O‘ZBEKSTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT
UNIVERSITETI
|
«TАSDIQLАYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
______________O.Duysenbayev
2023-yil «____»_____________.
|
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI”
fanidan
SILLABUS
Bakalavriat (kunduzgi 2-kurs) mutaxassisliklari uchun
Bilim sohasi:
|
200 000
|
- San’at va gumanitar fanlar
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
- Tillar
|
Mutaxassislik:
|
60230100
|
- Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili)
|
Nukus – 2023
Modul/FAN SILABUSI
O‘zbek filologiyasi fakulteti
60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili)
Fan nomi:
|
Kompyuter lingvistikasi
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan kodı:
|
KL1310
|
Yil:
|
2
|
Semestr:
|
3
|
Ta’lim turi:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
300
|
Ma’ruza mashg‘ulotlari
|
26
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
38
|
Seminar mashg‘ulotlari
|
36
|
Mustaqil ta’lim
|
200
|
Kredit miqdori:
|
10
|
Baholash shakli:
|
Test
|
Fan tili:
|
o‘zbek
|
Fan maqsadi (FM)
|
FM1
|
Mazkur fanning maqsadi talabalarga tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda lingvistikaga doir masalalar (tillarni o‘qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, tarjima dasturlarini yaratish, matnlarni qayta ishlash, matnlar korpusini yaratish, matnlarni ovozlashtirish kabilar)ni kompyuter vositasida hal qilish yo‘llar haqida ta’lim berish, kompyuter savodxonligi darajasini oshirish, mantiqiy to‘g‘ri, izchil fikrlashga o‘rgatish, ularda nazariy bilimlarni shakllantirish va o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalda qo‘llashga oid ko‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi.
|
FM2
|
Ushbu kurs filolog talabalarda “Kompyuter lingvistikasi” bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirish, kompyuter lingvistikasi tamoyillarini o‘zlashtirish, til va adabiyotga doir kompyuter dasturlarini yaratish, algoritm va kompyuter dasturlari asoslarini berish kabi vazifalarni qo‘yadi. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar ilmiy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
|
Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
|
1.
|
Kompyuter lingvistikasi asoslari haqida tasavvurga ega bo‘lish, o‘zbek tilining kompyuter uslubi, o‘zbek tili grammatikasining ma’lumollar bazasi, o‘zbek tili grammatikasini o‘qitish va bilimlarni baholash dasturlariga oid me’yoriy va amaliy ma’lumotlar haqidagi bilimga ega bo‘lishi kerak.
|
2.
|
Til hodisalarini tahlil qilishda matematik mantiq va dasturlash asoslaridan foydalangan holda yechimlarni ishlab chiqish, ta’limda axborot texnologiyalarini tatbiq etishning ahamiyati; masofaviy ta’limni rivojlantirish: ta’lim jarayonida interaktiv doskadan foydalanish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
|
3.
|
O‘zbek tilining kompyuter uslubi, o‘zbek tili grammatikasining ma’lumotlar bazasi, o‘zbek tili grammatikasining o‘qitish va bilimlarni baholash dasturlari, o‘zbek tilidagi matnlarni tahrirlash; kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar, kompyuter lingvistikasi fanining istiqboli va dolzarb masalalariga doir fikrlar bildirish va tadqiqot olib borish, elektron ta’lim resurslaridan oqilona, samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|