’ladi. Buning uchun harakatni ko’p martalab sistemali qaytarish, mashq qilib borish lozim.
SHartlarning doimiyligi, aniqligi, izchilligi va amaliy harakatlarni asta-sekin murakkablashtira borish oxir-oqibat o’quvchilarda mukammal ko’rinishdagi zaruriy xulqiy ko’rinishlardan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Odatiy faoliyat o’zining tezligi, aniqligi, yengil bajarilishi bilan ajralib turadi, ko’p kuch va vaqt talab etmaydi.
Bunday zaruriy xulqiy ko’rinishlar tajribada mustahkamlangan bo’lib, mashq ta’siri ostida yuzaga keladi va bular tarbiya metodlari tizimiga kiradi.
Tarbiyaning boshlang’ich bosqichida tarbiyalanuvchilarni tashkiliy harakatlarga o’rgatish, odatlantirish tarbiyachi yoki kattalar yordamida amalga oshirilsa, pirovard natijada ularning o’z faoliyatini o’zlari tashkil etishiga olib keladi. Mashq metodi ko’pgina topshiriqlar orqali amalga oshiriladi.
Maktab o’quvchilarining real hayoti va faoliyatida tarbiyaviy jarayonlarda shakllangan butun bir tizimning qanchalik puxtaligi aniqlanadigan va sinovdan o’tkazib turiladigan holatlar doimiy yuzaga kelib turadi. Bunday holatni yaratish, undagi mavjud ziddiyatlarni aniqlash, yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni hal etish har bir pedagog uchun juda muhimdir. SHunday maxsus uyushtirilgan pedagogik sharoitlar tarbiyalovchi holatlar deyiladi. O’e mohiyati bilan bunday holatlar erkin tanlanadi. Ushbu holatda o’quvchi uchun bir necha variantlardan birini tanlash imkoniyati yaratiladi. Bunda o’quvchi berilgan imkoniyatlardan foydalanishi yoki indamay turish yoxud to’g’risini aytishi mumkin. O’qituvchi tomonidan yaratilgan ushbu holatlardan chiqish maqsadida o’quvchi o’zining imkoniyatlari, xulqiy odatlarini qayta ko’rib chiqadi.
Tarbiyalovchi holat tarbiya jarayonining barcha asosiy komponentlarini o’z ichiga oladi. Bunday mazmundagi faoliyatning vazifasi mahlum guruh bolalarining o’ziga xosligi, shakllangan jamoaning mavjudligi bilan xarakterlidir. Yaratilayotgan holatning asosiy mohiyati uning tarbiyaviy muhit yaratishida va bu holat ishtirokchilari o’rtasidagi muomala va ular o’rtasidagi munosabatlar qay darajadaligiga bog’liq.
Inson, hozirgi zamon psixologiyasining tasdiqlashicha, muhitning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, uning dunyoga bo’lgan munosabati muhitning o’zgarishiga obhektiv ta’sir etuvchi faktor sifatida namoyon bo’ladi.
Bu holatlarning har biri mahlum ko’nikmalarning shakllanishiga ta’siri bilan, shu bilan birga, ko’rsatilgan holatlar, albatta, o’quvchilarning bir-birlari bilan muomalasi asosiga va bunday munosabatlarning boshqa o’quvchilar guruhiga bevosita ta’siri bilan xarakterlanadi. SHu bilan birga, tarbiyalovchi holatning tarbiyaviy metod sifatidagi eng kuchli tomoni ayrim o’quvchilar faoliyati va xulqini zarur usullar bilan qurollantirishdan, umumiy holatda esa zarur bo’lgan turlicha munosabatlarning ishtirokchilar o’rtasida shakllanishiga yordam berishdan iborat.
Aniq tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liq bo’lgan maxsus o’yin holatlarini yaratishda ham tarbiyaviy holatlarning ahamiyati kattadir.

Download 39.75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 39.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Faoliyatni tashkil etish metodlari

Download 39.75 Kb.