• Kalit sо‘zlar
  • Microsoft Word Qarshiboyeva D




    Download 110 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.11.2023
    Hajmi110 Kb.
    #107985
      1   2
    Bog'liq
    7920-Текст статьи-18957-1-10-20230208



    155 
    MILLIY QADRIYATLARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI 
    AHAMIYATI 
    D.B.Qarshiboyeva-Jizzax davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya
    kafedrasi o‘qituvchisi 
    Po‘latov Ja’farbek Xasanboy o‘g’li- Fizika va astronomiya fakulteti, Texnologik 
    ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 410-22-guruh talabasi
     
    Annotasiya: Maqolada milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi 
    o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar va amaliy empirik yondashuv 
    asosidagi materiallar tahlil qilingan. Ta’lim-tarbiya jarayoniga milliy 
    qadriyatlarning ba’zi jihatlarini joriy etish orqali tarbiya ishlarida amalga 
    oshirish zarurati atroflicha o‘rganilgan.
    Kalit sо‘zlar: Milliy qadriyat, diniy qadriyat, pedagogik jihat, pedagogik 
    sharoit, о‘zlikni anglash, ma’naviy rivojlanish.
    Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni xalqimizning an’analarini, 
    madaniyati va ilm-fan bobidagi kо‘p asrlik tajribalarini о‘rgatish ijobiy pedagogik 
    samaralarni beradi. Shuning bilan birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli 
    kishi, mustaqil va erkin fikrga ega bо‘lgan shaxs va fuqarolik jamiyati 
    ma’naviyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish О‘zbekiston Respublikasi 
    taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli ham о‘qituvchining serqirrali va 
    murakkab kasbiy faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, 
    ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yordamida ilmiy dunyoqarashini 
    kengaytirish kabi muhim vazifalar yotadi. 
    Natijada ta’lim va tarbiya dasturlariga milliy qadriyatlar omillarini kiritish 
    ishlari bosqichma bosqich va sharoitga mos holda puxta amalga oshirildi. 
    Endilikdai esa, milliy qadriyatlarning zamonaviy ta’lim mazmuniga singdirilishi 
    va integrasion jarayonning natijalarini ilmiy о‘rganish ilmiy doiralarning asosiy 
    mavzularidan biriga aylanmoqda. Mavzuga oid adabyotlar tahlili. Milliy 


    156 
    qadriyatlarning tarixiy-pedagogik jihatlari va uning turli qirralarini о‘rganish kо‘p 
    tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot va ilmiy nashrlari doirasida amalga oshirilgan. 
    Bu borada, ayniqsa, rus olimlari – A.A.Koychuev, YE.A.Rezvan; o‘zbek 
    olimlaridan – A.A. Bolibekov, D.M.Kenjayevlar tomonidan olib borilgan, milliy 
    qadriyatlarning pedagogik jihatlari bilan diniy axloqiy qadriyatlarning 
    mushtarakligi masalasiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarini qayd etish lozim. Ilmiy 
    qadriyatlarning ideallar shaklida ifodalanishi orzu-umidlar rо‘yobga chiqishi bilan 
    bog‘liq bо‘lib, u kishilar va jamiyat intiluvchi oliy maqsaddan iborat bо‘ladi. 
    Demak, donishmandlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan intellektual meros 
    kо‘proq ilmiy qadriyatlarga tegishli bо‘ladi. Ilmiy qadriyatlar insonlar va insoniyat 
    uchun ahamiyatli bо‘lgan intellektual mulkdan iborat bо‘ladi. 
    Kishilik tarixda о‘z istiqboli kelajagiga mos yutuqlarni orzu qilib, bu orzu-
    istaklarni nodir qо‘lyozmalarda (muqaddas kitoblar, ertaklar, dostonlar) 
    ifodalaganlar. Jumladan, ertaklardagi «Oynai jahon» orqali televideniye, «uchar 
    gilam» orqali samolyotlar, «Avesto» orqali bunyodkorlik g‘oyalari, yozma 
    manbalar orqali ozodchilik qahramonlari Tо‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, 
    Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Mahmud Turobiy, Madali Eshon, 
    Shirin, Layli, Majnun kabi obrazlarda ifodalangan. Abu Nasr Farobiyning «Fozil 
    odamlar shahri» asari orqali komil inson ta’limoti, Alisher Navoiy asarlari orqali 
    adolatli jamiyat haqidagi ta’limoti, tо‘lqinlar tarqalishi qonuniyatlari orqali 
    radiodan hayotda foydalanish, odamlar qadimdan ot qо‘shmasdan о‘zi yuradigan 
    arava yasashni orzu qilib, avtomobilni yasash, nutq va boshqa tovushlarni istalgan 
    masofaga uzatishni orzu qilib, telefonni yasashni, tez hisoblashlarni orzu qilib, 
    elektron hisoblash mashinalarlarni yaratishni, ma’lumotlarni saqlash vositalarini 
    izlashda qog‘ozni hosil qilish va shular asosida yozuv va kitoblarni yaratishni, 
    vaqtni hisob-kitob qilish maqsadida soatning yaratilishi va shu kabilarning hamma-
    hammasi insoniyat aqliy faoliyati mahsulidir. 
    Bu manbalarda milliy qadriyatlarning ta’lim jarayonida tutgan о‘rni haqida 
    kо‘plab xotiralar mavjud. Shuningdek, о‘rganilayotgan masalaning tahlili uchun 


    157 
    N.A.Boborovnikov, 
    A.Borns, 
    E.A.Vulfson, 
    I.Gaspirinskiy, 
    A.Donish, 
    V.P.Nalivkin, N.P.Ostroumov, P.I.Pashino, N.Xanikov tomonidan qoldirilgan 
    asarlar ham ahamiyatlidir. Ularning fundamental asarlari milliy ta’limning turli 
    jabhalariga oydinlik kiritgan tadqiqotlarning bir qismi sanaladi. Jumladan, 
    S.Ayniy, V.Bartold kabi olimlarning asarlari tadqiqot natijalarining yaxlit 
    manzarasni yaratishga yordam berdi. Tadqiqot usullari nazariy, qiyosiy, tarixiy 
    tahlil, manbalarni о‘rganish usullari, tanqidiy yondashuv, adabiy manbalarni 
    umumlashtirish, tarixiy dalillarni tizimlashtirishga asoslandi. Chunki ilmiy 
    adabiyotlar, darsliklar, shuningdek, turli mamlakatlar tadqiqotchilarining fikrlari, 
    jumladan, tarixiy manbalar о‘zbek, tojik, rus, va ingliz tillaridagi ilmiy izlanishlar, 
    diniy adabiyotlar, mumtoz adiblar asarlar о‘rganildi. Pedagogik g‘oyalarning 
    paydo bо‘lishi va shakllanishi tarixda uzoq davom etgan va xalqlar sivilizasiyasida 
    hayotiy ahamiyatga ega bо‘lgan omil sifatida о‘rin egallagan. Masalan, 
    zardushtiylar eng yaxshi ta’lim, bu bolalarni о‘rab turgan tabiiy vositalar va 
    insoniy omillar yordamida ta’lim berishdir, deb hisoblaganlar. Zardusht bolalarni 
    poklik, notiqlik, mehnatsevarlik, halollik, yomon odamlardan qochish, yomon 
    xulqatvorlardan saqlanish va yaxshi odamlarga tayanish ruhida tarbiyalagan [1].
    Bu borada О‘rta Osiyo xalqlarining ta’lim muammolari, qadim zamonlardan 
    buyon umumxalq e’tirof etilgan milliy an’analar, ma’naviy asoslar va xulq-atvor 
    me’yorlari bilan bog‘liq bо‘lgan. Ta’lim va tarbiyaning ilk tashkiliy shakllari 
    qadimgi maktab prototiplari kо‘rinishida, qabila jamoalarining hayotida, ya’ni 
    paleolit davrida, kommuna tushunchasi bilan bir paytda paydo bо‘lgan[2]. Demak, 
    о‘sha davrdayoq ajdodlar hayotidagi ta’lim jarayonida xalqning ma’naviy, axloqiy 
    va diniy asoslarida ifodalangan milliy qadriyatlari muhim rol о‘ynagan. Shu nuqtai 
    nazardan, zamonaviy pedagogika fani milliy qadriyatlar va an’analarning 
    ma’naviy-axloqiy omillarini ta’limda joriy etish holatini о‘rganishga kо‘proq 
    e’tibor berishi taqozo etiladi. Ayniqsa, ularning bizgacha yetib kelgan yozma 
    manbalardagi ma’lumotlari ilmiy-amaliy ehtiyoj sifatida ahamiyat kasb etmoqda. 
    Ta’lim-tarbiya masalalaridagi milliy qadriyatlarning о‘rnini yoritib beradigan va 


    158 
    kitoblar tо‘plami kо‘rinishida, О‘rta Osiyo xalqlari uchun, birinchi tо‘liq manba 
    ―Avestodir. Ushbu kitob, ahamiyat va о‘quvchilarga ta’sir kuchi nuqtai nazaridan 
    diqqat markazida turadi. Adabiyotlarda nomus va poklik, inson va adolat, 
    muruvvatliylik va haqgо‘ylik kabi ijobiy fazilatlarga zulm va qabihlik, 
    tovlamachilik va poraxо‘rlik, muttahamlik va riyokorlik kabi salbiy bid’atlar 
    qarama-qarshi qilib qо‘yiladi. ―Avestoda pedagogik yondashuvlar, har bir xayrli 
    ishning samarali hayotiy kuchga erishishi uchun pedagogik omillarning sharhlari 
    berilgan. О‘rta Osiyo xalqari hayotida bolalarni tarbiyalash azaldan muhim vazifa 
    ekanligini aynan ―Avesto kitobida о‘qish mumkin. Unda ta’kidlanishicha, agar 
    bola asosan yetti yoshigacha onasi yonida bо‘lsa, uni 7 yoshidan maktabga 
    yuborish kerak. ―Agar kichkina bolangiz bо‘lsa, uni maktabga yuboring, chunki 
    bilim - kо‘zning nuri [3]. Ushbu manbada, ba’zi pedagogik qoidalar singari bolalar 
    va yoshlarning tarbiyasi va ta’limini yaxshilashga yordam beradigan g‘oyalar 
    mujassamlashgan hamda ta’lim-tarbiya orqali insonparvarlik, adolat va 
    mehribonlik kabi insoniy fazilatlarning kamol topishiga ishonch tuyg‘usi bilan 
    qaralgan. Keyingi asrlar tarixida ham milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya 
    jarayoniga ijobiy ta’sirini kо‘rish mumkin. Kо‘rinib turibdiki, milliy qadriyatlar 
    asoslariga tayangan holda yо‘lga quyilgan ham ta’lim va ham tarbiya kо‘p jihatdan 
    ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikka zamin yaratadi va birin-ketin xalq ma’naviy 
    merosini saqlash maqsadida ta’lim va tarbiya maskanlari kо‘payib boraveradi. 
    Umuminsoniy qadriyatlar: «Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari 
    hayotining ijtimoiy, iqtsodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy 
    sohalariga taalluqli bо‘lgan umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar butn insoniyat 
    va jamiyatga tegishli bо‘lganidan, umuminsoniy qadriyatlar, deb ataladi» [4]. 
    Umuminsoniy qadriyatlar о‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal 
    qilinishi, dunyodagi kо‘plab xalqlar (elatlar, millatlar)ning о‘tmishdagi, hozirdagi 
    va istiqboldagi (kecha → bugun → ertaga tizimi bо‘yicha) taraqqiyoti bilan uzviy 
    aloqadorlikda ekanligi, о‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini 
    ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi. 


    159 
    Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarnigina emas, balki 
    bashariyat (insoniyat)ning mulkidir. 
    Markaziy Osiyi shaharlarida madrasalar bilan birga, katta va kichik 
    maktablar tashkil etilib, ular xalqning ilm-fan va ta’limini rivojlantirishga xizmat 
    qildi. Masalan, tadqiqotchi L.Asrorova Buxoroning kо‘plab madrasalari bilan 
    mashhurligini ham qayd etadi. Buxoro turli shahar va mamlakatlardan kelgan 
    talabalar uchun ilmiy ta’lim shahri bо‘ldi. Milliy qadriyatlar saqlanishi va 
    rivojlanishi zaruratini anglagan О‘rta Osiyo xalqlari farzandlari, qaysi kо‘rinishda 
    bо‘lishidan qat’i nazar, ta’lim va tarbiya dargohlarini ochish va kо‘paytirishga 
    intilganlar. Ma’naviy ehtiyoj sifatida, ta’lim masalasi milliy qadriyatlarga shu 
    qadar mustahkam о‘rnashganki, zinhor xalq e’tiboridan chetda qolmagan. ta’lim 
    jarayonida va tarbiya bosqichlarida ular bashariyat tamaddunining oltin 
    xazinasidan о‘rin olgan, buyuk mutafakkirlarning asarlaridan, jumladan, Jaloliddin 
    Rumiyning ―Masnaviyi ma’naviy, Shayx Sa’diyning ―Bо‘ston, ―Guliston, 
    Abdurahmon Jomiyning ―Bahoristonǁ, Alisher Navoiyning ―Xamsa, ―Mahbub 
    ul-qulub, ―Lison ut-tayr, Mavlono Voiz Koshifiyning ―Anvori Suhayliy, 
    Faxriddin Ali Safiyning ―Latoyif uttavoyif, Zayniddin Muhammad Vosifiyning 
    ―Badoye’ ul-vaqoyi’idan muhim didaktik material sifatida foydalanishgan. Milliy 
    qadriyatlarning pedagogik jihatlarini bugungi ta’lim tizimi bilan transformasiyasi 
    masalalarini о‘rganish uchun, ya’ni ta’lim tizimida milliy qadriyatlarni amaldagi 
    holatini о‘rganish maqsadida bir qator darsliklar ham о‘rganildi. Aytish lozimki, 
    ushbu darsliklarning har biri hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab 
    chiqilgan bо‘lib, milliy qadriyatlar jihatlarini ham qamrab olishga harakat qilingan. 
    Jumladan, О‘zbekistonda о‘qitiladigan ―Odobnoma, ―Vatan tuyg‘usi, ―Milliy 
    istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslariǁ, ―Ma’naviyat asoslari, (ushbu darsliklar 
    2020/2021 о‘quv yilidan boshlab umumiy ―Tarbiya nomi bilan birlashtirildi) ―
    kabi darsliklar kо‘p savollarga oydinlik kiritishga yordam berdi. Alohida 
    ta’kidlash lozimki, yuqorida kо‘rsatilgan darsliklarda ham О‘rta Osiyo xalqlarining 
    buyuk mutafakkir ajdodlari sanalmish Rudakiy, Firdavsiy, Ibn Sino, Nizomiy, 


    160 
    Jaloliddin Rumiy, Fariduddin Attor, Nasriddin Tusiy, Sa’diy, Umar Xayyom, 
    Yusuf Xos Hojib, Jomiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo va boshqa 
    mashhur shoir va olimlarning asarlariga murojaat etilib, ularning pandu nasihat, 
    ta’lim-tarbiya va axloq-odob mavzusida aytgan qimmatli fikrlari milliy 
    qadriyatlar mazmunidan kelib chiqqanini ta’kidlab, ular orqali yosh avlodni 
    ma’naviy va ruhiy gо‘zallikka undovchi hayot tajribalari zaminida bunyod 
    bо‘ladigan hikmat maktabi bilan tanishtirishga bо‘lgan say-harakatlar kuzga 
    tashlandi. Ushbu darsliklarda har bir xalq va millatning milliy qadriyatlari о‘ziga 
    xos jihatlari bilan tarannum etilgan bо‘lib, umumbashariy qadriyatlar bilan ham
    chambarchas bog’liq ekanliklari qayd etilgan.
    Xulosa o‘rnida aytish joizki, О‘rta Osiyoda hamisha milliy qadriyatlarning 
    pedagogik jihatlari ham ularning tarixiy jihatlari kabi, avloddan avlodga meros 
    qoldirilishi natijasida, zamon bilan hamnafas takomillashtirilgan va 
    rivojlantirilgan. Milliy qadriyatlarning tarbiyaviy jihatlari va ularning mazmunida 
    dо‘stlik, birodarlik, mardlik, vatanga va xalqqa bо‘lgan samimiy sadoqat motivlari 
    ulug‘lanadi, ota-ona bilan farzandning о‘zaro mehr-muhabbati, qadrqimmati, 
    insonning eng yaxshi olijanob fazilatlari tarannum qilinadi.  

    Download 110 Kb.
      1   2




    Download 110 Kb.
    Pdf ko'rish